×

Insho yozing va xorijda to’liq grant asosida o’qish imkoniyatini yutib oling!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3429 marta

CHOP ETILGAN

20.12.2018

Qayerda: O’zbekiston

Kim uchun: Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi bo’lgan xotin-qizlar uchun

Insholarni topshirish muhlati: 2018-yilning 25-dekabrigacha

Umumiy ma’lumot: O’zbekistonning Namangan shahrida joylashgan The King Education Consulting mas’uliyati cheklangan jamiyat xorijda tahsil olishni xohlovchi o’zbekistonlik xotin-qizlar uchun “Mening fikrim – mening maqsadim” deb nomlangan yutuqli insholar tanlovini e’lon qildi. Ushbu tanlov o’z mustaqil fikriga ega va jamiyatda ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirishga ishtiyoqi bor xotin qizlarni oliy ta’lim olishda moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab quvvatlash hisoblanadi.

G’oliblarning soni oldindan belgilanmagan. Har bir muallifning qobiliyatidan kelib chiqib, g’oliblar bir nechta bo’lishi mumkin.

Iqtisodiy ta’minot: Tanlovda g’olib deb topilgan mualliflar maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi va sertifikat quyidagi imtiyozlarni kafolatlaydi:

  • G’oliblarga Xitoy universitetlarida bakalavr bosqichida o’qish imkoni beriladi va kontrakt summasi 100% to’lab beriladi. G’olib, tanloviga qarab, ingliz yoki xitoy tilida tahsil olishi mumkin. Agar g’olib hech qaysi tilni bilmasa, avval bir yillik til kursida o’qiydi va keyin bakalavrda tahsil oladi. Bunda 1 yillik til kursining ham, bakalavriatning ham o’qish puli qoplab beriladi.
  • G’oliblarning viza xarajatlari va Xitoyga yetib borish xarajatlari to’lab beriladi.
  • G’oliblar Xitoyda o’qish davomida bepul turar joy bilan ta’minlanadi.
  • Xitoyda yashash uchun oylik 300 AQSh dollari miqdorida stipendiya beriladi.
  • Shuningdek, g’oliblar The King Education Consulting MChJ tomonidan esdalik sovg’alari va diplom bilan ham taqdirlanadi.

Eslatma: G’oliblar faqat Xitoyda bakalavr bosqichida o’qish imkoniyatini qo’lga kirita oladilar. Xitoydan boshqa davlatda yoki bakalavrdan keyin bosqichlarda o’qish imkoni nazarda tutilmaydi. Shuningdek, yuqoridagi imtiyozlarni taqdim etuvchi sertifikat g’olib deb topilgan insho muallifidan boshqa shaxsga amal qilmaydi va sertifikat hech qanday pul qiymatiga tenglashtirilmaydi.

Nomzodga qo’yilgan talablar: Nozmod quyidagi talablarga mos bo’lishi kerak:

  • Tanlovda faqat 17-24 yosh orasidagi xotin-qizlar qatnasha oladi.
  • Nomzodlar O’zbekiston fuqarosi, yoki quyidagi davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak: Qozog’iston. Tojikiston, Turkmaniston, Qirg’iziston.
  • Insholar o’zbek tilida yozilishi lozim. Boshqa tillarda yozilgan insholar ko’rib chiqilmaydi.
  • Insho qo’lda ham, kompyuterda ham yozilishi mumkin. Lekin kompyuterda word formatda yozish tavsiya etiladi. Qo’lda yozilgan insholar skaner qilingan holda onlayn yuborlishi kerak bo’ladi.

Hujjat topshirish jarayoni: Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich. Ushbu bosqicha 2018-yilning 25-dekabrigacha davom etadi. Bunda nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuborishi lozim:

  • “Mening fikrim – mening maqsadim” mavzusi ostida yozilgan insho. Bunda muallif inshoni istalgan holat, muammo, vaziyat va shunga o’xshash biror narsa haqida, o’z mustaqil fikriga asoslangan holda yozishi kerak. Shuningdek, insho boshida muallifning ismi, familiyasi, otasining ismi, bog’lanish uchun telefon raqami va yashash manzili ko’rsatilishi kerak.
  • 3×4 o’lchamdagi fotosurat.

Ushbu hujjatlar telegram orqali @TKEC_Admin akkauntiga yuborilishi kerak.

2-bosqich. Bu bosqichda insholar orasidan eng yaxshilari saralab olinadi va ularning mualliflari The King Education ofisiga suhbatga chaqiriladi. Insho bosqichidan o’tgan nomzodlarga 29-dekabrda nomzodlar tomonidan insho bilan birga taqdim etilgan telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib, xabar qilinadi. Shuningdek, The King Education Consulting MChJ ning rasmiy telegram kanalida ham insho bosqichi g’oliblari e’lon qilinadi.

Insho bosqichi g’oliblari bilan suhbatlar 2019-yilning 2- va 3-yanvar kunlari bo’lib o’tadi. Suhbatga nomzod pasporti bilan kelishi lozim. Suhbatdan ham muvaffaqiyatli o’tganlar g’olib deb topiladi. Mutlaq g’oliblar 2019-yilning 4-yanvarida The King Education Consulting MChJ ning rasmiy telegram kanalida hamda bevosita telefon orqali e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumotlarni +99897 592 78 88 raqamiga qo’ng’iroq qilish yoki telegram orqali @TKEC_Admin akkauntiga murojaat qilish orqali olishingiz mumkin.

The King Education Consulting MChJ manzili: Namangan shahri, To’raqo’rg’on ko’chasi, 141-uy, Makro supermarket 2-qavat.

Tanlov yangiliklari bilan The King Education Consulting MChJ ning rasmiy telegram kanalida muntazam tanishib borishingiz mumkin.

Tanlovning tashkillashtirilishi, o’tkazilishi, mukofotlarning ta’minlanishi va boshqa barcha tashkiliy masalalarga The King Education Consulting MChJ mas’ul.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!