×

Toshkentdagi Farmatsevtika texnik universiteti uchun 40 ta grant oʻrni eʼlon qilindi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

2733 marta

CHOP ETILGAN

11.11.2022

Toshkent viloyati, Zangiota tumanida tashkil etilgan Farmasevtika texnik universitetining bakalavriat bosqichida tahsil olish uchun 40 ta grant oʻrni taklif etilmoqda. Mazkur grantlar O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan ajratilmoqda.

Farmasevtika texnik universiteti farmatsevtika, biokimyo va biotibbiyot fanlari boʻyicha bakalavriat dasturlarini taklif qiladi. Hozirda (2022-yil 11-noyabr holatiga koʻra) ushbu bakalavriat dasturlariga arizalar qabul qilinmoqda. Qabul 2023-yil 15-yanvargacha davom etadi.

Grant miqdori

Grantlarni qoʻlga kiritgan talabalar uchun universitetda taʼlim olish kontrakt toʻlovi toʻliq (4 yil davomida) qoplab beriladi.

Talablar

Grant uchun nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Grantga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yoki unga tenglashtirilgan rezidentlik huquqiga ega boʻlgan shaxslar ariza topshirishi mumkin.
  • Qabul talablariga toʻliq javob berish, yaʼni IELTSʼdan kamida 5.5 ball toʻplash va oʻrta maktab diplomiga ega boʻlish kerak.
  • Universitetga hujjat topshirib, oʻqish uchun qabul qilinish kerak.
  • Grantga hujjat topshirish lozim.
  • Universitetning ichki imtihonidan yuqori natijaga erishish kerak.

Grant beriladigan nomzodlar qanday tanlanadi?

Tanlov jarayoni qoʻshimcha ichki imtihon shaklida amalga oshiriladi. Tanlov imtihoni universitet tomonidan xalqaro hamkor universitetlar bilan birgalikda tuziladi. Grant uchun tanlov testi odatda maktab darajasidagi kimyo, biologiya va/yoki matematika fanlaridan ingliz tilidagi savollarni oʻz ichiga oladi. Tanlov imtihonining sanasi universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida oldindan eʼlon qilinadi.

Murojaat

Universitet, unga qabul va boshqa masalalar yuzasidan batafsil maʼlumot hamda maslahat olish uchun quyidagi kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Tel: +998 95 833 81 81; +998 71 203 81 81
Telegram: @ptuuz_bot

Universitet haqida qisqacha

Mazkur universitet Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.10.2019 dagi PF-5707-sonli Farmoni bilan 2019-2022 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini yanada jadal rivojlantirish “Yoʻl xaritasi”ga asosan tashkil etilgan. Farmasevtika texnik universiteti Buyuk Britaniyaning Sanderlend va Demontfort universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Universitetni tamomlagan talabalar xalqaro tan olingan Britaniya diplomini qoʻlga kiritadi.

Universitet veb-sayti
Universitetning Telegram kanali

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!