×

Toshkentda oʻqish bepul boʻlgan, stipendiya ham beriladigan IT kurslari borligi bilasizmi?


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

12593 marta

CHOP ETILGAN

06.04.2022

Eslatma: Bu dasturga qabul TUGAGAN!

Toshkent shahridagi Kasb-hunar akademiyasi Oʻzbekistondagi aholining ish bilan taʼminlanishiga koʻmaklashish maqsadida bir qancha bepul zamonaviy axborot texnologiyalari (IT) kurslarini taklif etadi.

Ushbu akademiya Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Akademiyada quyidagi kurslar oʻqitiladi:

  • Kompyuter savodxonligi (Windows OS, Office, TotalCommander)
  • SMM kurslari (Telegram, Facebook, Instagram, YouTube)
  • Veb-dasturlash (HTML, CSS, JavaScript)
  • Dasturlash (PHP, C++, C#)
  • Loyihalash (3D Max, AutoCad)

Kurslarning imtiyozlari:

  • Yuqorida sanalgan kurslarning barchasida oʻqish bepul.
  • Oʻqish davomida oylik stipendiya olish imkoni mavjud.
  • Kurs yakunida sertifikat beriladi.
  • Kurs oʻtiladigan xonalar kompyuterlar bilan jihozlangan.

Kimlar qabul qilinadi?

Kursga quyidagi talablarga mos nomzodlar qabul qilinadi:

  • Talaba yoki oʻquvchi boʻlmaslik kerak.
  • Rasmiy ish joyiga ega boʻlmasligi kerak (norasmiy tarzda ishlayotganlar ushbu kurslarda oʻqiy oladi).
  • Kurslar oflayn shaklda, Toshkent shahrida boʻladi. Shu sababli, ishtirokchi Toshkentda boʻlishi yoki Oʻzbekistonning boshqa hududida yashasa ham, kursning boshidan oxirigacha Toshkentda boʻlib turishi kerak.

Qabul

Kurslarga qabul yil boʻyi davom etadi. 2022-yilda jami 2000 kishi qabul qilinishi rejalashtirilgan. 2022-yil aprel oyi holatiga koʻra, 300 kishi ushbu kurslarni tamomlagan.

Kurs davomiyligi

Kurslar 6 oy davom etadi va oʻquv mashgʻulotlari haftaning toq kunlarida olib boriladi.

Murojaat uchun

Qabul va qoʻshimcha savollar yuzasidan quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+998 90 093 77 02
+998 99 319 77 02
Telegram orqali murojaat qilish

Akademiya manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Lutfiy koʻchasi, 47-uy

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!