×

Toshkent shahridagi Amiti Universitetida yangi 2020/2021 oʻquv yili uchun arizalarni qabul qilish davom etmoqda


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

32141 marta

CHOP ETILGAN

22.05.2020

Toshkent shahridagi Amiti Universiteti – bir necha yoʻnalishlarda bakalavr va magistratura dasturlarini taklif etadi.

Universitet Toshkent shahrida 2019-yilda tashkil etilgan boʻlib, u “Amity Education Group“ dunyoga mashhur oʻquv guruhi tarkibiga kiradi. Shuningdek dunyoning yetakchi davlatlari: AQSH, Buyuk Britaniya, BAA, Niderlandiya, Singapur, Xitoy, Janubiy Afrika, Xindiston va boshqa mamlakatlarda kampuslarga ega boʻlib, ularda 150 000 dan ortiq talabalar tahsil oladi.

Amity Education Group – universitetlari xalqaro QS va THE reytinglariga koʻra, dunyodagi eng yaxshi universitetlarining 3 foizi safiga kiradi. Shuningdek, Amiti Universiteti AQSH hamda Buyuk Britaniyada mintaqaviy AKKREDITATSIYAdan oʻtgan Osiyodagi yagona oliy oʻquv yurtidir.

Universitetda axborot texnologiyalari, kompyuter muhandisligi, iqtisodiyot, turizm menejmenti va biznes boshqaruvi sohasidagi xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlanadi.

Universitetning boshqa oliy taʼlim muassasalaridan afzalliklari sifatida dunyodagi yetakchi universitetlar bilan ilmiy tadqiqotlar boʻyicha hamkorlik, zamonaviy infratuzilma, universitetning global bitiruvchilar tarmogʻiga kirish va ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish kabilarni keltirish mumkin. Shu bilan bir qatorda, talabalar uchun 17  ta xalqaro kampusdan birida chet elda stipendiya asosida oʻqish va stipendiyalar hamda yuqori texnologiyali laboratoriyalarda tadqiqotlar oʻtkazish imkoniyati mavjud.

Toshkent shahridagi Amiti Universitetida siz nafaqat nufuzli maʼlumotga ega boʻlasiz, balki xalqaro ilmiy hamjamiyatning bir qismiga aylanasiz.

Eslatib oʻtamiz, yangi 2020/2021-yil uchun hujjatlar qabul qilish boshlangan va bugungi kunga qadar 2 000 dan ortiq arizalar topshirilgan.

Hujjatlarni topshirish jarayoni onlayn rejimida amalga oshiriladi, toʻliq maʼlumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: http://amity.uz/Application.aspx.

Hozirgi qiyin vaziyatda “IELTS” imtihonini topshirish imkoniga ega boʻlmagan abituriyentlar uchun IELTS indicator (online test) hujjatini topshirish imkoniyati beriladi va faqat Foundation uchun IELTS sertifikati taqdim etish MAJBURIY EMAS.

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

Telegram: t.me/amityuniversitytashkent
Facebook: fb.com/amityuniversityuz
Instagram: @amity_university_uz

Murojaat uchun telefonlar:
+998712079006

+998712079007

Quyida Toshkentdagi Amiti Universiteti suratlari bilan tanishishingiz mumkin:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!