×

TOEFL testi tashkilotchilaridan bepul tayyorlov kursi!


Blog

BO'LIM

Kurslar

O'QILGAN

3382 marta

CHOP ETILGAN

08.06.2020

Qayerda?

Onlayn

Kim uchun?

TOEFL testiga tayyorlanayotganlar uchun

Asosiy ma’lumot

TOEFL testi ETS nomli tashkilot tomonidan qabul qilinadi va baholanadi. TOEFL testining rasmiy provayderi sifatida ETS tomonidan taqdim etilgan tayyorlov materiallari va amaliyot uchun mo’ljallangan mashqlar shuning uchun rasmiy materiallar hisoblanadi. ETS mutaxassislari EdX onlayn ta’lim saytida TOEFL kursi ham tashkil etgan va bu kursda bepul o’qish uchun hozir ro’yxatdan o’tish mumkin. 6 haftalik onlayn TOEFL kursi materiallari haftasiga o’rtacha 2-6 soat o’qish uchun mo’ljallangan.

Ushbu kurs darslari video, testda tushadigan savollarga izohlar, qisqa testlar va forumlardan foydalangan holda interaktiv usulda o’tiladi. Ilgari TOEFL testlarida tushgan haqiqiy test materiallari bilan tanishib chiqish va speaking hamda writing’dan namuna uchun test topshirib, ballarini ko’rishlari mumkin bo’ladi. Kurs davomida davomida testga tayyorlanish uchun bepul manbalar va pulli manbalarga chegirmalar ham taqdim etiladi.

Tayyorlov kursi onlayn tarzda bo’ladi va undagi darslarni o’zingizga qulay vaqtda kuzatishingiz mumkin. Hujjat topshirish uchun ham oxirgi muddat belgilanmagan. EdX o’zi nima?

Grantning manfaatli jihatlari

TOEFL imtihoni tashkilotchilari tomonidan tashkil etilgan bu kursda o’qish bepul. 49 AQSh dollari to’lov qilgan holda kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlik haqida sertifikat olish imkoniyati ham mavjud.

Nomzodga talablar

Kursda ishtirok etish uchun maxsus talablar yo’q. Ammo barcha ma’lumotlar ingliz tilida beriladi, shuning uchun nomzod darslarni tushunish uchun ingliz tilini bilishi kerak.

Hujjat topshirish jarayoni

  1. Bu yerda EdX saytida ro’yxatdan o’ting.
  2. Bu yerda kursga yoziling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!