×

Swiss Education Groupdan Shveytsariyada ta’lim olish uchun 100% lik grant dasturi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3051 marta

CHOP ETILGAN

14.01.2022

Shveytsariyaning Swiss Education Group alyansi ajoyib imkoniyatni eʼlon qildi. SEG alyansi quyidagi 4 ta universitetni oʻz ichiga oladi:

  1. Swiss Hotel Management School.
  2. Hotel Institute Montreux.
  3. Cesar Ritz Colleges Switzerland.
  4. Culinary Arts Academy Switzerland

Ushbu alyans orqali dunyoning top universitetlaridan birida taʼlim olishingiz mumkin. Universitetni yakunlagach 2 ta xalqaro diplomga ega boʻlasiz. Oʻqish davomida esa Four Seasons, Louis Vuitton, Cartier, hamda FIFA kabi xalqaro kompaniyalarda haq toʻlanuvchi amaliyot qilishingiz mumkin.

Taʼlimning 80% amaliyotdan iborat. Bu jarayonda talabalar tajribali mehmonxona menejerlari, restoran egalari va tadbirkorlardan tajriba olishlari mumkin. Bu esa sizga kelajakda oʻz biznesingizni boshlashda qimmatbaho resurs boʻlib xizmat qiladi.

Bitiruvchilarning 98% Ritz-Carlton, Tesla, Four Seasons, Disneyland kabi xalqaro kompaniyalardan ish takliflarini olishlari mumkin.

Afzalliklar

Universitet quyidagi afzalliklarga ega:

  • 2 ta xalqaro diplom;
  • xalqaro kompaniyalarda amaliyot oʻtash imkoniyati;
  • oʻqish yakunlangach mehnat shartnomasi taklif qilinadi;
  • suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtganlarga 100% grant taklif etiladi. Grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
    – shartnoma toʻlovi 100% toʻlab beriladi;
    – yoʻl xarajatlari;
    – bepul yotoqxona (universitet kampuslarida);
    – tibbiy sugʻurta;
    – viza va kerakli hujjatlar.

Bundan tashqari, oʻqishga qabul qilingan har bir talabaga Apple kompaniyasining iPad qurilmasi sovgʻa qilinadi.

Talablar

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • 27 yoshdan katta boʻlmaslik kerak.
  • Ingliz tilini B2 darajada bilish kerak (til sertifikati talab etilmaydi).

Hujjat topshirishi jarayoni

Hujjat topshrish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Quyidagi telefon raqamlar yoki email orqali murojaat qilinadi:
+998 90 398 99 90
+998 90 092 27 78
srikhsiev@swisseducation.uz

2. Konsultant barcha jarayonlar haqida maʼlumot beradi.

3. Berilgan maʼlumotlarga asosan oʻzingizga mos universitet tanlash jarayoni amalga oshiriladi.

4. Universitet vakillari bilan Skype yoki Zoom orqali suhbat qilinadi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtganlar oʻqishga grant asosida taklif qilinadi.

Hujjatlar 2022-yil 5-fevralgacha (5-fevral ham kiradi) qabul qilinadi.

Qoʻshimcha maʼlumotlari swisseducation.uz saytidan olishingiz mumkin.

Reklama

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!