×

Ta’limda innovatsiya: Klaster – xalqaro forumi 2018


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3835 marta

CHOP ETILGAN

11.07.2018

O’zbekiston Ingliz Tili O’qituvchilari Uyushmasi(UzTEA) tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan loyihada ishtirok etish uchun ariza qabul qilish boshlandi. Ta’limda Innovatsiya: Klaster Xalqaro Forumi 2018-yilning 3-4 avgust kunlari Toshkent shahrida o’tkazilib, o’zida 150 dan ortiq qatnashchini qamrab olishi rejalashtirilgan. Loyiha maqsadi O`zbekistonda ish beruvchi, kadr tayyorlovchi, ta’lim muassasasi vakillari va ishchi kadrlar o`rtasida har tomonlama muloqotni ta’minlash. Unda 10 ekspertlar, 20 mutaxasislar, 40 dan ortiq ish beruvchilar va 20 dan ortiq xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etadi.

Kimlar qatnasha oladi? O’qituvchi, talaba va  biznesmenlar(ishchi kuchi kerak bo’lgan har qanday sohadagi)

 Forumning manfaatli jihatlari:

  1. Ta’lim tizimida bo’ladigan o`zgarishlarga o`z fikr-mulohazalaringizni berish imkoniyati
  2. Yangi muaxasis va ekspertlar bilan tanishish imkoniyati
  3. Yangi ish o`rniga ega bo’lish
  4. Butun dunyo tan olgan ta’lim innovatsiyalari haqida ma’lumot olish
  5. O`z loyihangiz bilan qatnashish imkoniyati
  6. Sertifikat va esdalik sovg`alar

Talablar:

Qatnashish istagidagi nomzodlar arizani online shaklda to’ldirishlari va unda quyidagilar orasidan o’zlari qiziqqan ikkita mavzuni tanlashlari kerak:

  • NNTlarning jamiyatning doimiy rivojlanishdagi o`rni.
  • Ta’lim tizimini qanday qilib qayta kashf qilish kerak?
  • Ishchi kuchini qanday qilib kvalifikatsiyasini oshirish kerak?
  • Milliy kvalifikatsion ramka? Bu o`zi nima va nima uchun kerak?
  • Ta’lim va ishlab chiqarish bilan bog`liqligi.
  • Ish beruvchilar nega ta’limga ishonmaydi?
  • Ta’lim standarti klasifikatsiyisi tasniflagichi (National Qualification Framework).
  • Ta’limda sifat kafolati.

Eslatmalar: Ishtirokchilar forumda qatnashishlarini tasdiqlovchi xatni olgach 28- iyuldan kechiktirmagan holda to’lovni bank yoki «PayMe» orqali UzTEA hisob raqamiga o’tkazishlari kerak. Bunda to’lov narxi quyidagicha:

O’qituvchilar- 10$
Talabalar- 5 $
Biznesmenlar- 50 $

O’z loyihasi bilan qatnashmoqchi bo’lganlar Innovationforum2018@gmail.com  ga oldindan murojaat qilishi yoki forum davomida namoyish etishi mumkin.

Arizalar ushbu link orqali to’ldiriladi:  https://goo.gl/forms/mQxmxDvpKzrwSKdR2.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!