×

Sharda xalqaro universiteti Andijonda ish boshladi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

34301 marta

CHOP ETILGAN

28.06.2019

2019-yilning 1-sentabridan Hindistonning Sharda universiteti Andijonda ish boshlaydi. O’quv mashg’ulotlarini Sharda xalqaro universitetining yetakchi mutaxasislari va o’zbekistonlik sara professor-o’qituvchilari olib boradi.

Sharda xalqaro universiteti 2009-yili tashkil etilgan bo’lib, asosan menejment, biznes, informatsion texnologiyalar, tibbiyot, arxitektura kabi ko’plab sohalarda yetakchi hisoblanadi.

Bu 2 ta diplom olish xohlovchilar uchun ajoyib imkoniyatga hisoblanadi. Iqtidorli talabalar uchun amaliyot va malaka oshirish Hindistonda bo’lishi kutilmoqda.

Kirish imtihonlari haqida ma’lumotlar: Ingliz tilini bilish shart (IELTS 5+), shuningdek, matematika va fizika fanlaridan imtihon tophiriladi. Tayyorlov kurslariga ingliz tilini bilish talab etilmaydi.

Hujjatlar qabuli: 2019-yilning 1-iyulidan 20 iyuligacha.

1- imtihon 24- iyul, 2-imtihon esa 21- avgust kunlari. Natijalar avgust oyida e’lon qilinadi.

Maʼlumor uchun quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Tel: +99890 524 38 00
Email: gulnozaabdusalomovna@gmail.com

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!