×

Vengriyada bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun grantlar; joy – 5000 ta!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4259 marta

CHOP ETILGAN

10.01.2019

Qayerda: Vengriya

Kim uchun: Bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yil 15-yanvargacha

Vengriya hukumati mamlakat universitetlarining bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlari, shuningdek, tayyorlov kurslarida taʼlim olishni istagan nomzodlar uchun 2019-2020-oʻquv yillariga grantlar dasturini taklif etadi. Stipendium Hungaricum Scholarship Programme – Vengriya stipendiyasi dasturi taʼlimning barcha davrini qamrab oladigan toʻliq va 1-2 semestr (almashuv dasturi)ga moʻljallangan grantlardan iborat.

Stipendium Hungaricum Scholarship Programme 2019-2020-oʻquv yilida 5000 dan ortiq talabalarga stipendiya ajratishni rejalashtirgan, shulardan 30 ta joy O’zbekistonlik nomzodlarga ajratiladi. Dastur Vengriya hukumati va turli davlatlarning taʼlim vazirliklari orasidagi ikki taraflama hamkorlik kelishuviga muvofiq 5 ta kontinentdan 70 dan ortiq davlatlarni qamrab oladi. Oʻzbekiston 2019-yildan boshlab ushbu mamlakatlatlar tarkibiga kiradi. Grantning maqsadi – Yevropa standartlari asosida yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash.

Stipendium Hungaricum Scholarship Programme quyidagi bosqichlar uchun ajratiladi:

  1. Bakalavriat – 2-4 yil.
  2. Magistratura 1,5-2
  3. Bir bosqichli magistratura -5-6 yil.
  4. Doktorantura 4 yilgacha (yana 2 yil qoʻshilishi mumkin).
  5. Tayyorlov kurslari 1 yillik venger tilini oʻrganish kurslari.
  6. Ixtisoslik kurslari 1 yil.

*Almashuv dasturi boʻyicha oʻqish 1-2 semestrni tashkil etadi. Dastur yakunlanganda sertifikat beriladi.

Grantning manfaatli jihatlari

Chet ellik talabalar Vengriya universitetlarda yiliga taxminan 1000-5000 yevro toʻlab oʻqiydilar.

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imtiyozlar yaratib beriladi:

  1. Universitetda oʻqish puli toʻliq qoplanadi.
  2. Stipendiya:
    a) tayyorlov kurslari, bakalavriat, magistratura va bir bosqichli magistratura talabalari uchun oʻqish davri yakunlangunga qadar yashash uchun bepul turar joy yoki oyiga taxminan 130 yevrodan stipendiya toʻlanadi;
    b) doktoranturada oʻqiydigan tadqiqotchilarga:
  • birinchi bosqich (1-4-semestr) uchun har oyda taxminan 450 yevrodan;
  • ikkinchi bosqich (5-8-semestr) har oyda taxminan 580 yevrodan stipendiya
  1. Stipendiat taʼlim muddati tugagunicha yilda bir marta tibbiy sugʻurta uchun 205 yevro mablagʻ bilan taʼminlanadi.

*Stipendiya dasturlari ovqatlanish, oʻquv qurollari kabi boshqa xarajatlarni qoplamaydi. Universitet turar joyida yashamaydigan talabalar uchun ajratiladigan stipendiya ijara haqini toʻlashga yetmasligi mumkin. Shu sababli, Vengriyada ijara narxlari bilan tanishish tavsiya etiladi. Maʼlumot: SHU YERDA.

Talablar

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Vengriya bilan ikki taraflama hamkorlik kelishuviga aʼzo davlat fuqarosi ariza topshira oladi (Oʻzbekiston aʼzo);
  2. Nomzod Vengriya universitetlaridan birida oʻqishga ariza topshirgan boʻlishi kerak. Arizaga ilovalar:
  • ariza hamkorlik kelishuviga muvofiq dasturlardan biri boʻlishi kerak. Oʻzbekistonliklar uchun 2019-2020-yillarga quyidagi yoʻnalishlar va bosqichlar ochiq:
  • Communication and Media Science – bakalavriat;
  • Complex Rehabilitation – magistratura;
  • Cultural Anthropology – magistratura;
  • Dutch Studies – bakalavriat;
  • English and American Studies – bakalavriat;
  • Ethnic and Minority Policy – magistratura;
  • European and International Business Law– magistratura;
  • German Studies – bakalavriat;
  • Health Policy, Planning and Financing – magistratura;
  • Hungarian – bakalavriat;
  • International Public Service Relations – magistratura;
  • International Relations – bakalavriat;
  • International Relations – magistratura;
  • Medical Diagnostic Imaging Analysis – bakalavriat;
  • Nursing – magistratura;
  • Nursing and Patient Care – Dietitian – bakalavriat;
  • Nursing and Patient Care – Midwife – bakalavriat;
  • Nursing and Patient Care – Nurse – bakalavriat;
  • Nursing and Patient Care – Physiotherapist – bakalavriat;
  • Physical Training – bakalavriat;
  • Physiotherapy – bakalavriat;
  • Psychologie – bakalavriat;
  • Psychology – bakalavriat;
  • Health Care and Disease Prevention (Public Health) – bakalavriat;
  • Public Health – magistratura;
  • Romance Philology, Specialized in French Studies – bakalavriat;
  • Romance Philology, Specialized in Italian Studies – bakalavriat;
  • Romance Philology, Specialized in Portuguese Studies – bakalavriat;
  • Romance Philology, Specialized in Romanian Studies – bakalavriat;
  • Romance Philology, Specialized in Spanish Studies – bakalavriat;
  • German Studies – Scandinavian Studies – bakalavriat;
  • Social Work in Health Care – magistratura;
  • Sociology – bakalavriat;
  • Sociology – magistratura;
  • Communication and Media Studies – magistratura;
  • Visual Representation – bakalavriat;
  • Pre-School Teaching – bakalavriat;
  • Special Needs Education – magistratura;
  • Hungarian as a foreign language – bakalavriat;
  • Political Science – magistratura;
  • Recreation – magistratura;
  • Conductive Education – bakalavriat;
  • Social Work – bakalavriat;
  • Teacher Training – magistratura. Barcha dasturlar: SHU YERDA.
  • hujjatlar stipendiya dasturi Reglamentiga mos kelishi kerak. Reglament: SHU YERDA;
  • ariza topshirish haqida murojaatnoma. Yuklab olish: SHU YERDA;
  • maxfiylik kelishuviga rozilik. Yuklab olish: SHU YERDA.
  1. Oʻqishga qabul qiluvchi universitetlar va dasturlar. Tashkilot va dasturni topish: SHU YERDA.
  2. Taʼqiqlangan faoliyat bilan toʻliq tanishish va qoidalarga amal qilish (masalan, bakalavriat talabasi doktoranturaga murojaat qilishi, magistr darajasi egasi yana magistraturaga ariza berishi, Rossiyada yashovchi oʻzbek oʻzbek agentligi orqali hujjat topshirishi va boshqalar). Batafsil: SHU YERDA.
  3. Tibbiy maʼlumotnoma. Namuna: SHU YERDA.
  4. Ariza bilan topshiriladigan hujjatlar: SHU YERDA.
  5. Onlayn-ilova tizimida murojaatni toʻgʻri toʻldirish. Tizim: SHU YERDA.

Hujjat topshirish jarayoni

Hujjatlar 2019-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi. Stipendiyaga ariza berish uchun avval universitetga qabul uchun ariza topshirish kerak. Ariza onlayn tarzda topshiriladi. Onlayn ariza: SHU YERDA.

*Eslatma: tizimga joylanadigan hujjatlarning maksimal hajmi 4 mbdan oshmasligi kerak.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Onlayn ariza (koʻpi bilan 2 yil oldin olingan fotosurat bilan birga).
  2. Motivatsion xat (kamida bir bet, tanlangan taʼlim tili/ingliz yoki venger tilida).
  3. Til sertifikati (CEFR B2-C1, IELTS 6.0-8.0).
  4. Maʼlumot haqidagi hujjat (attestat, diplom, tanlangan taʼlim tili yoki venger tiliga tarjima qilingan).
  5. Baholar varagʻi (diplom ilovasi, tanlangan taʼlim tili yoki venger tiliga tarjima qilingan).
  6. Tibbiy sertifikat/maʼlumotnoma.
  7. Paspot nusxasi.

Stipendiyaga ariza berish

Stipendiya dasturida qatnashish uchun Sizni oʻqishga qabul qilishga rozilik bildirgan universitetdan tasviyanoma kerak boʻladi. Buning uchun universitet bilan bogʻlanib, masalaga oydinlik kiriting. Dedlaynga qadar tavsiyanoma skan nusxasini onlayn tizimga joylashtiring.

Kimlar ariza topshira olmaydi?

  1. Vengriya fuqarolari.
  2. Qochoq muhojirlar.
  3. 18 yoshga toʻlmaganlar.
  4. Vengriyada magistraturada oʻqigan bitiruvchi bakalavriatga hujjat topshira olmaydi.
  5. Mamlakatda doktoranturada oʻqiyotgan tadqiqotchi magistraturaga ariza bera olmaydi.
  6. Avval ushbu stipendiyani toʻliq olgan talabgorlar (masalan, 4 yil bakalavriatda Stipendium Hungaricum stipendiyasini olgan boʻlsa) va boshqalar.

*Arizasi qabul qilinmaydigan talabgorlar haqida toʻliq: SHU YERDA tanishing.

Stipendiya dasturiga topshirilgan nomzodlarning arizalariga universitetda oʻqish boshlangunga qadar javob beriladi.

*Stipendiya dasturi haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA. Koʻp beriladigan savollarga javoblar: SHU YERDA.

O’zbekistondan jo’natuvchi taraf – O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Aloqa ma’lumotlari: http://edu.uz/uz/pages/contacts.

Oʻzbekiston bilan hamkorlik kelishuvi agentligi:

Masʼul: Gombár Gabriella.
Universitet: University of Pécs
Manzil: 7621 Pécs, Munkácsy M. u. 20. 1/3
Elektron manzil: gabigombar@gmail.com
Telefon: +36 70 946 2399

Umumiy savollar boʻyicha murojaat uchun:

Manzil: Tempus Public Foundation
1077 Budapest, Kéthly Anna tér 1.

Telefon: +36 (1) 236-5040
Elektron manzil: stipendiumhungaricum@tpf.hu
Skype: stipendiumhungaricum
Rasmiy sayt: www.stipendiumhungaricum.hu.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!