×

Toshkent: Uchtepa tuman hokimligidan yangi tanlov; g‘oliblarga noutbuk, planshet va smartfon beriladi!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

2180 marta

CHOP ETILGAN

27.07.2019

Qayerda? O‘zbekiston Respublikasi

Kim uchun? 15 yoshdan yuqori barcha uchtepaliklar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yil 22-avgustgacha

Asosiy ma’lumot: Uchtepa tumani hokimligi Davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan “Qaddi va qadri baland Uchtepam!” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi.

Tanlovda 15 yoshdan yuqori barcha uchtepaliklar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

– “Eng yaxshi maqola”.

– “Eng yaxshi she’r”.

– “Eng yaxshi surat” (qo‘lda chizilgan).

Tanlovning manfaatli jihatlari:

Har bir nominatsiya bo‘yicha 1, 2, 3 o‘rinlar aniqlanib quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

“Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi:

1 o‘rin – birinchi darajali diplom va noutbuk;

2 o‘rin – ikkinchi darajali diplom va planshet;

3 o‘rin – uchinchi darajali diplom va smartfon;

“Eng yaxshi she’r” nominatsiyasi:

1 o‘rin – birinchi darajali diplom va noutbuk;

2 o‘rin – ikkinchi darajali diplom va planshet;

3 o‘rin – uchinchi darajali diplom va smartfon;

“Eng yaxshi surat” nominatsiyasi:

1 o‘rin – birinchi darajali diplom va noutbuk;

2 o‘rin – ikkinchi darajali diplom va planshet;

3 o‘rin – uchinchi darajali diplom va smartfon;

Nomzod va ijodiy ish quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Tanlovda ishtirok etayotgan ishtirokchi Uchtepa tumanida yashashi kerak.
  • “Eng yaxshi maqola” – nominatsiyaga kelib tushgan ijodiy ishlar: 1 intervalda yozilishi, maqola hajmi 2 betgacha, Word dasturida, Times New Roman shriftida chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm qoldirilgan holda, maqola mavzusidan keyin muallifning familiya, ismi va sharifi (to‘liq) va yashash joyi ko‘rsatilishi lozim. Maqola qog‘oz yoki elektron variantda topshirilishi mumkin. Maqolalar o‘zbek va rus tillarida qabul qilinadi.
  • “Eng yaxshi she’r” – nominatsiyaga kelib tushgan ijodiy ishlar mazmunan tugal, imloviy va uslubiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi kerak. Bir ishtirokchi faqat 5 tagacha she’r topshirishi mumkin.
  • Eng yaxshi surat – nominatsiyaga kelib tushgan ijodiy ishlar A2, A3, A4 formatlarida va qo‘l mehnatida chizilgan bo‘lishi kerak. Bir ishtirokchi faqat 3 tagacha muallifligidagi surat topshirishi mumkin.

Hujjat topshirish jarayoni

Nominatsiyalar bo‘yicha ijodiy ishlar 2019 yilning 1 avgustidan 22 avgustiga qadar Uchtepa tumani hokimligi Farhod kochasi 21 uy yoki @uchtepa_matbuotxizmati Telegram manzilida qabul qilinadi.

Materiallarga muallifning pasport yoki tug‘ilganlik guvohnomasi nusxasi ilova qilinishi lozim.

Kelib tushgan ijodiy ishlar taqriz qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

Plagiatligi aniqlangan ijodiy ishlar tanlovdan chetlashtiriladi.

Uchtepa tumani hokimligi tanlovga yuborilgan materiallarni kelgusida chop etish va turli tadbirlarda erkin foydalanish huquqini saqlab qoladi.

Ishlarni baholash:

Ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi. Uchtepa tumani hokimligi hakamlar hay’atining yakuniy qarori bo‘yicha hech qanday izoh berish ma’suliyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

Maqolalar quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi (Jami: 60 ball):

  • mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi – 10 ball;
  • maqolaning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi – 10 ball;
  • mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi – 10 ball;
  • mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi – 10 ball;
  • mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanganligi – 10 ball;
  • mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning yechimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi – 10 ball.

Natijalarning e’lon qilinishi:

Tanlov natijalari 2019 yilning 24 avgust kuni Uchtepa tumani hokimligi Matbuot xizmati internet sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlov g‘oliblari 2019 yilning 25 avgust kuni tantanali vaziyatda taqdirlanadi.

Murojaat uchun:

Uchtepa tumani hokimligi Matbuot xizmati.

Manzil: Farhod ko‘chasi 21 uy.

Telegram: @uchtepa_matbuotxizmati.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!