×

Turkiyada oliy taʼlim: universitetlar, toʻlov, viza, xarajat va stipendiyalar


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

74554 marta

CHOP ETILGAN

22.11.2018

Turkiyada oliy taʼlim tizimi

Turkiyada 150 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari mavjud boʻlib, ularning 104 tasi davlat va 62 tasi xususiy hisoblanadi. Bundan tashqari, 8 ta Oliy professional maktablar ham bor. Turkiya Bolonya jarayoniga aʼzo va taʼlim sifati yuqori, shuning uchun aksariyat turk oliygohlari diplomi butun jahonda tan olinadi. Shuningdek, turk universitetlarida turk va ingliz tillarida taʼlim olish mumkin.

Meslek Yuksek Okulları (Oliy professional maktab) 2 yillik taʼlim berishga ixtisoslashgan va AQSh kollejlariga oʻxshab ketadi. Oliy maktabni tamomlagan bitiruvchilar milliy testlarni topshirib, 4 yillik universitetlarga murojaat qilishlari mumkin. Maktab bitiruvchisiga bakalavr (Pre-Bachelorʻs Degree) darajasi beriladi.

Ozel/Vakif Universiteleri (xususiy va davlat universitetlari)da oʻqish bosqichlari va muddati quyidagicha:

  • Bakalavriat – 4 yil;
  • Magistratura – 2 yil;
  • Aspirantura – 3 yil (kunduzgi).

*Tibbiyot yoʻnalishlarida oʻqish muddati farq qiladi.

Qancha?

Turkiyaning davlat tasarrufidagi oliygohlarida turk tilida oʻqish chet ellik talabalar uchun 240-750 dollar; ingliz tilida tahsil olish esa 450-1500 AQSh dollari. Xususiy universitetlarda toʻlov yiliga 6000-20000 AQSh dollarini tashkil etadi. Shuningdek, hukumat chet elliklarni turk tiliga nisbatan ingliz tilida oʻqishi tarafdori.

Turkiyaning QS reytingi boʻyicha 2018-2019-yilning kuchli 1000 talik roʻyxatiga kirgan universitetlari quyidagilar:

*Turkiya universitetlari haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA va SHU YERDA.

Kerakli hujjatlarni tayyorlash

*Anqara universiteti misolida

1. Avvalo, kerakli mutaxassislik boʻyicha kadr tayyorlovchi oliygohni aniqlash: SHU YERDA va SHU YERDA;

2. Quyidagi sertifikat/maʼlumotnomalardan birini taqdim etish kerak:

  • A) AYÖS 2017 yoki AYÖS 2018 minimal 50 standart ball (Anqara universitetining chet ellik talabalar uchun imtihoni);
  • B) ABITUR 1-4 oraligʻidagi koʻrstakich;
  • C) xalqaro bakalavr diplomi va minimum 30 ball;
  • D) SAT I dan minimal 1100 ball va minimum 650 punkt;
  • E) ACT dan minimum 24 baho;
  • F) GCE va Cambridge International AL hamda AS. Minimal A daraja;
  • G) CSAT (akademik baholash)dan 75% kabilar;

3. Onlayn-ariza (Bosh harflar bilan toʻldiriladi, elektron manzildan tashqari);

4. Attesttat/diplom (turk tiliga rasmiy tarjima qilingan va tasdiqlangan);

5. Baholar varagʻi (ilovasi, turk tiliga rasmiy tarjima qilingan va tasdiqlangan);

6. Pasport nusxasi;

7. Blue Card Document Photocopy (agar boʻlsa).

8. Dedlayn: odatda iyun oyida;

Qabulga oid savollar boʻyicha aloqa:  http://ayostercih.ankara.edu.tr; telefon: 0 (312) 2141350/6140 – 6139 – 6138;

Yakuniy registratsiya (2018-yil uchun 3-7-sentyabda boʻlib oʻtgan)

  • Attestat/diplom asli va turk tiliga tarjima qilingan, tasdiqlangan nusxasi;
  • Maʼlumot Turkiyada qabul qilingan maʼlumotlarga qoʻyiladigan talablarga mosligi haqidagi Turkiya Taʼlim vazirligi yoki Taʼlim masalalari boʻyicha Oʻzbekistondagi Turkiya elchixonasi (konsultant: Ali Eyyüpkoca telefon: (+998 78) 113 03 41; elektron pochta: egt.mus@meb.gov.tr)dan xat;
  • AYÖS, ABITUR, International Baccalaureate, SAT I, ACT kabi imtihon sertifikatlarining asl nusxasi (faqat bitta sertifikat topshiriladi);
  • Pasport nusxasi (oʻqish uchun viza va vid na jitelstvo bilan birga);
  • 3,5×4,5 sm hajmdagi 6 ta biometrik fotosurat;
  • Oʻqish uchun bankdan maʼlumotnoma;
  • Nomzod bank hisob raqamida oʻqish, yashash va hokazo xarajatlarga yetarli pul mablagʻi mavjudigini tasdiqlashi kerak;
  • TÖMER (turk va chet tili imtihoni) diplomi yoki Yunus Emre institutining turk tili bilish darajasi haqidagi registratsion hujjat (TÖMER hozirgi vaqtda bir yoki ikki yilga toʻxtatilgan).

*Anqara universiteti qabul komissiyasi faoliyati va hujjatlar tarkibi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumot: SHU YERDA. Qabul kvotalari: SHU YERDA. Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar: SHU YERDA.

* Hujjatlarni tasdiqlash uchun yurtimizdagi Turkiya elchixonasi/konsulligiga murojaat qilish lozim.

Qaysi tilda?

Turkiya Respublikasida oliy taʼlim turk va ingliz tillarida olib boriladi. Turk tilida oʻqishga qiynaladigan talaba ingliz tili guruhini tanlagani maqsadga muvofiq. Turk tilini esa, universitetlardagi til markazlarida yoki darsda oʻrganish mumkin. Turk va ingliz tilida gaplashadigan talabalar uchun ikki tilda oʻqitiladigan guruhlar tashkil etilgan.

Qanday imtihon topshiriladi?

Kirish imtihonlari turli universitetlarda turlicha oʻtkaziladi. Masalan, Anqara universitetida yoʻnalishga qarab:

  • chet tili (80 daqiqa, 200 ball);
  • ijtimoiy fanlar (1 ta soha uchun 60 daqiqa, 100 ball, 2 ta fan uchun 130 daqiqa, 200 ball, masalan, tarix yoʻnalishiga geografiya va fuqarolikdan imtihon topshiriladi);
  • matematika I (60 daqiqa, 100 ball);
  • matematika II (60 daqiqa, 100 ball) va hokazo fanlardan ogʻzaki va yozma shaklda oʻtkaziladi.

Talabalarning mos keladigan fakultetga imtihon topshirishi konsultatsiya orqali amalga oshiriladi.

*Imtihonlar tarkibi va topshirilish shaklini tanlagan universitetingizdan aniqlashtiring.

Viza rasmiylashtirish

Oʻzbekiston fuqarosi qisqa muddatli viza va oʻquv vizasini rasmiylashtirish uchun Oʻzbekistondagi Turkiya elchixonasiga murojaat qiladi; manzil: Toshkent shahri, Yahyo Gʻulomov koʻchasi, 87-uy; telefon: (+99871)113-03-00; rasmiy sayt: http://tashkent.emb.mfa.gov.tr.

*Viza rasmiylashtirish haqida batafsil: SHU YERDA.

Stipendiya bormi?

Turkiya chet ellik talabalarga quyidagi stipendiya dasturlarini taqdim etadi:

*Stipendiyalar miqdori 2018 yil 20-noyabr holatiga berilgan, valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.

Yashash xarajatlari qancha?

Turkiyada oʻqiyotgan talaba turar joy, sugʻurta, oziq-ovqat, transport, internet, telefon, madaniyat, sport, kiyim, maʼmuriy xarajatlar uchun oyiga 500-600 AQSH dollari pul sarflaydi.

*Maʼlumotlar 2018 yil uchun taxminan berilgan hamda valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!