×

Uchtepa tumani taraqqiyotiga hissa qoʻshing!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1384 marta

CHOP ETILGAN

04.07.2019

Uchtepa tuman hokimligi oʻz telegram kanalida 15 yoshdan 30 yoshgacha boʻlganlarni Uchtepa tumani taraqqiyotiga hissa qoʻshishga chorlab post qoldirdi. Quyida chorlov aslidagidek keltirilgan:

Siz yosh va iqtidorlimisiz?

⏬Qobiliyatingizni yanada rivojlantirmoqchimisiz?
⏬Uchtepa taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shish istagi bormi?

⏬Siz uchun ajoyib imkoniyat! ✳️

Uchtepa tumani hokimligi tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etish maqsadidagi iqtidorli, 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni birlashtiruvchi yangi loyihani amalga oshiradi.

Yosh yigit-qizlar Uchtepa hayotiga doir qator loyihalarda ishtirok etadi.

Boshqalarni bilmaymiz-ku, ammo biz, albatta, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Loyihada qatnashish uchun 150 so‘zdan ortmagan motivatsion xat va o‘z rezyumengizni @uchtepacreativeyouth telegram manziliga 2019-yil 15-iyulga qadar yuborishingiz mumkin.

Unutmang, biz siz bilan Uchtepa tumanini mamlakatimizning taraqqiyot hududiga aylantiramiz!

Uchtepa tuman hokimligi
Matbuot xizmati

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!