×

Latviyada oliy taʼlim: nufuzli universitetlar, oʻqish, stipendiya, yashash va viza haqida


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

16944 marta

CHOP ETILGAN

03.11.2018

Latviya oliy taʼlim tizimi

Latviyada oliy taʼlim tizimi bakalavriat va magistratura, doktoranturaga boʻlinadi. Hozirgi kunda mamlakatda 58 ta universitet va kollejlar mavjud, ammo mamlakat kichik davlat uchun shuncha oliygoh koʻplik qiladi, degan fikrga kelgan va OOʻYularini optimallashtirish ishlari boshlangan (yaʼni, ayrim turdosh yoʻnalishdagi muassasalar birlashtirilmoqda). Mamlakatning 2 ta oliygohi QS World University Rankings reytingida dastlabki 1000 talikka kiradi (Latviya Universiteti 701-oʻrinda). Latviya oliygohlari diplomi Yevropa Ittifoqi davlatlari diplomi darajasida hisoblanadi va diplom sohibining kelajakda yetuk kadr sifatida nufuzli tashkilotlarda ishlashiga imkon yaratadi.

Bakalavriat: 4 yil,;
Magistratura: 2 yil;
Doktorantura: 3 yil.

Latviya taʼlimi Bolonya jarayoni (kredit-modul tizimi)ga asoslangan. Bakalavriat uchun 4 yilda umumiy 240 kredit yigʻish lozim.

Magistratura uchun esa 2 yilda 120 kredit toʻplash kerak. Meditsina oliygohlarida bu muddat odatdagidan farq qilishi mumkin.

Doktoranturada 3 oʻqish kerak. Umumiy 3 yil uchun yigʻiladigan kreditlar miqdori 180 ni tashkil etadi.

Bakalavriat, magistratura va doktoranturaga kirish uchun Latviya universitetlarida yagona talab yoʻq. Shuning uchun, bu haqida, yaxshisi oliygohning oʻzidan aniqlashtirgan maqsadga muvofiq. *Universitetlar haqidagi maʼlumotlar, oʻqishga kirish va oʻqish haqida maʼlumot: SHU YERDA.

Qaysi tilda va qancha?

Latviyada 2019-yilning 1-yanvaridan rus tilida taʼlimni olib borish toʻliq bekor qilinadi. Shuning uchun oʻqishga kirmoqchi boʻlsangiz, ingliz tili yoki latish tilini bilish talab qilinadi. Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirmaydigan davlatlarning fuqarolari boʻlgan chet ellik talabalar va yerlik aholi uchun universitet/institutlarda oʻqish haqini yiliga minimal 2000 yevro qilib belgilangan. Mamlakatning eng nufuzli koʻp profilli oliygohlari:

Latish tilini qayerda oʻrganamiz?

Mamlakatda qiynalmasdan yashash va oʻqish uchun iloji boricha 3 ta til – latish, ingliz va rus tilini bilgan maʼqul. Latviya Yevropa Ittifoqi davlatlari ichida eng koʻp rus tilida “gaplashadigan” davlat hisoblanadi. Agar rus tilini bilsangiz, bu kundalik hayot uchun yetarli. Ammo, latish tilida oʻqimoqchi boʻlsangiz, kamida B2 daraja kerak boʻladi. CEFR kabi latish tilini egallaganlik darajasini baholash ham taxminan 6 darajada. Latish tilini oʻrganishni istagan chet ellik talabalar uchun til kurslarini tashkil etgan, bu kurslarda oʻqib, hattoki stipendiya olish ham mumkin. Shu bilan birga pulli intensiv kurslar ham mavjud. Til oʻrganish kurslari haqida maʼlumot SHU YERDA.

Qanday hujjatlar va qaysi fanlardan imtihon topshiriladi?

Latviyaning universitetlariga hujjat topshirish har bir muassasa uchun turlicha. Dasturlar universitetlarning rasmiy saytlarida joylashtirilgan. Masalan, Latviya Fan va texnologiya universitetiga kirish uchun dastur tanlash: SHU YERDA.

Hujjat topshirish bosqichlari quyidagicha:

1. Dastlab Siz istagan mutaxassislik boʻyicha dasturni aniqlash lozim. Dastur tanlash: SHU YERDA;

1. Hujjat yigʻish. Quyidagi hujjatlar kerak:

  • Bakalavriat, magistratura yoki doktoranturaga hujjat topshirish uchun ariza (zayavka). Elektron shaklda arizani toʻldirish, chop etish va imzo qoʻyish lozim. Arizaning PDF koʻrinishi SHU YERDA;
  • Pasport nusxasi;
  • Attestat, kollej, litsey, bakalavr yoki magistr diplomi, baholar yozilgan ilova va hujjatlarning ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi;
  • IELTS yoki TOEFL sertifikati. Agar sertifikat boʻlmasa, onlayn suhbat oʻtkaziladi;
  • Roʻyxatdan oʻtish uchun 155 yevro miqdoridagi badal toʻlanganligini tasdiqlovchi kvitansiya.

*Doktoranturaga hujjat topshiruvchilar uchun quyidagilarni qoʻshimcha topshirish kerak:

  • rezyume;
  • tavsiyanoma;
  • moliyaviy taʼminot haqidagi hujjat (YeIga kirmaydigan davlat vakillari uchun).

3. Hujjat topshirish bir yilda ikki marta boʻlganligi uchun, qaysi semestr uchun ariza topshirilishini aniqlash kerak. Kuzgi semestr uchun dedlayn:

  • Viza rasmiylashtirish shart boʻlgan talabgorlar uchun – 1-iyul;
  • Viza rasmiylashtirish shart boʻlmaganlar uchun – 15-iyul.

Bahorgi semestrga dedlayn:

  • Viza rasmiylashtirish shart boʻlgan talabgorlar uchun – 1-noyabr;
  • Viza rasmiylashtirish shart boʻlmaganlar uchun – 15-noyabr.

*Doktorantura uchun yil davomida ariza topshirish mumkin.

Hujjatlarni taqdim etish uchun quyidagilardan birini tanlash kerak:

  1. admission@llu.lv manziliga joʻnatish;
  2. Universitet Xalqaro hamkorlik markazi,  Liela iela 2, Yelgava, LV-3001, Latviyaga pochtadan joʻnatish;
  3. Universitet Xalqaro hamkorlik markazi, Liyela koʻchasi 2-uy, Yelgava Saroyi, 192-xonaga shaxsan olib borish mumkin.

4. Chet el diplomini tasdiqdan oʻtkazish. Buning uchun Akademik Axborot markaziga murojaat qilish kerak. Rasmiy sayt: http://www.aic.lv/portal/en;

5. Kirish imtihonlarini topshirish. Buni tanlagan dastur va universitetga qarab aniqlashtirish kerak. Masalan, Latviya Fan va texnologiya universiteti “Iqtisodiyot” yoʻnalishi uchun imtihon:

  • Matematikadan “oʻrta” daraja;
  • Ingliz tili IELTS kamida 5.0, TOEFL 520;
  • Ijtimoiy fanlar boʻyicha onlayn-testdan oʻtish kerak.

6. Oʻqishga qabul qilingandan keyin oʻqishga kirganlik haqida universitetdan maʼlumotnoma olish kerak. Bu yotoqxonaga joylashish va viza rasmiylashtirish uchun zarur.

7. Latviyaga kelish uchun shengen vizasini rasmiylashtirish. Oʻquv vizasini olishdan oldin vaqtinchalik bu viza turishi rasmiylashtirish talab etiladi. Oʻzbekistonliklar uchun shengen vizasini Oʻzbekistondagi Germaniya elchixonasida rasmiylashtiriladi. Batafsil viza xarajatlari boʻlimida tanishing.

8. Universitetga yetib kelgandan keyingi roʻyxatdan oʻtish.  Buning uchun Xalqaro Hamkorlik markaziga murojaat qilasiz.

*Maʼlumotlar Latviya Fan va Texnologiya universiteti misolida olindi va boshqa universitetlardagi talablardan farq qilishi mumkin.

Stipendiya bormi?

Latviya davlati universitetlari barcha talabalar uchun stipendiyalar dasturlarini taklif etadi. Bu haqida oliygohlarning rasmiy saytlarida tanishish mumkin. Shuningdek, xalqaro va davlat stipendiya dasturlari ham mavjud:

  • Davlat stipendiyasi;
  • Kristap Morberg stipendiyasi;
  • Turiba Biznes maktabi stipendiyasi va hokazolar.
  • Erasmus Mundus va Erasmus+ stipendiyalari:

*Stipendiya dasturlari haqida BATAFSIL;

Oʻqish mobaynida ishlash mumkinmi?

Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan davlat vakili sifatida oʻzbekistonlik talabalarga oʻqish davrida haftada 20 soatgacha ishlashlariga ruxsat beriladi.

Yashash va viza xarajatlari qancha?

2018 yil boʻyicha toʻplangan maʼlumotlarga koʻra:

Turar joy, oziq-ovqat, transport, internet va telefon, kiyim-kechak, madaniyat, sport va hokazolar uchun talaba bir oyda taxminan 300-500 yevro sarflaydi.

*Maʼlumotlar 2018 yil uchun taxminan berilgan hamda valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.

Viza xarajatlari. Latviyaga imtihon torshirishga kelmoqchi boʻlsangiz, sayohatchilar uchun viza olish kerak. Oʻqishga kirgandan keyin esa, yashash uchun. Bu ikki xil hujjat va rasmiylashtirish tartibi ham turlicha. Viza haqida maʼlumotlar:

A) Shengen vizasini Oʻzbekistondagi Latviya elchixonasidan olish mumkin Elchixona bu masalada VFS GLOBAL viza markazi bilan shartnoma tuzgan.

Manzil: Lashkarbegi koʻchasi 16a, Toshkent sh. 100000, Oʻzbekiston;
Telefon: (+998 71) 237 22 15, (+998 71) 234 21 58;
Faks: (+998 71) 120 70 36;
Elektron pochta: embassy.uzbekistan@mfa.gov.lv.
Rasmiy sayt: https://www.mfa.gov.lv/uz/.

B) Oʻqishga ketayotganda esa, vizani rasmiylashtirish uchun Latviya hukumatiga murojaat qilish kerak. Taxminan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. Blank;
  2. Pasport nusxasi;
  3. 3×4 fotosurat;
  4. Bank hisob raqamida birinchi yil uchun oyiga kamida 430 borligi haqidagi maʼlumotnoma (4300 yevro);
  5. Kredit yoki debit karta;
  6. Davlat boji toʻlanganligi haqidagi kvitansiya. Davlat boji va xarajatlar haqida BATAFSIL tanishing;
  7. Legallashtirilgan diplom yoi attestat.

*Kerakli hujjatlar va talablar haqida batafsil SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!