SUNRISE International Volunteer Organization alohida ehtiyojli bolalar hamda ogʻir hayotiy vaziyatdagi oilalar farzandlariga bepul mentorlik xizmatini taqdim qiluvchi xalqaro volontyorlik tashkilotidir. Loyiha Markaziy Osiyodagi alohida ehtiyojli farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalarning eng yirik assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi hamda yosh volontyorlarni ijtimoiy taʼsir yaratishga chorlaydi.
SUNRISE loyihasining birinchi mavsumi muvaffaqiyatli yakunlandi. Mavsum davomida 200 nafardan ortiq volontyor faoliyat olib bordi va ular 170 nafardan ortiq bolaga bepul mentorlik hamda taʼlim berishga muvaffaq bo‘ldi. Endilikda tashkilot ikkinchi mavsum uchun yangi volontyorlarni qabul qilishni boshladi.
Dastur haqida qisqacha
- Davlat: Oʻzbekiston
- Dastur shakli: Xalqaro (onlayn)
- Ishtirok etish: Toʻliq onlayn
- Yosh toifasi: 14 yosh va undan katta
SUNRISE volontyorlari bolalarga nafaqat fanlarni oʻrganishda, balki yangi ko‘nikmalarni rivojlantirish, ijodiy salohiyatini ochish va kelajakka ishonch bilan qadam tashlashida ham ko‘mak beradi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- 14 yosh va undan katta bo‘lish;
- rus tilini kamida B1-B2 darajasida bilish.
Qabul yoʻnalishlari
Mentorlik yoʻnalishlari:
- Maktab fanlari
- Rasm chizish
- Grafik dizayn
- Dasturlash
- Moliyaviy savodxonlik
- Chet tillari
- Musiqa
- Psixologik yordam (tegishli taʼlim va tajriba talab etiladi)
Asosiy jamoa:
- Coordinator
- Graphic Designer
- SMM Specialist
- Video Editor
- Content Ambassador
- Web Developer
SUNRISE ishtirokchilari quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
- xalqaro ijtimoiy loyihada ishtirok etish;
- yuzlab bolalar hayotiga ijobiy taʼsir ko‘rsatish;
- portfolio va rezyume uchun qimmatli xalqaro tajriba orttirish;
- rasmiy sertifikat va tavsiyanoma olish;
- xalqaro klublar, treninglar va bepul webinarlarda qatnashish;
- shaxsiy hamda professional ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- moslashuvchan onlayn ish jadvali asosida faoliyat yuritish.
Ariza topshirish
Arizalar 2026-yil 28-iyulgacha qabul qilinadi. Arizalar onlayn shaklda topshiriladi (arizani rus tilida toʻldirish kerak).
Mentor sifatida arizani BU YERDA topshirishingiz mumkin.
Asosiy jamoa aʼzosi boʻlishga nomzod sifatida arizani BU YERDA topshirish mumkin.
Bogʻlanish
Savollar va qoʻshimcha maʼlumot uchun Telegram orqali quyidagi akkauntga murojaat qilishingiz mumkin: @sunrise_mgr
Loyihaning Instagram sahifasi




