×

Talabalar uchun Toshkentda haq toʻlanadigan amaliyot; joy – 30 ta!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

6045 marta

CHOP ETILGAN

08.02.2021

American Councils Oʻzbekistonlik talabalar uchun “Young Professional Internships Program” amaliyot dasturini eʼlon qildi.

Ushbu dasturga biznes va STEM (science, technology, engineering, mathematics) yoʻnalishlarida tahsil oluvchi oʻzbekistonlik 30 nafar bakalavriat talabalari saralab olinadi va ular 2 oy davomida – 2021-yil, 1-iyuldan 31-avgustgacha Toshkentda amaliyot oʻtashadi.

Amaliyot dasturi ishtirokchilari safar va yashash xarajatlari uchun 250 AQSH dollari miqdorida stipendiya bilan taʼminlanadi.

Ishtirokchilar amaliyot davomida xalqaro biznes amaliyotlari haqida chuqurroq tushuncha va tajribaga ega boʻladi. Amaliyot davomida qatnashchilar kasbiy rivojlanish tadbirlarida ishtirok etadi, sanoatdagi yetakchilar bilan oʻzaro munosabatda boʻladi va oʻz tengdoshlari bilan tanishish imkoniga ega boʻladi. Shuningdek, dastur amaliyotchilarga Oʻzbekistondagi kichik biznes, konsalting, marketing, moliya, texnologiyalar va boshqa sohalardagi startaplarda ishlash orqali oʻz karyera yoʻllarini kashf qilish imkonini beradi. Dastur oxirida ishtirokchilarga dasturni tugatganlik haqida sertifikat beriladi.

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
– Hozirda Oʻzbekistondagi OTMda 3 yoki 4-bosqichda tahsil olayotgan boʻlishi yoki 2021-yilning may oyida universitetni tamomlashi kutilayotgan boʻlishi lozim.
– Biznes yoki STEM sohasida karyera qilishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan boʻlishi kerak.
– Bepul ingliz tilini bilish darajasi imtihonini topshirishi lozim.

Ishtirokchilar ochiq tanlov asosida saralab olinadi. Dasturda ishtirok etish uchun arizalar onlayn 2021-yil, 24-martga qadar qabul qilinadi. Arizani SHU YERDA topshirish mumkin. Onlayn platformada toʻldiriladigan ariza namunasini BU YERDAN yuklab oling (bu faqat namuna, bu hujjat toʻldirib topshirilmaydi; namunada dastur haqida maʼlumotlar va saytda ariza topshirayotganingizda nimalar chiqishi keltirilgan).

Nomzod arizada soʻralgan maʼlumotlarni kiritish bilan bir qatorda, quyidagi hujjatlarni ham yuklashi lozim:
– Tavsiyanoma.
– Baholar.
– Rezyume yoki CV.

Shuningdek, nomzod arizada ingliz tilida shaxsiy bayonot (Personal Statement) yozishi kerak. Shaxsiy bayonotda nimalar haqida yozilishi kerakligi ariza shaklida koʻrsatilgan.

Eslatma: Ariza topshirishdan hisob (Account) ochish kerak va unda elektron pochta ham soʻraladi. Elektron pochtangiz boʻlmasa, ochib oling.

Savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Email: mmuydinova@americancouncils.org
Telefon: (+998) 78 150 71 50

Manzil:
American Councils for International Education
12 Sh, Rustaveli Str., Yakkasaray dist.
Tashkent 100070
UZBEKISTAN

Grantlar.uz jamoasi mazkur dasturning oʻtgan yilgi gʻolibi bilan suhbat qilgan. Suhbatni BU YERDA oʻqing.

Dasturda ishtirok etish uchun ingliz tilini yetarli darajada bilish shart! Berilgan kontaktlarga savollar yuzasidan murojaat qilishdan oldin rasmiy saytda keltirilgan amaliyot haqidagi eʼlonni; shuningdek, saytda hisob ochib, berilgan barcha maʼlumotlarni diqqat bilan oʻqib chiqing!

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!