×

Stipendiyalar bo’yicha yangi ma’lumotlar: grantdagilar ham, kontraktdagilar ham oyiga 400 ming so’m stipendiya oladi va boshqalar


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

6996 marta

CHOP ETILGAN

10.09.2019

Stipendiyalar boʻyicha hozircha maʼlum boʻlgani:

  • davlat granti va toʻlov-kontraktda oʻqiydigan barcha talabalarga bir xil 400 ming soʻm stipendiya belgilanadi. Endi olgan bahosining stipendiyaga aloqasi yoʻq;
  • hozirda bitiruvchi kurs talabalariga eski tizim saqlab qolinadi, yaʼni ular avvalgidek “3”, “4”, “5”lik stipendiya tartibi saqlab qolinadi;
  • lekin yaxshi oʻqigan, ilmiy va jamoatchilik ishlarida faol boʻlgan talabalarga OTM rektorlari tomonidan stipendiyaning 50%igacha (200 ming soʻmgacha) miqdorda qoʻshimcha ragʻbatlantirish tartibi joriy qilinadi. Bunday qoʻshimcha stipendiyani kimga berishni rektorlar hal qiladi;
  • davlat grantida oʻqiyotgan talabalar agar semestr yakunida 30%dan ortiq fanlardan 3 baho olsa, kelgusi semestrda stipendiya olish huquqidan mahrum boʻladi;
  • Prezident va nomdor stipendiyalarni olgan talabalar uchun stipendiya miqdori saqlab qolinadi.

Manba: @xushnudbek kanali

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!