×

Toshkent davlat yuridik universiteti logotipini yarating va 6 million yutib oling!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2954 marta

CHOP ETILGAN

04.12.2018

Qayerda: O’zbekiston, Toshkent

Kim uchun: Barcha uchun

Logotip topshirish muhlati: 2018-yilning 20-dekabrigacha

Umumiy ma’lumot: Toshkent davlat yuridik universiteti o’z logotipini yangilash bo’yicha tanlov e’lon qildi. Ushbu tanlovga logotip na’munalari 2018-yilning 20-dekabrigacha qabul qilinadi.

Tanlovda qatnashish shartlari: Tanlovda barcha O’zbekiston fuqarolari, yuridik shaxslar, shuningdek O’zbekiston hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar va xorijiy fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda yakka tartibda yoki jamoaviy ishtirok etish mumkin. Tanlov logotipi .png formatida topshirilishi kerak.

Tanlovda ishtirok etib, taqdim etilayotgan ishlar (logotip) mualliflik huquqi asosida har bir taqdim etgan muallifga tegishli boʻlishi shart.

Tanlov mukofoti: Tanlovda g’olib deb topilgan logotip muallif(lar)iga 6 000 000 (olti million so’m) miqdorida pul mukofoti topshiriladi. Pul mukofoti, agar g’olib jismoniy shaxs boʻlsa, u bilan universitet oʻrtasida tuzaladigan fuqarolik shartnomasi asosida, agar u yuridik shaxs boʻlsa, uning bankdagi hisob raqamiga toʻlab beriladi.

Gʻolib deb topilgan ijodiy ish (universitet logotipi) egasi tomonidan mualliflik huquqi universitetga beriladi, bunda gʻolib deb topilgan ishning elektron (*cdr, psd) formati hamda yozma tavsifi topshiriladi.

Logotipni topshirish va g’olibni aniqlash: Logotip namunalari .png formatida, logotip tavsifi bilan birga elektron shaklda @PulatovTDYU telegram akkauntiga topshiriladi. Bunda logotip namunasi va uning tavsifi yozilgan word formatidagi hujjat bitta zip faylga birlashtirilishi va fayl nomi TSULLogo_F_I (masalan: TSULLogo_Samandarov_Erkin) shaklida nomlanishi, so’ng yuqoridagi telegram akkauntga yuborilishi kerak.

Bundan tashqari, logotip tavsifi yozilgan word faylda ishtirokchining ism, familiya va sharifi, bog’lanish uchun telefon raqami hamda o’qish yoki ish joyi (agar bo’lsa) yozilishi kerak.

Universitet logotipi yangilash boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda taqdim etilgan ishlarni saralash boʻyicha ishchi guruh tuziladi.

Ishchi guruh aʼzolari ijodiy ishlarni baholashda quyidagilarga eʼtibor qaratadilar:

  • gʻoyaning teranligi va loʻndaligi;
  • universitet falsafasi;
  • bosma va nobosma materiallar, brendlashtirilgan mahsulot va korporativ sovgʻalariga moslashuvchanligi;
  • ishda zamonaviy yondashilganligi.

Universitet logotipini yangilash boʻyicha tanlov uch bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: 2018-yilning 20-dekabr sanasiga qadar oʻtkaziladi. Ushbu bosqichda ishtirokchilar oʻzlarining ijodiy ishlarini mualliflik huquqi asosida universitetning Maʼnaviyat va maʼrifat markaziga taqdim etadilar.

2-bosqich: 2019-yilning 15-yanvar sanasiga qadar oʻtkaziladi. Ushbu bosqichda ishtirokchilar tomonidan taqdim etgan ijodiy ishlar tanlov komissiyasi tomonidan saralanadi hamda ularning orasidan yuqorida koʻrsatilgan talablarga mos keladigan 5 dona ish tanlab olinadi.

3-bosqich: 2019-yil 18-yanvar sanasiga qadar oʻtkaziladi. Ushbu bosqichda tanlov komissiyasi tomonidan tanlab olingan 5 dona ish universitetning telegram messendjeridagi rasmiy sahifasi (https://t.me/tsulofficial) orqali 24 soat davomida ovozga qoʻyiladi. Eng koʻp ovoz olgan ijodiy ish gʻolib deb topiladi.

Gʻolib deb topilgan ijodiy ish egasi oʻzi tayyorlagan logotining tavsifini universitet jamoasi oldida taqdimot qiladi.

Muhim: Tanlov jarayonida yoki tanlovdan keyin gʻolib boʻlgan ish (logotip) muallifi taqdim etgan ishi boshqa ishlardan koʻchirilgani va mualliflik huquqi boshqa muallifga tegishli ekanligi aniqlansa, tanlov natijalari bekor qilinadi, toʻlangan pul mablagʻi universitetga qaytariladi hamda mazkur shaxsga nisbatan qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa choralarkoʻriladi.

Btafsil ma’lumot uchun va savollar yuzasidan +99890-908-25-55  raqamiga qo’ng’iroq qilishingiz yoki @PulatovTDYU  telegram akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin.

Tanlov tafsilotlari bilan TDYU rasmiy telegram kanali orqali muntazam tanishib borishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!