×

Toshkent: Chilonzor tumanida o’quvchi qizlar sammiti!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

3863 marta

CHOP ETILGAN

20.06.2018

Qayerda: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 280-maktab. Oriyenter – Algoritm, Guliston massivi.

Kim uchun: 9- va 10-chi sinfda o’qiyatgan qizlar uchun.

Ariza topshirish muhlati: 2018-yilning 26-iyuni soat ertalabgi 9:00gacha

Girls Development Summit of Chilanzar District –  Toshkent shahar Chilonzor tumanida birinchi marta tashkillashtirilayotgan o’quvchi qizlar sammiti hisoblanadi. Summit to’qqizinchi va o’ninchi sinf qizlari uchun mo’ljallangan bo’lib, seminar va master-klasslardan iborat shaklda o’tkaziladi. Sammit ingliz tili, rus va o’zbek tillarida bo’lib o’tadi. Sammit joriy yilning 28-iyunida boshlanadi va 1 hafta muddatda davom etadi.

Mazkur sammit turli yo‘nalishlardagi, yurt ravnaqi uchun harakatlanib kelayotgan qizlarni birlashtiradi. Loyiha yangi iste’dodlarni, ilmli va zukko qizlarni kashf etishga, O‘zbekiston qizlarini dunyo minbariga olib chiqishga qaratilgan

Tadbir faqatgina yosh avlodning ko’nikmalarini oshirishga qaratilmagan. Tub maqsadimiz – qizlarni porloq kelajak yaratish, mehnatlari orqali o’z mehnat/tadbirkorlik/tashabbuskorlik faoliyatiga asos solish va uni muvaffaqiyatli olib borish uchun muvaffaqiyatga erishlar yosh qizlar faoliyatidan hayotiy misollar keltirish orqali ruhlantirishdan iborat.

Shuningdek, qizlarni quyidagi yo’nalishlarga qiziqishini hamda shu sohalarda faolligini oshirishni ham Sammit maqsadlaridan biri hisoblanadi:

  • Biznes;
  • Menejment;
  • Jurnalistika;
  • STEM

Summit tashabbuskori va tashilotchisi – Gavhar Sagdullayeva, Prezident jamoasining birinchi qiz a’zosi.

Chilonzor tumanining tashabbuskori – Ixtiyorova Vazira, “Zulfiya” davlat mukofoti Respublika bosqichi  qatnashchisi va kandidati.

Sammitda quyidagi qizlar mentorlik qiladilar:

Dilnozaxon Shamsutdinova – «Sugar Plum Couture» assoschisi.

Gulchehra Yunusova – «GiGu» atelyesining asoschisi.

Yulduz Usmonova – «Miss Yurist» g’olibasi.

Dildoraxon Qahromonova – Toshkentdagi Singapur menejment rivojlanish institutining talabasi.

Sammitning manfaatli jihatlari:

  • har bir qatnashuvchi o’z yo’nalishi bo’yicha malakali mutaxassislardan master klass va seminar tinglashga muyassar bo’ladi;
  • har bir qatnashuvchi sammitni muvafaqiyatli tamomlagani uchun sertifikat bilan taqdirlanadi;
  • o’z tumanidagi tengqurlari bilan fikr almashish huquqiga ega bo’ladi;
  • ingliz tilini takrorlash va so’z boyligi oshirish imkoniga ega bo’ladi.

Sammitda ishtirok etish uchun onlayn ariza to’ldirilishi lozim. Arizani SHU YERDA to’ldiring. Sammitda ishtirok etish uchun qabul qilinganlarga email yoki telefon orqali xabar qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun +998909879046 raqamiga qo’ng’iroq qiling.

Telegram kanal: @GDSChilanzar

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!