×

Toshkentdagi Vebster universitetidan OAV sohasi vakillari uchun 9 oylik bepul ingliz tili kurslari!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2111 marta

CHOP ETILGAN

17.09.2021

Toshkentdagi Vebster universiteti jurnalistlar, muxbirlar, bloggerlar, fotojurnalistlar, matbuot xodimlari va boshqa OAV vakillari uchun 9 oylik OAVM-I bepul ingliz tili kurslarini taklif etmoqda.

Hozirda mazkur ingliz tili kurslarining boshlangʻich (beginner), oʻrta (intermediate) va yuqori (advanced) darajadagilarga moʻljallangan kurslarga arizalar qabul qilinmoqda. Kurslar davomida ishtirokchilar ingliz tilida gapirish, yozish, o’qish, tinglashni va tushunish malakalarini egallash imkoniyatiga ega boʻladi.

Qanday hujjat topshiriladi?

  1. Havoladagi shaklni to’ldiring: https://cutt.ly/EPMM21
  2. Bir sahifadan iborat rezume(CV)ni ilova qiling
  3. Profilingizga 150 soʻzdan iborat motivatsion xatni biriktiring

Arizalar 2021-yil 27-sentabrgacha qabul qilinadi. Ariza bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtganlar sentabr oyi oxirida ingliz tili darajasini aniqlash testi va suhbatga taklif qilinadi. Darslar 2021 yil 18-oktabrda boshlanadi.

Dasturga qiziqqan va koʻproq maʼlumot olishni istaganlar uchun, sizni Zoom orqali informatsion brifingda ishtirok etishi mumkin, unda ingliz tili o’qituvchilari Josh Gaston, Hilola Samatova va Tawney Krugerʼlar tanishtiriladi. Zoom brifing 2021-yil 20-sentabr kuni soat 19:00 da boʻlib oʻtadi: Zoom brifingga havola.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!