×

Daniya universitetlarida oʻqish: taʼlim, yashash, viza rasmiylashtirish va stipendiya dasturlari


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

7075 marta

CHOP ETILGAN

10.11.2018

Daniya oliy taʼlim tizimi

Daniyada oliy taʼlim bakalavriat va magistratura, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim sifatida doktoranturaga boʻlinadi. Hozirgi kunda mamlakatda 8 ta universitet, 11 ta badiiy sanʼat oliygohlari, 8 ta universitet-kollejlari va 4 ta dengiz xizmati maktablari mavjud.

Bakalavriat: 3-4 yil;
Magistratura: 1-2 yil;
PhD: 2-3-4 yil;

Davlatda baholash Bolonya kredit-modul tizimiga asosan olib boriladi. 3 yillik bakalavriat uchun yiliga – 60, semestriga – 30, umumiy – 180 kredit, 4 yillik bakalavriat uchun esa 210-240 kredit yigʻish lozim. Magistratura uchun 1 yilga 60, 2 yilga 120 kredit toʻplash kerak. Aspirantura/doktoranturada 2 yoil uchun 120, 3 yilga 180 kredit yigʻiladi.

Qancha?

Daniya qonunlariga koʻra Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar talabalari uchun oʻqish tekin. Boshqa davlat vakillari, jumladan, oʻzbekistonliklar uchun taʼlim olish haqi bir yilga 6 mingdan 16 ming yevrogacha belgilangan.

Mamlakatning eng nufuzli oliygohlari:

*Daniya universitetlari haqidagi toʻliq maʼlumot SHU YERDA.

Dat tilini qayerda oʻrgansa boʻladi?

Mamlakat dat tilini oʻrganishni istagan chet ellik talabalar uchun til kurslarini tashkil etgan. Ammo bu kurslarda oʻqish uchun Daniyada oʻqiyotgan yoki ishlayotgan boʻlishingiz kerak. Til kurslarida oʻqish uchun identifikatsiya raqami olish lozim. Bu haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.

Shuningdek, quyidagi resurslar orqali dat tilini onlayn-kurslarda oʻtganish mumkin:

Barcha universitetlarda dat tilini oʻrgatuvchi bepul kurslar mavjud. Bu haqida: BATAFSIL.

Agar dat tilini Oʻzbekistonda oʻrganmoqchi boʻlsangiz:

Yana quyidagi manbalardan foydalanish mumkin:

Qanday hujjatlar topshiriladi?

Daniya universitetlariga hujjat topshirish bir-biridan farq qiladi. Lekin, umumiy tarkib taxminan quyidagicha:

Bakalavriat:

  • Oʻzingizga kerakli boʻlgan yoʻnalishni SHU YERDA tanlang.
  • Oʻrta maʼlumotga egalik (tasdiqlangan) haqidagi hujjat, baholar yozilgan ilova, dat tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi (1999 yildan boshlab oʻrta maʼlumot toʻgʻrisidagi shahodatnoma, yaʼni attestatning mavjudligi Daniya universiteti bakalavriati uchun yetarli hisoblanadi. Agar hujjatingiz mazkur talabga mos boʻlmasa, uni tasdiqlatish: SHU YERDA);
  • Ingliz tilida oʻqishni tanlaganlar uchun IELTS 6.5-7.0, TOEFL 550-610, CAE/CPE sertifikati;
  • Dat tilida oʻqishni istaganlar uchun dasturlarni tanlash: SHU YERDA;
  • Dat tilida oʻqiydiganlardan “Studieprøven i dansk som andetsprog”) yoki “Danskprøve 2”, ayrim dasturlar uchun “Danskprøve 3” dan oʻtish talab qilinadi;

Quyidagi hujjatlar qoʻshimcha sifatida talab qilinishi mumkin:

  • Maʼlum tartibda fanlarning oʻzlashtirilganligi haqida maʼlumotnoma (Daniyada oʻzlashtirish A, B va C tarzida baholanadi, A eng yuqori natija);
  • Fanlardan erishilgan natijalar koʻrsatilgan minimal baholash mezonlariga javob berishi;
  • Diplom minimal GPA talablariga javob berishi;
  • Kirish imtihoni yoki suhbatdan oʻtish. Maʼlumotingiz ushbu talablarga qanchalik mos kelishini tekshirish: SHU YERDA.

Talabalar uchun onlayn-ariza haqida maʼlumot: SHU YERDA

Magistratura. Magistratura uchun 1yillik va 2 yillik dasturlarni tanlash: SHU YERDA:

  • Bakalavriat diplomining tasdiqlangani (Magistratura uchun kamida 2 yillik taʼlim maʼlumotnomasi talab qilinishi mumkin. Hujjatni tasdiqlatish: SHU YERDA;
  • Ingliz tili sertifikati: IELTS 6.5-7.0, TOEFL 550-610, CAE/CPE;
  • Dat tili sertifikati: “Studieprøven i dansk som andetsprog”) yoki “Danskprøve 2”, ayrim dasturlar uchun “Danskprøve 3” (agar taʼlim dat tilida tanlangan boʻlsa).

Dedlayn: Hujjatlar yili 15-martga qadar qabul qilinadi.

Aspirantura. PhD dasturlarini tanlash: SHU YERDA:

  • Magistr diplomining tasdiqlangani;
  • Ayrim yoʻnalishlar boʻyicha 4 yillik dasturlar taklif etilishi mumkin.

Dedlayn: turli universitetlar uchun farqli, shuning uchun universitetdan aniqlashtirish lozim.

Nomzodlarga va topshiriladigan hujjatlarga qoʻyiladigan talablar haqida batafsil: SHU YERDA tanishing.

*Hujjat topshirish bahorgi va kuzgi semestrlar uchun yilda ikki marta. Masalan, Olborg universiteti Sanʼat va texnologiya yoʻnalishi bakalavriat dasturi uchun 15 martda hujjat topshiriladi, oʻqish esa 1 sentyabrdan boshlanadi: BATAFSIL.

*Topshiriladigan hujjatlarni tanlagan universitetingizdan aniqlashtiring.

Kirish imtihonlari:

Hujjat topshirish kabi, imtihonlar ham farqli. Oʻzbekistonlik abituriyentlar uchun albatta, ingliz yoki dat tilini bilish talab qilinadi. Barcha imtihonlar Siz tanlagan tilda (ingliz, dat) topshiriladi. Masalan, Olborg universiteti Sanʼat va texnologiya yoʻnalishi bakalavriat dasturi uchun quyidagi fanlardan imtihon topshiriladi:

  • Oʻrta maktab imtihoni;
  • Matematika B daraja;
  • Gʻoyalar tarixi yoki zamonaviy tarix B daraja;
  • Ingliz tili B daraja;
  • Ikkinchi chet tili B daraja

Dastur uchun talablar toʻliq: SHU YERDA;

  • Dastur 3 yillik, 180 kredit toʻplanadi. Oʻqish haqi bir semestrga 4350 yevro.

*Imtihonlarni tanlagan universitetingizdan aniqlashtiring.

Stipendiya bormi?

Daniya davlatida barcha talabalar uchun stipendiyalar dasturlari koʻzda tutilgan. 2019-2020-yillar uchun quyidagi stipendiya dasturlari mavjud:

  • Nordplus dasturi: BATAFSIL;
  • Erasmus talabalr almashish dasturlari: BATAFSIL;
  • Erasmus Mundus stipendiyalari:
  • Fulbrayt assotsiatsiyasi stipendiya dasturlari: BATAFSIL;
  • Yozgi dat tili stipendiyasi. 206 nafar kishiga 5000 dat kronasi (670.16 yevro) miqdorida stipendiyalar taklif etadi: BATAFSIL;
  • Olborg universiteti stipendiyasi. Murojaat uchun: Mette Sederp Torvaldsen, mes@adm.aau.dk. Application form: SHU YERDA;
  • Orxus universiteti stipendiyasi. Murojaat uchun: Bente Brox Sorensen, bbs@au.dk. Application form: SHU YERDA;
  • Kopengagen universiteti stipendiyasi. Murojaat uchun: Bent Blyumensaat Pedersen i Tina Xaagerup, INT-admission@adm.ku.dk. Application form: SHU YERDA;
  • Roskille universiteti stipendiyasi. Murojaat uchun: Gitte Abis, abitz@ruc.dk. Application form: SHU YERDA;
  • Janubiy Daniya universiteti stipendiyasi. Murojaat uchun: Inger Mari Djessen, imj@sdu.dk yoki int@sdu.dk. Application form: SHU YERDA

*Daniya universitetlari stipendiya dasturlarini haqida batafsil SHU YERDA tanishing.

Oʻqish mobaynida ishlash mumkinmi?

Dat tilini bilmagan talabalar uchun ish topish oson boʻlmaydi. Shuning uchun, dastlab til oʻrganish lozim. Undan soʻng ishlash mumkin. Chet ellik talaba sifatida ish boʻyicha Xalqaro ish bilan taʼminlash saytiga murojaat qilishingiz mumkin. Oʻzbekistonlik talaba haftasiga 20 soat ishlay oladi. Shu bilan birga, hukumatga daromad soligʻi toʻlaysiz. Oʻqishni tamomlagandan keyin Daniyada ishlamoqchi boʻlsangiz, talablar va takliflar bilan SHU YERDA tanishing.

Yashash va viza xarajatlari qancha?

Daniyada bir oy yashash uchun quyidagilarga pul sarflaysiz:

Turar joy. Tanlangan joy, universitet, shahar (yotoqxona (kollegier), ijaraga olingan xona yoki kvartira)ga qarab oyiga taxminan 250-450 yevro boʻlishi mumkin. Agar yotoqxona (kollegier)da yashasangiz, taxminan 250-300 yevro. Kopengagenda yashash ancha qimmat, oyiga 800 yevrodan ortiq.

Tibbiy sugʻurta. Oyiga taxminan 26 yevro;

Oziq-ovqat. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (non, shakar, goʻsht, baliq, sut mahsulotlari, sabzavotlar, mevalar) uchun bir oylik xarajat kamida taxminan 200-270 yevro. Agar Bilka, Lidl, Netto, Fakta yoki Aldi kabi supermarketlardan chegirma bilan harid qilsangiz, ancha pul tejash mumkin. Shahardagi restoranlarda bir martalik ovqatlanish 30 yevroga tushadi.

Transport. Daniyada 50% talabalar velosipedlarda harakatlanadilar. 30% esa jamoat transportlarida. Bir oylik transport xarajatlari 50 yevroni tashkil etadi. Agar velosiped ijaraga olsangiz – yarim kunga 15 yevro sarflaysiz.

Oʻquv qurollari va kitoblar. Oyiga taxminan 35 yevro.

Internet va telefon, madaniyat, sport va hk. Taxminan 120-170 yevro.

Demak, barcha xarajatlar uchun talaba oyiga oʻrtacha 850- 900 yevro sarflaydi

*Maʼlumotlar 2018 yil uchun taxminan berilgan hamda valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.

Viza qanday olindadi?.

Oʻzbekistonda Daniya elchixonasi mavjud emas. Xoʻsh, vizani qayerda rasmiylashtirish mumkin?

  1. Avvalo, imtihon topshirishga Daniyaga borish uchun 3 oylik sayohatchilar vizasini rasmiylashtirish lozim. Daniya Shengen hududiga kiradi (avtonom hududlar: Grenlandiya va Farerdan tashqari). Shuning uchun 3 oylik vizani Oʻzbekistondagi Germaniya elchixonasidan olish mumkin. Manzil: Toshkent shahri, Sharof Rashidov koʻchasi 15-uy; Telefon: (+998 71) 120-84-40; Muddat: 10 ish kuni; Toʻlov: 60 yevro. Vizani rasmiylashtirish uchun kerakli hujjatlar: SHU YERDA va SHU YERDA. Eslatma: Hozirda Germaniya elchixonasi shengen viza berishni vaqtinchalik to’xtatgan.
  2. Oʻqishga kirgandan keyin yashash uchun viza (vid na jitelstvo) rasmiylashtirish kerak. Bu masalada Daniyaning Moskvadagi elchixonasiga murojaat qilish mumkin: Prechistenskiy per. 9, 119034 Moskva, Man-Tor; Ish vaqti: 09.15 – 16.00, juma kuni: 9.15 – 15.30; Telefon: (495) 642 68 00; Faks +7 (495) 775 01 93; Viza boʻlimi: +7 (495) 642 68 01. Quyidagi hujjatlar topshiriladi:
  • Elektron-anketa (ariza). Anketa: SHU YERDA;
  • Anketaning ikkinchi qismini universitet vakili toʻldirib, kerakli hujjatlarni ilova qiladi va sizga joʻnatadi;
  • Siz anketaning birinchi qismini toʻldirasiz, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilasiz (Hujjat soʻngida deklaratsiyaga imzo qoʻyishni unutmang);
  • Arizani Oʻzbekistonga yaqin boʻlgan Daniya elchixonasi, General konsulligiga yoki VFS markaziga joʻnatish kerak (Oʻzbekistonga yaqin elchixona Moskvadagi Daniya elchixonasi va Rossiyadagi VFS markaz);
  • Bundan keyin elchixona hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Daniya Immigratsiya xizmatiga yuboradi. Onlayn tarzda hujjat topshirish ham mumkin. Buning uchun 14 kun ichida General konsullik yoki Daniya Immigratsiya xizmatiga oʻz biometrik tavsifnomangizni taqdim etishingiz lozim boʻladi: BATAFSIL.

Mustaqil tarzda ariza berish uchun:

  • Onlayn-anketani toʻldiring: SHU YERDA;
  • Boj toʻlash (2110 dat kronasi – 282,81 yevro);
  • Hujjatlar:
  • Davlat boji toʻlanganligi haqida kvitansiya;
  • Pasportning barcha sahifalari nusxasi (usti, orqa qismi, hamma boʻsh va toʻldirilgan betlari bilan birga);
  • Almashish dasturi ishtirokchisi universitetda oʻqiyotganligi haqida maʼlumotnoma (Oʻzbekiston universiteti) topshiradi;
  • Daniyaga kirib kelganda yoningizda boʻladigan hujjatlar.
  • Siz va oʻqishga qabul qilingan universitetingiz arizani toʻldirishingiz lozim. Mustaqil hujjat topshirayotganlar ST1 onlayn ilovasini tanlashi mumkin. Onlayn ilova: SHU YERDA;
  • ST1ning qagʻoz shaklini yuklab olish: SHU YERDA;
  • Arizani joʻnatish. Qayerga joʻnatish haqida maʼlumot: SHU YERDA;
  • Biometrik tafsifnoma: SHU YERDA;
  • Javobni qabul qilish. Agar barcha yuqorida koʻrsatilgan amallarni toʻgʻri bajargan boʻlsangiz, sizga tezda javob berishadi.

Viza yuzasidan masʼul boʻlim: SIRI (Daniya Xalqaro ishga yollash va integratsiya agentligi), elektron pochta: study@siri.dk; telefon: (+45) 72 14 20 02.

Viza xarajatlari taxminan 282.81-300 yevroni tashkil etadi. Zarur hujjatlar haqida: BATAFSIL.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!