×

Talabalarga stipendiyali va stipendiyasiz toʻlov-kontrakt miqdorlarini toʻlash imkoni yaratildi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

12336 marta

CHOP ETILGAN

05.09.2019

Bakalavriat, magistratura va ikkinchi mutaxaxassislik boʻyicha kunduzgi taʼlim shaklida toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar uchun kontrakt miqdorini stipendiyali yoki stipendiyasiz holda toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin.

USHBU JADVALDA kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya toʻlovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.

Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga toʻlanishi belgilanayotgan 400 000 soʻm stipendiyadan (bundan buyon kontrakt asosida tahsil oluvchi barcha barcha talabalar, baholaridan qatʼiy nazar, oyiga 400 ming soʻm stipediya oladi), bir yilda jami 4 800 000 soʻmni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.

Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika taʼlim yoʻnalishi boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, quyidagi tartibda toʻlovlarni amalga oshirishi mumkin:

✅ Stipendiya bilan – 10 792 960 soʻm (Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).

✅ Stipendiyasiz – 5 992 960 soʻm (10 792 960 soʻm – 4 800 000 soʻm)

Izoh: 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik toʻlanadigan stipendiya miqdori 400 000 soʻm etib belgilanadi.

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 2019-yil 1-avgustdan boshlab – 634 880 soʻm etib belgilangan. (Asos: Oʻzbekistoni Respublikasi Prezidentning 2019-yil 12-iyuldagi PF-5765 – son Farmoni).

Manba: Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi kanali.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!