×

Toshkentdagi Inha universitetida Google I/O 2017 Extended konferensiyasi bo’lib o’tadi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1054 marta

CHOP ETILGAN

07.05.2017

Google I/O 2017 Extended konferensiyasi 2017-yil 20-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida bo‘lib o‘tadi. Ushbu konferensiyada ishtirokchilar Google tomonidan taklif qilinayotgan eng so‘nggi innovatsion IT-yechimlar bilan tanishlari mumkin.

Ushbu konferensiyada O‘zbekistonning turli universitetlarida tehsil oluvchi 300 ga yaqin talabaning ishtirok rtishi kutilmoqda.

Konferensiya kun bo‘yi davom etadi va unda prezentatsiyalar, dasturlash bo‘yicha ma’ruzalar bo‘ladi, kibersport musobaqasi o‘tkaziladi.

Bundan tashqari O‘zbekistonda muvaffaqiyatli tashkil etilgan startup egalari va informatsion texnologiyalar bo‘yicha tajribali mutaxassislarning ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Mazkur konferensiyada ishtirok etish niyatida bo‘lgan talabalar tadbirning rasmiy sayt – io.inha.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Google I/O — yilda bir marta tashkil etiladigan an’anaviy konferensiya bo‘lib, Google kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan ochiq kodli Android, Chrome, Chrome OS, Google APIs, Google Web Toolkit, App Engine kabi loyihalarni muhokama qilish asosiy maqsadidir.

Toshkent shahridagi Inha universiteti mazkur konferensiyani 2015 yildan buyon tashkil etib kelmoqda. Universitet talabalari ushbu tadbirda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!