×

Taʼlim olish uchun Ukrainani tanladim – oʻzbek talaba hikoyasi


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

1969 marta

CHOP ETILGAN

30.01.2021

Mening ismim Mirkomil. Men Oʻzbekistonlikman. Men 2019-yili oʻqish uchun Ukraina davlatiga keldim. Bu qarorni qabul qilish menga biroz qiyin boʻldi. Ammo menga bu borada “INGEK” biznes markazi xodimlari yordam berishdi. Ularga men oʻz minnatdorchiligimni bildiraman!

“INGEK” biznes markazi 16 yildan beri taʼlim sohasida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Markaz chet ellik abituriyentlarga Ukrainada oliy maʼlumot olishda yordam beradi.

Yetib kelishda hech qanday muammolar boʻlmasligiga ishonaman, chunki biz samolyotdan tushganimizdan bizni firma xodimlari kutib olishdi va vaqtinchalik yotoqxonalarga joylashtirishdi. Shundan soʻng hujjatlarni firmaga topshirdim va boshqa ortiqcha muammolarga duch kelmadim.

Va nihoyat oʻzim tanlagan V.N.Karazin nomidagi Xarkov Milliy Universitetining Yuridik fakultetida oʻqishni boshladim. Yana shuni qoʻshimcha qilishim mumkinki, siz oʻz oʻquv tilingizni oʻzingiz tanlashingiz mumkin!

Men hozirda universitet yotoqxonalaridan birida yashayman. Yotoqxonada hamma sharoitlar bor. Masalan, shugʻullanish uchun sport zali ham mavjud.

Men yashayotgan Xarkov shahri juda goʻzal va menga bu yer yoqadi! Insonlari samimiy va tinchliksevar. Men madaniyatiga tez moslashib ketdim!

Xarkov – bu talabalar shahridir! Xarkovda deyarli barcha transport turlari mavjud, shuning uchun siz manzilingizga oson yetib olishingiz mumkin. Bu yerda xorijliklar juda koʻp. Masalan, vatandosh doʻstlarimdan tashqari, boshqa davlatlardan (Turkiya, Marokash va Afrikadan) doʻstlarim bor.

Ukraina Yevropadagi taʼlim tizimiga ega mehmondoʻst va chiroyli mamlakat. Bugungi kunda Ukraina universitetlarida dunyoning 152 mamlakatidan kelgan 63 mingdan ortiq chet ellik talaba tahsil olmoqda. Har yili ularning soni oʻsib bormoqda.

Bu yerda kamchilik sifatida hech nimani koʻrsata olmayman , chunki men ikki yil mobaynida hech qanday kamchilik uchratmadim!  Bu yerda birdan bir kamchilik oila aʼzolaringiz va yaqinlaringiz boʻlmasligi mumkin! 🙂

Eng yaxshi sarmoya – bilimga tikilgan sarmoyadir! Sizning bugungi qaroringiz  bu – kelajagingiz!  Siz qaror qabul qilishda ikkilansangiz, bu borada men kelgan firma, yaʼni “INGEK” xodimlari hamisha yordamga tayyor!

Eʼtiboringiz uchun rahmat! Baland parvozlar tilayman!

Ukrainada oʻqish toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olishni istasangiz, “INGEK” biznes markazi bilan sizga qulay boʻlgan har qanday usulda biz bilan bogʻlanishingiz mumkin. Oʻzingizga qulay tilda – oʻzbek, rus yoki ingliz tilida murojaat qilishingiz mumkin:

WhatsApp: +38 (097) 575-00-21
Telegram: @Bc_ingek_uz

“INGEK” biznes markazi ijtimoiy tarmoqlarda:

Instagram
Facebook
YouTube
Veb-sayt

Reklama

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!