×

Toshkent: Instagram va Facebook da “Mening Uchtepam!” xeshtegi ostida selfi va fotorasmlar tanlovi; gʻoliblarni smartfon va boshqa sovgʻalar kutmoqda!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

942 marta

CHOP ETILGAN

06.08.2019

Qayerda? Oʻzbekiston Respublikasi

Kim uchun? Barcha uchtepaliklar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yil 23-avgustgacha

Asosiy maʻlumot: Uchtepa tumani hokimligi “Mening Uchtepam!” xeshtegi ostida Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida selfi va fotorasmlar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovning manfaatli jihatlari

Har bir nominatsiya boʻyicha 1, 2, 3 oʻrinlar aniqlanib smartfon va boshqa sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Nomzod va ijodiy ish quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi Uchtepa tumanida yashashi kerak.
  • Tanlovda Uchtepa tumandagi oʻziga xos va bunyodkorlik jarayoni kechayotgan hududlarda suratga olingan selfi va fotorasmlari bilan barcha poytaxtliklar ishtirok etishlari mumkin. Unga koʻra, selfi va fotorasmlar Uchtepa tumanidagi obod mahalla, koʻchalar, bogʻ, savdo rastalari, zamonaviy inshootlar va boshqalarda tushirilgan boʻlishi lozim.
  • Ishtirokchilar selfi va fotorasmlarini oʻzlarining Instagram va Feysbuk ijtimoiy tarmoqlariga “Mening Uchtepam!” xeshtegi bilan joylashtirishlari va rasmlarga Uchtepa tuman hokimligi Matbuot xizmatining Instagram va Facebook sahifalariga havola berishlari shart.

Baholash:

Eng koʻp layk yiqqan kreativ selfi va fotorasmlar orasidan 1, 2, 3 oʻrinlar aniqlanib, (Instagram va Facebook da alohida, jami 6 nafar sovrindor) ular roʻyxati selfi va fotorasmlari bilan birgalikda Uchtepa tumani hokimligi Matbuot xizmatining internet sahifalarida eʼlon qilinadi.

Tanlov natijalari 2019-yilning 25-avgust kuni Uchtepa tumani hokimligi Matbuot xizmati internet sahifalarida eʻlon qilinadi. Tanlov gʻoliblari 2019-yilning 25-avgust kuni tantanali vaziyatda taqdirlanadi.

Murojaat uchun:

Uchtepa tumani hokimligi Matbuot xizmati.

Manzil: Farhod koʻchasi 21 uy

Telegram: @uchtepa_matbuotxizmati

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!