×

Tibbiyot bo’yicha Nobel mukofoti laureatlarining 68-majlisi bo’lib o’tadi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1681 marta

CHOP ETILGAN

18.09.2017

Germaniyaning Lindau shahrida bo’lib o’tadigan Fiziologiya yoki tibbiyot bo’yicha Nobel mukofoti laureatlarining 68-majlisiga O’zbekistondan shu sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan 20 ta nomzod taklif etiladi.

Islom hamkorlik tashkilotining Ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo’yicha doimiy qo’mitasi (COMSTECH) Bosh direktorining O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga yo’llagan xatiga ko’ra, 2018 yilning 24–29 iyun kunlari Germaniyaning Lindau shahrida bo’lib o’tadigan Fiziologiya yoki tibbiyot bo’yicha Nobel mukofoti laureatlarining 68-majlisiga O’zbekistondan shu sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan 20 ta yosh tadqiqotchilar taklif etiladi.

Ishtirokchilarning mehmonxona, ovqatlanish, ro’yxatga olish to’lovlari, shuningdek, xalqaro aviachipta xarajatlari Ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo’yicha doimiy qo’mita (COMSTECH) va tashkiliy qo’mita tomonidan qoplanadi.

Shu munosabat bilan, mazkur tadbirda ishtirok etishni istagan tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan yosh tadqiqotchilar joriy yilning 1 oktabrigacha O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga hujjatlarini taqdim etishlari mumkin.

Fiziologiya yoki tibbiyot bo’yicha Nobel mukofoti laureatlarining 68-majlisida ishtirok etish bo’yicha qo’yilgan talablar ilova qilinadi.

Qo’shimcha ma’lumotlarni www.lindau-nobel.org saytidan olishingiz mumkin.

Manba: SHU YERDA

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!