O‘zbekistonning barcha viloyatlari bo‘ylab kollej va OTMlar bitiruvchilari uchun «Startap-haftaliklar» o‘tkaziladi.
5−16 iyun kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining biznes g‘oyalarini saralash «Startap-haftaliklar» — innovatsion g‘oyalar tanlovi o‘tkaziladi. Loyiha Mehnat vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan mamlakat banklari ko‘magida amalga oshiriladi.
Bitiruvchilar tijorat banklari va salohiyatli investorlar, davlat hokimiyati organlari vakillariga o‘z loyihalarini namoyish etish hamda o‘z biznesini boshlash uchun barcha yordamni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
«Startap-haftaliklar»da qatnashish uchun bitiruvchilar аriza topshirishi, unda loyihaning qisqacha ta’rifi va hal etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar (vazifalar), maqsadi, foydalanuvchilar auditoriyasi (mijozlar), uning qiymati (o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari, investorlar mablag‘lari), amalga oshirish muddatlari, loyihani amalga oshirish natijasida yaratiladigan ish o‘rinlari va boshqa ma’lumotlar asosida loyiha pasportini taqdim etishlari zarur.
Tadbir yakuniga ko‘ra bitiruvchilarning startap loyihalarini amalga oshirilishi va moliyalashtirilishi monitoringi bo‘yicha maqsadli dastur ishlab chiqiladi