×

Chet ellik o’qituvchi va o’quvchilar bilan o’qish imkoniyati: Toshkent Xalqaro Maktabi grant dasturi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

5596 marta

CHOP ETILGAN

13.03.2019

Toshkentda joylashgan Tashkent International School  (TIS) 150 dan ortiq davlatlar tomonidan tan olinadigan xalqaro maktab hisoblanadi. Maktab 12 yillik bo’lib, unda Germaniya va Koreya kabi 40dan ortiq davlatlardan kelgan o’quvchilar bilan bir qatorda o’zbekistonlik bolalar ham o’qishadi. Barcha darslar ingliz tilida malakali mutaxassislar tomonidan o’qitiladi. TIS’ni tamomlagan o’quvchilar bakalavr bosqichiga o’qishga qabul qilinish uchun xalqaro shahodatnomaga ega bo’lishadi. Bunday imkoniyatlarga ega xalqaro maktab O’zbekistonda faqat bitta.

 Toshkent Xalqaro maktabi O’zbekistonda yashayotgan chet el fuqarolari farzandlarini o’qitish uchun paydo bo’lgan talab tufayli 1994-yilda tashkil etilgan. Hozir maktabda 500 atrofida o’quvchi tahsil oladi. Ulardan 60ga yaqini AQSh fuqarolari, 100 ga yaqini O’zbekiston fuqarolari va 350 ga yaqini boshqa davlatlar fuqarolari hisoblanadi. O’qituvchilardan esa 30 nafari AQShlik, yana taxminan shunchasi dunyoning boshqa 14 nafar davlatidan kelgan. Maktabda ma’muriy ishlar va boshqa vazifalarda ham hodimlar bor. Toshkent Xalqaro maktabida ta’lim dasturi dunyodagi eng ko’p tan olingan dasturlardan biri hisoblanadi. Maktabda darslar ingliz tilida bo’ladi, lekin o’zbek, rus, ingliz, koreys va fransuz tillari ham fan sifatida o’tiladi.

Maktab hududida o’quvchilar uchun sport majmuasi, labaratoriyalar, kompyuter xonalari, istirohat bog’idek loyihalashtirilgan hovli va boshqa qulayliklar mavjud, hudud doimiy qo’riqlash va nazorat ostida turadi.

TIS bitiruvchilari hozir ko’plab rivojlangan davlatlar OTMlari bilan bir qatorda Shimoliy Amerikadagi Kolumbiya va Pennisilvaniya Universitetlari kabi nufuzli universitetlarda o’qishmoqda. Maktab haqida batafsil ma’lumot

Toshkent Xalqaro maktabida o’qish pulli, ya’ni maktabga qabul uchun qattiq saralash jarayonidan tashqari kontrakt to’lovi ham mavjud. O’qish to’lovini bilish uchun financeofficer@tisltd.us elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Maktabda tahsil olish istagi o’zbekistonlik talabalar uchun grant dasturi ham mavjud bo’lib, u faqat 10-sinfga qabul uchun beriladi (maktab 12 yillik) va o’quvchi maktabni bitirguncha bepul ta’lim oladi. Bu grantni yutib olgan o’quvchi kontrakt to’lovidan to’liq ozod qilinadi. Grant faqatgina moddiy imkoniyatlari cheklangan oila farzandlariga beriladi. 2019-2020 o’quv yili uchun 3 tagacha 100%lik grant ajratilgan.

Nomzodga qo’yilgan talablar qanday?

TIS 10-sinfga qabul grantini yutib olish uchun nomzod kamida quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  1. Nomzod O’zbekistondagi mahalliy umumiy o’rta ta’lim maktablaridan biri o’quvchisi bo’lishi zarur.
  2. Nomzod 2002 1-iyun va 2004-yil 31- avgust oralig’ida tug’ilgan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod moddiy yordamsiz TIS kontrakt to’lovini to’lash imkoni yo’q bo’lishi kerak.
  4. Nomzod o’qigan maktabidagi barcha fanlardan 5 dan kamida 4 baho olgan bo’lishi kerak.
  5. Nomzod matematika va ingliz tilini yaxshi bilish bilan bir qatorda yuqori darajadagi yozma, o’qish va tahlil qilish imkoniyatlariga ega bo’lishi zarur.
  6. Nomzod TIS’da 10-11-12-sinflarni o’qib, shu maktabda o’qishni tamomlashga tayyor bo’lishi kerak.
  7. Nomzod maktabga qabul uchun bo’ladigan barcha imtihonlardan o’tish kerak.

Ariza qanday beriladi?

TIS grantiga arizalar 2019-yil 25-mart soat 16:00 gacha qabul qilinadi. Hujjat topshirish uchun ariza va kerakli hujjatlarni TIS’ga borib Isabella Ter-Aganovaga topshirish kerak.

Maktab manzili:

38 Sarakulskaya Street, Tashkent, Uzbekistan
office@tashschool.org
+998 71 291 9670

Agar nomzod hujjatlarni o’zi olib kelolmasa ularni officemanager@tashschool.org elektron manziliga yuborish ham mumkin, bunda maktabga qo’ng’iroq qilib bu haqida xabar berib qo’yish kifoya.

Saralash jarayoni qanday?

Dastur uchun ilk saralash 30-mart kuni imtihon ko’rinishida bo’ladi. Imtihondan o’tganlar 5-aprel kuni keyingi imtihonni topshirishadi. Bu imtihondan ham mucaffaqqiyatli o’tganlar May oyining boshlarida suhbatga chaqiriladi. Suhbatdan ham o’tgan nomzodlarga grant belgilanadi.

Eslatma: TIS grantiga ariza bergan o’quvchi grant yutolmagan taqdirda ham shu o’quv yili uchun kontrakt asosida o’qishga kira olmaydi. Ya’ni 2019-2020 o’quv yili uchun grant yutolmagan o’quvchining 2019-2020 o’quv yilida kontrakt asosida o’qish uchun arizasi ham ko’rib chiqilmaydi.

Yo’riqnoma

TIS vebsayti

Grant e’loni

Ma’lumot uchun:

office@tashschool.org
+998 71 291 9670

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!