Stipendiyalar boʻyicha hozircha maʼlum boʻlgani:
- davlat granti va toʻlov-kontraktda oʻqiydigan barcha talabalarga bir xil 400 ming soʻm stipendiya belgilanadi. Endi olgan bahosining stipendiyaga aloqasi yoʻq;
- hozirda bitiruvchi kurs talabalariga eski tizim saqlab qolinadi, yaʼni ular avvalgidek “3”, “4”, “5”lik stipendiya tartibi saqlab qolinadi;
- lekin yaxshi oʻqigan, ilmiy va jamoatchilik ishlarida faol boʻlgan talabalarga OTM rektorlari tomonidan stipendiyaning 50%igacha (200 ming soʻmgacha) miqdorda qoʻshimcha ragʻbatlantirish tartibi joriy qilinadi. Bunday qoʻshimcha stipendiyani kimga berishni rektorlar hal qiladi;
- davlat grantida oʻqiyotgan talabalar agar semestr yakunida 30%dan ortiq fanlardan 3 baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya olish huquqidan mahrum boʻladi;
- Prezident va nomdor stipendiyalarni olgan talabalar uchun stipendiya miqdori saqlab qolinadi.
Manba: @xushnudbek kanali