Qayerda: Toshkent, O’zbekiston
Kim uchun: Talabalar va yosh o’qituvchilar uchun
Ariza topshirish muhlati: 2019-yilning 15-fevraligacha
Asosiy ma’lumot: Toshkentda joylashgan International House Toshkent Akademik Litseyi «InterHouse Xalqaro Birlashgan Millatlar Tashkiloti Modeli (IIMUN)» konferensiyasiga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu konferensiya Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining bir guruh iqtidorli va yosh yetakchilarilari tomonidan uyushtirilgan. IIMUN – bu 3 kunlik xalqaro platforma bo’lib, tinchlik muhitida butun dunyo yoshlarini birlashtirish va yoshlarning bugungi global muammolar bo`yicha o’z fikrlarini taqdim etishiga, mazkur muammolarni hal qilish uchun yechimlar berish va ularni amalga oshirishga qaratilgan. Konfersiya 2019-yilning 1-3-mart kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.
Bilashgan Millatlar Tashkiloti Modeli – Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli qo’mitalari simulyatsiyasidan iborat konferentsiyasi bo’lib, unda ishtirokchilar turli davlatlarning diplomatik formatdagi haqiqiy delegati sifatida ishtirok etib, bahs va munozaralar olib boradilar.
Ushbu yirik-tadbirda jami 6ta qo’mita simulyatsiya qilinadi:
- BMT Bosh Assambleyasi (ingliz tilida)
- BMT Xavfsizlik Kengashi (ingliz tilida)
- BMT Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (rus tilida)
- BMTning Inson huquqlari bo’yicha Kengashi (ingliz tilida)
- BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (ingliz tilida)
- BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Kengashi (ingliz tilida)
Iqtisodiy ta’minot: Konferensiyada qatnashish pullik bo’lib, 3 kunlik konferensiya uchun to’lov mahalliy (o’zbekistonlik) ishtirokchilar uchun 90 ming so’mni, xalqaro (xorijiy) ishtirokchilar uchun esa 25 AQSh dollarini o’z ichiga oladi.
Ushbu to’lov quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- Konferensiyada qatnashish huquqi
- Maxsus madaniy va ma’rifiy tadbirlar
- Tushlik va coffee-break’lar
- Delegatning to’liq to’plami (ruchka, yondaftar, paket, plakard, sumka)
- Sumalak bayrami
- Diplomatik va global qishloq Kechasi
- Sertifikatlar va boshqa sovg’alar
- 2200 yillik tarixga ega Toshkent shahri bo`ylab sayohat (xalqaro ishtirokchilar uchun)
Nomzodga qo’yilgan talablar: Nomzod konferensiyada qatnasha olishi uchun quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:
- Konferensiyada 18-30 yosh orasidagi talabalar va yosh o’qituvchilar qatnashishi mumkin (davlatlar bo’yicha cheklov yo’q, istalgan davlat fuqarosi qatnasha oladi).
- Nomzod ingliz yoki rus tilida qiyinchiliksiz, sof muloqot qila olishi kerak.
- Nomzod Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqida ma’lumotga hamda qiziqishga ega bo’lish kerak.
- Nomzod iqtisodiyot, siyosat yoki turizmga qiziqishi kerak.
- Nomzod konferensiya mobaynida Toshkent shahrida bo’lishi kerak.
Ariza topshirish jarayoni: Konferensiyada qatnashish uchun arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Arizada shaxsiy savollarga javob berish bilan birgalikda, quyidagi savollarga ha javob yozilishi kerak:
- Why do you want to attend this conference?
- What is your expectation from IIMUN 2019 conference?
Ariza ingliz yoki rus tilida to’ldirilishi lozim. Rus tilida ishtirok etmoqchi bo’lgan nomzodlar arizadagi barcha savollarga ruscha javob beradi (ariza savollari ingliz tilida bo’lsa ham).
Nomzodlar ariza orqali saralab olinadi va saralangan nomzodlarga e-mail orqali xabar qilinadi. Ishtirok uchun to’lov saralash bosqichi o’tgandan keyin qilinadi.
Ariza topshirish uchun SHU YERGA kiring.
Qo’shimcha ma’lumot uchun +99894-695-91-35 raqmiga qo’ng’iroq qilishingiz yoki shu raqamda mavjud Whatsapp yoki Telegram akkauntga yozishingiz mumkin.