Ukrainadagi urush oʻquv jarayoniga qanday taʼsir qildi, xorijlik talabalar Ukraina universitetlarida oʻqishni davom ettirmoqdami va 2022-oʻquv yilida oʻqishni boshlash istiqbollari qanday? Grantlar.uz jamoasi Ukrainadagi “INGEK” biznes markazining tashqi iqtisodiy faoliyat boʻlimi boshligʻi Ponomarenko Yevgeniy Vladimirovich bilan vaziyat haqida suhbatlashdi.
Maʼlumot uchun: “INGEK” biznes markazi xorijlik talabalarga Ukraina va Yevropaning bir qancha davlatlaridagi universitetlarga kirish va ularda tahsil olish boʻyicha yordam (konsalting) xizmatlarini taklif qiluvchi kompaniyadir.
1. 24-fevral tongi hammani hayratda qoldirdi. Ukrainadan barcha talabalarni evakuatsiya qilishga muvaffaq boʻlindimi?
Albatta, 24-fevral kuni hamma shokda edi. Hech kim qanday harakat qilishni bilmasdi. Talabalarni evakuatsiya qilish kerak edi, koʻpchilikning pasportlari migratsiya xizmatida boʻlgan, shuning uchun ham bunday talabalar hatto hech qanday hujjatsiz evakuatsiya qilindi. Bir-ikki hafta oʻtgach, biz oxirgi talabani tashqari Ukrainadan evakuatsiya qilishga muvaffaq boʻldik va shundan soʻnggina erkin nafas oldik.
Endi biz pasportlarni qanday topshirish masalasini hal qilmoqdamiz — elchixonalarga rasmiy xatlar bilan murojaat qilganmiz.
2. Ukrainada qancha xorijlik talabalar tahsil olayotgandi? Evakuatsiya qilingandan keyin ular bilan muloqot qila olyapsizlarmi?
Tahsil olayotgan jami xorijlik talabalar 76 000 edi. Xarkovda esa 20 000 ga yaqin chet ellik talaba bor edi. Bizning talabalar taxminan 2,5 ming kishi edi.
Biz hamma bilan ota-onalar, ijtimoiy tarmoqlar, hamkorlar orqali muloqot qilmoqdamiz, muloqot variantlarini topmoqdamiz. Masofaviy taʼlimga oʻtish, hujjatlar bilan bogʻliq koʻplab muammolar vujudga keldi, lekin biz talabalarimizni har tomonlama yordam berish va qoʻllab-quvvatlashga harakat qilmoqdamiz.
3. Talabalar Ukrainada masofaviy taʼlimni davom ettirishga tayyormi?
Biz bu masala yuzasidan soʻrovnoma ishlab chiqdik va bu savolni har bir talabaga berdik. Dastlabki natijalar koʻnglimizni xira qildi: masofaviy taʼlim olishga tayyor talabalar ulushi 50% atrofida edi. Yuqoriroq bosqich talabalari oʻqishni onlayn tarzda tamomlashni tanlashdi, kichikroq bosqichdagi talabalar oʻqishni boshqa universitetlarga koʻchirishni xohladi; bu orada koʻplab universitetlar Ukrainadan oʻqishni koʻchirish tartibini soddalashtirdi. Talabalar Germaniya, Turkiya, Italiyaga kabi dunyoning turli burchaklarida edi va yuborishimizni soʻradi.
Lekin bir necha haftadan soʻng takroran soʻrovnoma oʻtkazdik va vaziyat keskin oʻzgarganiga guvoh boʻldik. 95% talaba Ukraina universitetlarida qolishni xohlashini bildirdi!
Maʼlum boʻlishicha, boshqa davlatlarda taʼlim olish masalasi ham u qadar oddiy emas ekan. Yevropa universitetlarida bir qator muammolar yuzaga keladi. Taʼlim ancha qimmat, talabalar koʻp hollarda bir yilini yoʻqotadi, hujjatlar bilan bogʻliq qiyinchiliklar boshlanadi. Bu yerda oʻqishni masofadan turib tugatish arzonroq va osonroq ekanini hamma tushuna boshladi.
4. Pandemiyadan keyin masofaviy taʼlim jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish qanchalik muvaffaqiyatli amalga oshirildi? Ukraina universitetlari toʻliq masofaviy taʼlimga oʻtishga tayyormi?
Bu gʻalati tuyulishi mumkin, lekin pandemiya bizni urushga tayyorlaganga oʻxshaydi. Pandemiya davrida biz 70% talabani masofaviy taʼlimga oʻtkazdik.
Koronavirus pandemiyasi davrida 70% talaba masofaviy taʼlim oldi. Universitetlar toʻliq texnik jihatdan sozlangan.
Universitetlar texnik jihatdan sozlangan va talabalar shaxsiy taʼlim tizimlarini allaqachon tushunadi, zoom-konferensiyalar, dasturlarni tanlashda endilikda qiyinchiliklar mavjud emas.
Bundan tashqari, pandemiya Ukrainadagi oʻqituvchilar darajasini oshirdi. Koʻpgina davlatlar bizning mutaxassislarimizni oʻz fanidan dars berishga jalb qila boshladi.
Onlayn kurslar qoʻshildi, masalan, Xitoyda biznes boshqaruvi boʻyicha kurslar yuzasidan hamkorlik mavjud. Oʻtgan yili ushbu kurslarga 250 kishini jalb qildik.
Roʻyxatga olish uchun onlayn tayyorgarlik, til kurslari paydo boʻldi. Biz maktabning oxirgi sinf oʻquvchilarini oʻqishga roʻyxatdan ola boshladik, shunda ular birdan oʻqishni boshlaydi va 1 yil yoʻqotmaydi.
Va yana bir muhim oʻzgarish: Taʼlim vazirligi nihoyat masofaviy qabulga (talabalarni onlayn tarzda oʻqishga qabul qilishga) ruxsat berdi. Pandemiya paytida biz bu natijaga erisha olmagandik, ammo urush vaziyatni oʻzgartirdi. Shu tarzda Ukraina Yevropa taʼlim tizimi tomon muhim qadamni tashladi.
5. “INGEK” biznes markazi hozir qay tarzda faoliyat yuritmoqda? Xodimlar qayerdan ishlamoqda?
Turli mamlakatlar uchun masʼul boʻlgan ofis xodimlari bilan birga Istanbuldagi ofisimizga koʻchib oʻtdik.
Universitetlar uchun masʼul boʻlgan xodimlarning ikkinchi qismini biz Ukraina shaharlariga tarqatdik va Vinnitsa, Xmelnitskiy, Lvov, Ivano-Frankivskdagi Ukraina universitetlari bilan aloqalarni boshladik.
Baʼzi xodimlar psixologik jihatdan bardosh bera olmadi va kompaniyadagi ishlarini yakunladi.
Bir xodimimiz Ispaniyaga joʻnab ketdi va biz nega u yerda vakolatxona ochmaslik kerak, deya oʻylay boshladik. Chunki Ispaniyada yaxshi universitetlar bor. Shunday qilib, xorijliklarni nafaqat Ukrainaga, balki boshqa mamlakatlarga ham oʻqishga jalb qilish gʻoyasi paydo boʻldi. Biz tahlil qilib koʻrdik, turklar, masalan, Ozarbayjonda, Italiyada faol taʼlim olayotganiga guvoh boʻldik. Endilikda ushbu yoʻnalishni rivojlantirmoqdamiz.
Umuman olganda, kompaniya va universitetlar bilan bogʻliq jiddiy qayta qurish ishlari olib borilmoqda.
6. Hozir oldingizda qanday asosiy vazifalar turibdi va qaysi sohalarga eʼtibor qaratishni rejalashtiryapsiz?
Endi biz hozirgi talabalarni saqlab qolish va Ukraina universitetlariga emas, balki boshqa davlatlardagi universitetlarga oʻqishga yuborishga eʼtibor qaratmoqdamiz.
Biz shuningdek, Ukraina universitetlariga masofaviy qabulni rivojlantirishda davom etamiz. Vazirlik oʻziga xos cheklovni joriy qildi: talabalarni masofaviy qabul qilish uchun universitetlar xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvga ega boʻlishi kerak. Misol uchun, agar talaba Xitoydan boʻlsa, siz masofaviy imtihonni taʼminlaydigan va nazorat qiladigan Xitoy kompaniyasi bilan shartnomaga ega boʻlishingiz kerak.
Bizning Turkiya, Oʻzbekiston, Ozarbayjonda rasmiy kompaniyalarimiz bor. Marokash, Nigeriya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda ham sheriklar topdik, shartnomalar imzoladik.
Albatta, muammolar ham mavjud. Masalan, shaxsni tasdiqlash uchun talaba viza rasmiylashtirishi kerak. Bu, birinchidan, xarajatni anglatadi, ikkinchidan, talaba bir yildan keyin yana olishi kerak boʻladimi yoki yoʻq, bu savolga hali javob mavjud emas. Hozirgi sharoitda taklif xatini chiqarish, imzolash, muhrlash kabilar bilan bir qator texnik qiyinchiliklar mavjud. Ayni vaqtda bu masalalarning yechimi ustida ishlayapmiz.
7. Kelayotgan oʻquv yili uchun talabalarni qabul qilish istiqbollarini qanday baholaysiz?
Menimcha, pandemiya davridan boshlab yana 25% pasayish kuzatiladi. Koronavirus sababli bozorda 20% pasayish kuzatilgan.
Lekin shunchaki qoʻl qovushtirib tursak, vaziyatni tiklash imkoniyatini butunlay yoʻqotamiz. Garchi bu kompaniya uchun iqtisodiy jihatdan zararli boʻlsa-da, faoliyatimizni davom ettirishimiz, oldinga intilishimiz kerak.
Tez pul ishlashni istagan koʻplab bir kunlik firmalar allaqachon yoʻq boʻlib ketdi. Biz kelajak haqida oʻylaymiz va suvda qolamiz.
Koʻpgina bir kunlik firmalar allaqachon yoʻq boʻlib ketgan. Biz kelajak haqida oʻylaymiz va faoliyatimiz davom ettiramiz.
Ukrainada taʼlim olish chet ellik talabalar uchun jozibador boʻlib qolmoqda. Masofaviy taʼlim sizga diplom olish va shu bilan birga turar joy, oziq-ovqat va safar xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Koʻpgina universitetlar dual taʼlim dasturlarini taklif qilishadi: siz ikkita universitetni parallel ravishda tugatishingiz mumkin.
8. Siz anchagina optimist ekansiz, bu, albatta, quvonarli.
Ha, biz Ukraina yangi bosqichga chiqish imkoniyatini qoʻlga kiritishiga ishonamiz. Bu xorijlik talabalar oqimini oshirish uchun jiddiy turtki boʻladi. Hozirgi vaziyatda asosiy vazifalar taʼlim tizimini tubdan qayta qurish va universitetlar faoliyatini optimallashtirishdir.
Biz uchun bu boshqa mamlakatlardagi xorijiy va ukrainalik talabalar uchun yangi yoʻnalishlarni ishlab chiqish, jarayonlarni optimallashtirish va yangi vakolatxonalar ochish imkoniyatini anglatadi.
Biz shuni mamnuniyat bilan maʼlum qilamizki, endi siz Ukrainada masofaviy taʼlim olish imkoniyatiga egasiz. Hozirda biz Ukraina universitetlariga qabul yuzasidan koʻplab xabarlar olmoqdamiz.
Masofaviy taʼlim – joriy yilda oliy taʼlim olishni istagan har bir kishi uchun ideal variantdir. Siz imtihonlarni topshirib, oʻz mamlakatingizda turib oʻqishni boshlashingiz mumkin boʻladi, keyin esa oʻqishni davom ettirish uchun Ukrainaga kelasiz.
Afzalliklar sifatida quyidagilarni sanash mumkin:
- Oʻqishga qabul qilinish 100% kafolatlangan
- Chipta va turar joy uchun pul sarflashning hojati yoʻq
- Oʻz mamlakatingizni tark etishingiz shart emas va v.k.
“INGEK” biznes markazining veb-sayti: www.ingek.com
Instagram: @ukrainada.talimolish
Oʻzbekistonlik talabalar kuratori (Dariya): +380 95 079 06 50