×

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tashkil etilgan Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma fakultetida 2020/2021 oʻquv yili uchun arizalar qabuli davom etmoqda


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

8568 marta

CHOP ETILGAN

17.08.2020

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTESI )da tashkil etilgan Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma fakulteti tashkil etilgan boʻlib, hozirda mazkur fakultetda 2020-2021 oʻquv yili uchun arizalar qabul qilinmoqda. Qoʻshma taʼlim dasturi bakalavriat va magistratura bosqichida kurslarini taklif etadi. Oʻqishni bitirganlar 2 ta diplom – TTESI va Rossiya universiteti diplomiga ega boʻladi hamda diplomlar ikkala mamlakatda ham birdek tan olinadi.

Qoʻshma taʼlim dasturi “2+2” modeliga asoslangan, yaʼni bakalavriat yoʻnalishidagi talabalar dastlabki 2 yil davomida Oʻzbekistonda, keyingi 2 yil davomida esa Rossiyada tahsil oladi.

Qo‘shma ta’lim dasturi 2020/2021 o‘quv yili uchun shartnoma asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul eʼlon qilgan:

Bakalavriat

1. A.N.Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti:

  • Iqtisodiy xavfsizlik
  • Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi
  • Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish

2. Ivanovo davlat politexnika universiteti:

  • Xizmatlar sohasi: tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil etish
  • Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (nanomateriallar)

3. Vitebsk davlat texnologiya universiteti:

  • Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm va muyna buyumlari) – (sirtqi)

Magistratura

Don davlat texnika universiteti:

  • Innovatika

Hujjatlar quyidagi elektron pochta qtd20-21@mail.ru orqali qabul qilinadi. Fakultetga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar yuqorida qayd etilgan elektron pochta manziliga quyidagi hujjatlai yuborishi kerak:

  • Pasport nusxasi – bakalavriatga ham, magistraturaga ham.
  • Bakalavriatga: o‘rta taʼlim (11-sinf), o‘rta maxsus (lisey), kasb-hunar (kollej) taʼlim muassasalari attestati, diplomi yoki shaxodatnomasi nusxalari.
  • Magistraturaga: bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi.

Hujjat qabul qilish 2020 yil 20-iyundan 5-sentyabrga qadar davom etadi.

Murojaat uchun telefonlar:
+998 71 253-06-06
+998 90 999 06 50

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining rasmiy sayti

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!