×

Toshkentda Turkiyada ishlash, stajirovka oʻtash va tajriba orttirish boʻyicha yarmarka boʻlib oʻtadi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4482 marta

CHOP ETILGAN

11.02.2020

Toshkentda Turkiya hukumati tomonidan qoplanadigan ish, stajirovka dasturlari va Turkiyada tajriba orttirish imkoniyatlarini taqdim etuvchi yarmarka boʻlib oʻtadi.

Aselsan, Turkish Airlines, Turkish Aerospace, NETAŞ va Teknopark Istanbul kabi Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bu yil ham yana bir marta Toshkentga tashrif buyurishmoqda. Ularni yaqindan oʻrganish va taqdim etilayotgan ish hamda karyera imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olishni istovchilar 2020-yilning 15-fevral kuni Tashkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida boʻlib oʻtadigan “Talent for BIZ” yarmarkasida ishtirok etishi mumkin.

Qatnashish uchun quyida berilgan manzil orqali “Talent Gate” tizimidan roʻyxatdan oʻtish va elektron pochta manziliga joʻnatiladigan havola orqali o’z profilingizni faollashtirishingiz lozim boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtish: https://www.yetenekkapisi.org/register

Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng “Career Fairs” boʻlimidan “Talent for BIZ – Tashkent”ga ariza toʻldirishingiz mumkin.

Kompaniyalar tomonidan tashkil etiladigan seminarlar va tematik izlanishlarda qatnashish hamda ishga joylashish, stajirovka oʻtash suhbatlarida ishtirok etish uchun murojaat yo’llashdan oldin oʻz profilingizni toʻldirishingiz va unga joriy rezyumengizni yuklashingiz kerak boʻladi.

Ishtirok etayotgan kompaniyalar va tadbir haqida maʼlumot olish uchun quyidagi veb-saytga tashrif buyurishingiz yoki “Talent for BIZ” ijtimoiy tarmoqlarini kuzatib borishingiz mumkin.

Veb-sayt
Facebook
Twitter
Instagram
Linkedin

15-fevral kuni Toshkentda oʻtkaziladigan tadbir haqida qoʻshimcha maʼlumot uchun quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:

Telefon: +99893 467 17 47

Instagramda murojaat

Telegramda murojaat

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!