×

Shanxayda ta’lim: To’liq grant, bepul turar joy va oylik stipendiya asosida o’qish imkoniyati; joy – 40ta!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4390 marta

CHOP ETILGAN

05.12.2018

CIS Education Group Uzbekistan ta’lim agentligi bilimga chanqoq yoshlarga xorijning nufuzli universitetlarida grant asosida o’qish imkoniyatini taqdim etadi. Hozirgi kunda agentlik 16ta davlatda joylashgan turli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda.

Agentlik rasmiy ravishda ro’yxatdan o’tgan va agentlik tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlar to’laligicha qonuniy.

Hozirda agentlik yoshlarga dunyoning eng boy shaharlaridan biri – Shanxayda grant asosida o’qish imkoniyatini taklif etmoqda.

Shanxay shahri

 

Taklif etilayotgan dasturlar quyidagicha:

1-dasturBakalavr bosqichida o’qish. Bunda Siz Shanghai Ocean University da bakalavr bosqichida grant asosida tahsil olishingiz mumkin. Universitet ikki xil grant dasturini taqdim etadi.

Birinchisi – A turdagi grant. Ushbu grant bakalavrlarni quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlaydi:

  • Talaba kontrakt to’lashdan 100% ozod qilinadi.
  • Talaba bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Oyiga 500 yuan (taxminan 75 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya beriladi.
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari to’liq qoplanadi.

Ikkinchisi – B turdagi grant. Ushbu grant bakalavrlarni quyidagi imkoniyatlar bilan ta’minlaydi:

  • Talaba kontrakt pulini to’lashdan 100% ozod qilinadi.
  • Tibbiy sug’urta xarajatlari to’liq qoplanadi.
  • Turar joy (yotoqxona) uchun arzon narx qilib beriladi, ya’ni kuniga 15-30 yuan (taxminan 2-4.5 AQSh dollari) to’lash kerak bo’ladi.

Shanghai Ocean University taqdim etadigan grantlar uchun CIS Education Group Uzbekistan tomonidan O’zbekiston yoshlariga ajratilgan joy – 30ta!

Shanghai Ocean University

 

Bakalavr bosqichida talabalar ingliz yoki xitoy tilida tahsil olishi mumkin. Ingliz tilida taklif etiladigan yo’nalishlar quyidagicha:

  • Information Management and Information System
  • Marketing

Xitoy tilida taklif etiladigan yo’nalishlar quyidagicha:

  • International Economy and Trade
  • Biological Science
  • Food Science and Engineering

Talablar esa juda oddiy: Ingliz tilida tahsil olish uchun IELTS 5, xitoy tilida o’qish uchun HSK 3 ga ega bo’lsangiz yetarli (kirish imtihoni va shunga o’xshash boshqa talablar mavjud emas). O’qish 2019-yilning martidan boshlanadi va 3.5 yil davom etadi. O’qish oxirida universitet tomonidan xalqaro diplom beriladi.

Shanghai Ocean University

 

2-dastur – til kurslari. Bunda Siz Shanghai University of Political Science and Law da xitoy tili kurslarida oyiga 1000 yuan (taxminan 150 AQSh dollari) miqdorida stipendiya olgan holda o’qishingiz mumkin. Til kursini bitirganlarda bakalavriat, magistratura yoki doktoranturada o’qish uchun to’liq grant (stipendiya bilan) yutib olish imkoniyati mavjud.

Til kursi uchun bir yillik to’lov 16 000 yuan (taxminan 2340 AQSh dollari) ni tashkil etadi. Shuningdek, bir yillik turar joy (yotoqxona) narxi esa – 8 000 yuan (taxminan 1170 AQSh dollari).

Til kurslari uchun esa hech qanday talab belgilanmagan, shunchaki xohish bo’lsa, bo’ldi.

Yuqorida sanab o’tilgan barcha dasturlar uchun hujjatlar 2018-yilning 30-dekabrigacha qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar va boshqalar haqida batafsil olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
+99899-884-88-78
+99899-884-99-79

Agentlikning telegram kanali

Agentlikning Instagram sahifasi

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!