×

Shimoliy Kiprda Rauf Denktash universiteti o’zbekistonlik talabalarga 200 ta grant ajratadi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

980 marta

CHOP ETILGAN

10.04.2021

Shimoliy Kipr Turk Respublikasida joylashgan Rauf Denktash universiteti 2021-2022-o’quv yili kuzgi semestri uchun (bakalavriat) kirish imtihonlariga ro’yxatga olish jarayonini boshladi.

Mazkur universitet o’zbek talabalari uchun 200 ta joy ajratgan va barcha 200 nafar talabaga grant beriladi.

Grant taqsimoti quyidagicha:

  • 100 nafar talabaga 100% lik grant;
  • qolgan 100 nafar talaba 80% lik grant taqdim etiladi.

Kirish imtihonlari 2021-yil 17-18-aprel kunlari, soat 09:00-11:00 da, Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.

Imtihon o’tkaziladigan fanlar: ingliz tili va matematika. Imtihonda ishtirok etish BEPUL.

Imtihonda qatnashish uchun ro’yxatdan o’tish lozim. Ro’yxatdan o’tishning oxirgi kuni: 15-aprel. Kirish imtihonlari uchun BU YERDA roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Murojaat uchun:
+998946811155
+998994045535

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!