×

Uch oylik bepul ingliz tili kurslari!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

13959 marta

CHOP ETILGAN

22.05.2019

Qayerda:

Toshkent, O‘zbekiston

Kim uchun:

16 yoshdan kattalar uchun

Ariza topshirish muddati:

2019 yilning 23-mayigacha

Asosiy ma’lumot: Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston Milliy Kutubxonasida tashkil etiladigan Bepul ingliz tili kurslarida qatnashishga taklif etadi.

Kurslar 3 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, unda 16 yoshdan katta va ingliz tili darajasini yaxshilashni istalgan barcha nomzodlar qatnasha oladilar.

Kurslar ikki toifaga bo‘linadi:

  1. Engish in Use. Boshlang‘ich darajada til biluvchilar uchun mo‘ljallangan.
  2. English in Success. O‘rta va yuqori darajada til biluvchilar uchun bo‘lib, IELTS, TOEFL imtihonlariga tayyorlashga mo‘ljallangan.

Manfaatli jihatlari:

Kursda qatnashish mutlaqo bepul.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

Nomzod ingliz tilini boshlang‘ich, o‘rta yoki yaxshi bilishi kerak.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar:

Kurslarda qatnashish uchun ariza berish talab qilinadi. Ariza berish uchun platforma: shu yerda. Dedlayn: 23-may.

Kursda qatnashish uchun testdan o‘tish lozim. Formani to‘ldirib, jo‘natganingizdan keyin, tashkilotchilar siz bilan bog‘lanadilar va test kunini belgilaydilar. Testlar 27-31-may kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘qish esa 5-iyundan boshlanadi.

Kurslar jadvali:

  1. Engish in Use. Har seshanba, payshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha.
  2. English in Success. Har dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 12:00 gacha.

Batafsil ma’lumotlar bilan shu yerda tanishing.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: englishforsuccess7@gmail.com.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!