×

Startap loyihangizni taqdim eting va 40 ta 50 million so’mlik grantlardan birini yutib oling!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1050 marta

CHOP ETILGAN

02.09.2020

Qayerda: O’zbekiston

Kim uchun: 16 yoshdan katta barcha uchun

Hujjat topshirish muddati: 2020-yilning 16-sentyabrgacha

O’zbekistonda yoshlarning boshlang’ich tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash dasturining beshinchi davri ishtirok etish uchun arizalar qabul qilishni boshlandi. Mazkur dasturda 16 yoshdan oshgan O’zbekiston fuqarolari o’z startaplari orqali ishtirok etishi mumkin. 40 ta eng yaxshi loyihalar mualliflari 50 million so’mgacha grantlarga ega chiqishlari mumkin.

Dastur nimalarni o’z ichiga oladi?

  • Tezlashtirish – vaqt va resurslarni tejab, loyihaning hayotiyligini tezda tekshirib ko’ring.
  • Bilimlar – innovatsion g’oya va startap loyihasini boshlash hamda rivojlantirish uchun metodologiya va vositalar.
  • Loyiha bo’yicha yo’l xaritasi – ishtirokchilar tomonidan biznes-ustoz bilan birgalikda ishlab chiqiladi.
  • Mahorat-darslari va maslahatlar – onlayn seminarlarda ishtirok etish va murabbiylar va bozor mutaxassislaridan tajriba olish.
  • Marketing va mijozlarni tadqiq qilish – maqsadli auditoriyani aniqlash, qiymat takliflari va loyiha gipotezalarini sinash.
  • Hamkorlik – mahsulot / xizmatning minimal ishchi modelini yaratish, uni sinovdan o’tkazish va fikr-mulohaza olish uchun sherik tashkilotlarning resurslaridan foydalanish.
  • Investorlarga taqdimot – finalistlar demo kuni startaplarini namoyish etishadi va loyihani amalga oshirish uchun sarmoyalarni jalb qilishlari mumkin.
  • Moliyaviy ko’mak va sovrinlar – eng yaxshi 40 ta loyiha qimmatbaho sovg’alar va loyihani rivojlantirish uchun 50 million so’mgacha maqsadli grantlarga ega bo’ladi.
  • PR qo’llab-quvvatlash – investitsiyalarni jalb qilishda yordam berish va xorijiy davlatlarning tezlashtirish dasturlarida ishtirok etish.

Ja’mi mukofot mablag’i qancha?

Startaplarni amalga oshirish uchun 50 million so’mgacha bo’lgan grantlar (har bir hududdan 3 tagacha va Toshkent shahrida 10 tagacha loyihalar) “Yoshlar-kelajagimiz” jamg’armasi va O’zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan ajratiladi.

Kimlar qatnashishi mumkin?

16 yoshdan katta yoshlar tadbirkorlar, ixtirochilar, talabalar, oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari va tadqiqotchilari, kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Qizlar boshchiligidagi loyihalar va jamoalarga yoki qizlarning hammuallifi bo’lgan jamoalarga ustuvor ahamiyat beriladi.

Tanlov qanday amalga oshiriladi?

Dasturda ishtirok etish bepul, tadbirlar onlayn tarzda o’tkaziladi. Uch oylik ishtirok etish jarayonida nafaqat g’oyani sinab ko’rish, texnologiya sohasidagi tadbirkorning ko’nikmalari va salohiyatini rivojlantirish, balki o’z startapingizni yaratishni boshlash va uni ishga tushirish uchun mablag’ olish mumkin bo’ladi.

Qanday qilib ishtirok etish mumkin?

Dasturda sihtirok etsih shartlari va ariza shakli, loyihalarni tanlash mezonlari va ishtirokchilarga qo’yilgan talablar to’g’risida ma’lumotni www.startupinitiatives.uz sahifasidan olishingiz mumkin.

Dastur yangiliklaridan boxabar bo’lib borish uchun dasturning ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib boring:
Telegram kanal
Facebook sahifa

Qoshimcha ma’lumotlar uchun quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin: +998 90 317-39-59

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!