×

Oʻzbekiston: Tourism. The Path to innovation – mukofot jamgʻarmasi – 800 million soʻm boʻlgan tanlov!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

3604 marta

CHOP ETILGAN

18.05.2021

IT Park O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda g‘oliblar 800 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi uchun raqobatlasha oladigan turizm sohasidagi startaplar tanlovining 2- to’lqinining boshlanishini e’lon qildi. Unda ishtirokchilar turizm sohasidagi muammolarni hal qiladigan startap loyihalarni taqdim etishlari kerak.

Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin. G’oliblar turizm sohasidagi startap-loyihalar va innovatsion biznes g‘oyalar, shu jumladan birinchi navbatda turistlar uchun qulayliklar yaratishga yo‘naltirilgan axborot dasturlar va xizmatlarni taqdim etgan tanlov ishtirokchilari orasidan saralab olinadi. Ikkinchi to‘lqinning mukofot jamg‘armasi 800 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Tanlov ikki bosqichda o’tadi:

1-bosqich: 2021 yil 11 iyundan 30 iyungacha ariza beruvchining startap-loyihalari o’rganib chiqiladi va saralanadi.

2-bosqich: 2021 yil 31 iyulga qadar 1-bosqich yakunlari bo’yicha saralangan startap-loyihalar muallifi (ariza beruvchi) komissiya huzurida o’z loyihalari taqdimotini o’tkazadi va taqdimot natijasi bo’yicha baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi bosqichda ishtirok etish uchun 218 ta ariza kelib tushgan, ulardan:

– Toshkent: 95
– Samarqand: 33
– Buxoro: 16
– Farg‘ona: 15
– Jizzax: 19
– Qashqadaryo: 11

Shu bilan birga, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Xorazm va O‘zbekistonning boshqa hududlaridan ham arizalar qabul qilingan. Ariza beruvchilarning o‘rtacha yoshi 29 yoshni ko‘rsatdi. Shu bilan birga, erkaklar mos ravishda 70% va ayollar 30%ni tashkil etdi.

Birinchi to‘lqin g‘oliblari jami 700 000 000 so‘m  pul mukofotini qo‘lga kiritishgan.

“Tourism. The Path to Innovation” — bu mamlakatimizning turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, turizm sohasidagi innovatsiyalarni joriy qilish, turistik salohiyatini oshirishga qaratilgan startaplar tanlovi.

Musobaqada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish 10-maydan 10-iyungacha davom etadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://clck.ru/UgcfV

Musobaqa shartlarini bilan quyidagi havola orqali tanishing: https://clck.ru/RM7ZF

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!