×

Tayvan: «Uch daqiqa» video konkursi; bosh sovrin – 10 000 AQSh dollar!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2426 marta

CHOP ETILGAN

29.04.2020

Qayerda: Tayvan

Kim uchun: Barcha xohlovchilar uchun

Ariza topshirish muddati: 2020-yil 8-may

Asosiy ma’lumot: shu yerda.

Tayvanning Chiayi Municipal Government Cultural Bureau hamda Chiayi Municipal Art Museum tomonidan tashkillashtirilgan Three Minutes Video Competition 2020 xalqaro tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu tanlov ishtirok etishni istagan barcha xohlovchilar uchun mo’ljallangan. Tanlovda yakka holda yoki guruh bo‘lib ham qatnashish mumkin. Shuningdek, tanlovga istalgan mavzudagi videoroliklar qabul qilinadi.

Manfaatli jihatlari: 

Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

  • Golden Award: 10 000 USD
  • Silver Award: 8 000 USD
  • Best Creative Award: 6 000 USD
  • Best Editing Award: 4 000 USD
  • Best Art Design Award: 4 000 USD
  • Best Sound Effect Award: 4 000 USD
  • Best Photography Award: 4 000 USD
  • Best Popularity Award: 4 000 USD
  • Special Jury Award: 3 000 USD; (2 nafar g’olib uchun).

Tanlov shartlari:

  1. Tanlovda ishtirok etishni istagan hamma qatnasha oladi.
  2. Tanlovga yakka holda yoki guruh bo’lib ishtirok etish mumkin.
  3. Tanlovga istalgan mavzudagi videolarni topshirish mumkin, ammo video odob-axloq qoidalaridan chetga chiqmagan ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.
  4. Animatsion roliklar bir daqiqadan oshmasligi kerak.
  5. Ishtirokchi 3 ta fotoreklama yoki o’z ijodidan namunalar topshira oladi.
  6. Topshririlayotgan ish haqida 250ta so’z xitoy tilida yoki 100 ta so’z ingliz tilida izoh yozilishi kerak.
  7. Ishtirokchi o’zi haqida ham 200ta so’z xitoy tilida yoki 50ta so’z ingliz tilida taqdimot qiladi.
  8. Video hammasi bo’lib kamida 3 daqiqa, ko`pi bilan 4 daqiqadan oshmasligi kerak.
  9. Videoning asl nusxasi xitoy yoki ingliz tilidagi subtitrlar bilan beriladi.
  10. Video formati MOV yoki MP4, kod: H.264, o’lchamlari 1920×1080 bo’lishi kerak.

Ishtirok etish haqidagi barcha talablar: shu yerda.

Hujjat topshirish jarayoni

Anketa va videolarni shu yerdan jo’natish mumkin. Dedlayn – 2020-yil 8-may.

Savollar yuzasidan: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!