×

Toshkentdagi Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti abituriyentlarga 200 ta toʻliq grant taklif etmoqda!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

4443 marta

CHOP ETILGAN

03.08.2022

Umumiy maʼlumot

Xalqaro qishloq xoʻjalik universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-maydagi “Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetini tashkil qilish chora tadbirlari toʻgʻrisidagi” qaroriga asosan Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti (RAU) bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Ushbu universitetni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar Buyuk Britaniya diplomiga ega boʻladi. Darslar toʻliq ingliz tilida, chet ellik va Oʻzbekistonlik professor oʻqituvchilar tomonidan oʻrgatiladi. Ushbu universitetdagi taʼlim jahon standartlariga toʻliq javob beradi.

Talabalar darslar davomida nafaqat qishloq xoʻjaligiga oid eng oxirgi innovatsion texnologiyalar bilan tanishib boradi, shuningdek amaliyotda uni qoʻllash imkoniyatiga ham ega boʻladi.

Yoʻnalishlar

Hozirda ushbu universitetda quyidagi yoʻnalishlar mavjud:

  • Agronomiya
  • Agroiqtisodiyot
  • Agrologistika
  • Aqlli qishloq xoʻjaligi
  • Biotexnologiya
  • Oziq-ovqat xavfsizligi
  • Chorvachilikni rivojlantirish

Kvota va grantlar

Birinchi oʻquv yili uchun umumiy kvotalar soni 250 tani tashkil qiladi (yaʼni 2022-yilda bakalavriat bosqichiga jami 250 nafar talaba qabul qilinadi). Shundan 200 tasiga grant oʻrinlari ajratilgan. Grantlar 4 yil davomida universitetda bepul oqishni taʼminlaydi. Shuningdek bakalavriatning 1-bosqichini boshqa oliy taʼlim muassasasida tamomlaganlar Xalqaro qishloq xoʻjaligi universitetida oʻqishni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin.

Talablar va qabul

Universitet darslari toʻliq ingliz tilida boʻlganligi sababli nomzodlardan ingliz tilini bilish (kamida IELTS 5.0 darajada) talab etiladi.

Qabul jarayonida abituriyentlar quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:

  • Rasm, 3,5×4,5 oʻlchamli, oxirgi 3 oy ichida olingan boʻlishi kerak.
  • Pasport / ID karta nusxasi.
  • Umumiy o‘rta ta’limni bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnoma yoki kollej / litsey diplomi.
  • IELTS minimum 5 balli va undan yuqori sertifikatlar (shunga ekvivalent balli boshqa sertifikatlar: CEFR, TOEFL, Duolingo va h.k.). Oʻqishini 2-bosqichga koʻchirmoqchi boʻlganlar kamida IELTS 5.5 yoki shunga teng til sertifikatiga ega boʻlishi kerak.

Ingliz tili bilish darajasini belgilab beradigan sertifikatlarni (IELTS, CEFR, TOEFL) olishga ulgurmagan abituriyentlar uchun universitetning til boʻyicha ichki imtihoni boʻlib oʻtadi.

Universitetga bu yilgi qabul 2022-yil 25-avgustgacha davom etadi. Arizalar onlayn tarzda BU YERDA topshiriladi. Ariza topshirishdan oldin roʻyxatdan oʻtish lozim (Havenʼt registered yet?  tugmasini bosing).

Universitetning rasmiy veb-sayti orqali universitet haqida koʻproq maʼlumot olishingiz mumkin.

Qoʻshimcha maʼlumot va savollar yuzasidan quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 99 981 09 19

Universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!