×

Avstriyada oliy taʼlim: oʻqish haqi, stipendiyalar, yashash, ishlash va viza haqida


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

9729 marta

CHOP ETILGAN

06.11.2018

Avstriya oliy taʼlim tizimi

Avstriyada oliy taʼlim bakalavriat, magistratura hamda doktoranturaga boʻlinadi. Hozirgi kunda mamlakatda davlat tasarrufida 22 ta, 13 ta xususiy, 21 ta Amaliy fanlar universitetlari, shuningdek, 14 ta Pedagogik taʼlim universitet-kollejlari mavjud.

Bakalavriat: 3-4 yil;
Magistratura: 1-2yil;
Doktorantura: kamida 3 yil.

Shuningdek, taʼlimning yana shunday shakllari bor:

Diplom dasturlari: 4-5 yil;
Doktorantura: 2 yil.

Avstriya Bolonya jarayoni (kredit-modul tizimi) aʼzosi. 3 yillik bakalavriat uchun umumiy – 180 kredit, 4 yillik dastur uchun 240 kredit yigʻish lozim. Magistratura uchun 1 yilga 60, 2 yilga 120 kredit toʻplash kerak. Doktorantura uchun 3 yillik dasturga 180 kredit yigʻiladi.

Oʻquv kalendari

Avstriyada oʻquv yili boshqalardan biroz farq qiladi. Avstriyada kuzgi semestr 1 oktyabrdan 30 yanvargacha, bahorgisi esa, 1 martdan 30 sentyabrgacha davom etadi.

Akademik maʼlumotni tasdiqdan oʻtkazish

Avstriyada mavjud universitetlarda taʼlimni boshlashdan oldin, Oʻzbekistonda diplomingizni tasdiqlatish yoki nostrifikatsiya qilish imkoniyati bor-yoʻqligini tekshirib koʻrish lozim. Bu haqidagi maʼlumotni Oʻzbekistondagi YUNЕSKO Osiyo-Tinch okeani regioni boʻyicha taʼlim masalalari xizmati bilan shugʻullanuvchi tashkilotidan olish mumkin. Yurtimizdagi mas’ul idora: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maʼsus taʼlim vazirligi; Manzil: Apt 96, Chimboy koʻchasi 2-uy, Toshkent 100095; Telefon: (+998) 71-246-0195; E-Mail:  mhsse@edu.uz; Veb-sayt:  www.edu.uz

Qancha?

Avstriyada 2018-yilning 5-noyabr holatiga koʻra davlat tasarrufidagi oliygohlarda Yevropa Ittifoqiga kiruvchi davlatlar talabalari bepul, Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan talabalar (yurtimiz vakillari uchun ham) esa bir semestrga 726,72 yevro, bir yilga 1453,44 yevro toʻlab oʻqiydi. Xususiy universitetlar va Amaliy fanlar universitetlari uchun toʻlov farqli boʻlgani sababli narxlarni oliygohlarning oʻzidan aniqlashtirish zarur. Mamlakatning eng nufuzli koʻp profilli oliygohlari:

*Avstriyaning xususiy universitetlari haqidagi toʻliq maʼlumot SHU YERDA.

Amaliy fanlar universitetlari haqida batafsil SHU YERDA tanishing. Shuningdek, Pedagogika universitet-kollejlari toʻgʻrisida SHU YERDAN maʼlumot olish mumkin.

Qanday hujjatlar topshiriladi?

Avval Siz istagan mutaxassislik boʻyicha dasturni aniqlash lozim. Oʻzingizga maʼqul dasturni tanlash: SHU YERDA.

Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlat vakillari, jumladan, oʻzbekistonliklar uchun topshiriladigan hujjatlarning umumiy tarkibi quyidagicha:

  • Pasport nusxasi;
  • Attestat/kollej/litsey diplomi (nemis tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi);
  • Til bilish darajasi sertifikati (nemis tili uchun “Nachweis der besonderen Universitätsreife”, ingliz tili uchun IELTS/TOEFL sertifikati);
  • Nemis tili oʻqiganlik haqidagi hujjat (nemis tili diplomi yoki oʻrta maktabda kamida 4 yil nemis tilini oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjat);
  • Magistratura uchun kamida 180 kredit yiqqanlik haqida maʼlumotnoma (yoki kamida 3 yillik taʼlimdan keyin olingan bakalavr diplomi, yurtimiz vakillari uchun 4 yillik ta’lim diplomi).

*Topshiriladigan hujjatlar va ularning shaklini tanlagan universitetingizdan aniqlashtiring.

*Dedlayn: topshirilayotgan yoʻnalish va semestrga qarab turlicha, taxminan qishki semestr uchun 5 sentyabrgacha, yozgi semestr uchun 5 fevralgacha. Roʻyxatdan oʻtish muddati 15 apreldan boshlanadi.

Kirish imtihonlari:

Avstriyaning koʻpchilik davlat tasarrufidagi universitetlari dasturlari uchun kirish imtihonlari yoʻq (Masalan, gumanitar fanlar, lingvistika, arxeologiya kabi juda katta doiradagi yoʻnalishlardan kirish imtihoni topshirilmaydi). Bu haqida toʻliq SHU YERDA tanishish mumkin. Tibbiyot, sanʼat, UAS dasturlarida yoki ayrim nufuzli universitetlarga (masalan, Vena universiteti) imtihonlar topshirilishi mumkin. Barcha imtihonlar Siz tanlagan (nemis yoki ingliz) tilida oʻtkaziladi. Ammo barcha hollarda tegishli darajadagi nemis tilini egallaganlik talab etiladi. *Imtihonlarni tanlagan universitetingizdan aniqlashtiring.

Stipendiya bormi?

Avstriya davlati va universitetlari barcha talabalar uchun stipendiyalar dasturlarini taklif etadi. Bu haqida oliygohlarning rasmiy saytlarida tanishish mumkin. Shuningdek, xalqaro stipendiya dasturlari ham mavjud:

  • Avtriyaning eng katta maʼlumotlar bazasidan grantlar dasturlari topish mumkin: BATAFSIL.
  • Oman Stipendiya Dasturi esa quyidagi stipendiyalarni taqdim etadi: BATAFSIL;
  • Bakalavriat talabalari uchun CEEPUS stipendiya dasturi. Stipendiya haqida batafsil SHU YERDA tanishing;
  • Erasmus+ study abroad periods stpendiyalari: BATAFSIL;
  • Erasmus+ Internships: BATAFSIL;
  • Monbukagakusho Grant stipendiyasi: BATAFSIL;
  • Barcha taʼlim bosqichlari uchun Avstriya Respublikasi davlat stipendiyalari dasturi: BATAFSIL.

Shuningdek, OEAD dan ellikdan ortiq stipendiya dasturlari ichidan oʻzingizga mos keladiganini tanlashingiz mumkin. Barcha stipendiyalar haqida batafsil SHU YERDA tanishing.

Oʻqish mobaynida ishlash mumkinmi?

Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan davlat vakili sifatida oʻzbekistonlik talabalar oʻqish davrida qisman ishlashlariga ruxsat beriladi. Bu haqida batafsil SHU YERDA tanishing. Ishlashni xohlasangiz Astriya Davlat ish biln taʼminlash xizmatiga murojaat qiling.

Yashash va viza xarajatlari qancha?

Turar joy: 400 yevro (Turar joy tanlangan shaharga qarab farq qiladi, masalan, Venada yashash boshqa joylarga nisbatan qimmatroq);

Oziq-ovqat: 250 yevro;

Talabalar uyushmasiga aʼzolik badali: 19,20 yevro (bir semestrda bir marta toʻlanadi);

Madaniyat, sport va hk.: 300 yevro, bundan tashqari ijaraga olinadigan oʻquv anjomlari va boshqa xarajatlar, transport, uyali aloqa va internet uchun, hammasi boʻlib talaba oyiga oʻrtacha 950 yevro sarflaydi.

*Maʼlumotlar 2018 yil uchun taxminan berilgan hamda valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.

Viza xarajatlari. Avstriyaga imtihon torshirishga kelmoqchi boʻlsangiz, sayohatchilar uchun shengen vizasini olish kerak. Oʻqish davrida yashash uchun talabalik vizasini rasmiylashtirish lozim. Viza haqida maʼlumotlar:

  1. A) Shengen vizasini Oʻzbekistondagi Germaniya elchixonasidan olish mumkin. Manzil: Toshkent shahri, Sharof Rashidov koʻchasi 15-uy; Telefon: (+998 71) 120-84-40; Muddat: 10 ish kuni; Toʻlov: 60 yevro. Vizani rasmiylashtirish uchun kerakli hujjatlar: SHU YERDA va SHU YERDA.
  2. B) Talabalik vizasi uchun Avstriya hukumatiga murojaat qilish kerak. Siz 6 oydan 1 yilgacha beriladigan viza “Aufenthaltsbewilligung – Student” vizasi rasmiylashtirishingiz mumkin. Murojaat uchun maʼlumot: SHU YERDA. Shuningdek, 2018 yilning 1 sentyabridan viza talablariga ayrim oʻzgarishlar kiritilgan va rasmiylashtirish ishlari 90 kunga qadar amalga oshiriladi. Shuningdek, yana quyidagi hujjatlarni taqdim etish lozim:
  • Toʻldirilgan va imzo chekilgan anketa;
  • 2 dona 3,5 x 4,5 mm formatdagi fotosurat (fotosuratga qoʻyiladigan talab: SHU YERDA);
  • Amaldagi pasport (oʻzbekistonlik talaba uchun zagranpasport);
  • Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (legallshtirilgan);
  • Universitetga qabul qilinganlik haqida maʼlumotnoma;
  • 24 yoshga toʻlmagan talabadan bank hisob raqamida kamida oyiga 502,24 yevro, 24 yoshdan katta talabaning hisob raqamida esa oyiga 909,42 yevro boʻlishi lozim. Bu talabaning oylik xarajatlarini qoplash uchun zarur summa hisoblanadi;
  • Yashash joyi mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (masalan, ijara shartnomasi, talabalar yotoqxonasida turishi haqida maʼlumotnoma va h.k.);
  • Tibbiy sugʻurta (tibbiy sugʻurtaga qoʻyiladigan talab: SHU YERDA);
  • Polis (agar mavjud boʻlsa).

Viza xarajatlari taxminan 300 yevroni tashkil etadi. *Talabalik vizasini rasmiylashtirish haqida umumiy maʼlumot: SHU YERDA.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!