×

Ukrainani nega sevaman – Ukrainada oʻqiyotgan talaba hikoyasi


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

1005 marta

CHOP ETILGAN

15.09.2021

603 000 km2 keng maydonga egaligi sababli Ukraina Yevropa xaritasida yaqqol koʻzga tashlanib turadi va u Yevropada hududi boʻyicha Rossiyadan keyingi eng katta davlatdir. Ukraina Sharqiy Yevropada joylashgan boʻlib, Rossiya, Belorussiya, Polsha, Slovakiya, Vengriya, Ruminiya va Moldova bilan chegaradosh.

Bir tarafini Azov va Qora dengizi yuvib turuvchi bu mamlakatda 41 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi hamda Ukraina aholi soni boʻyicha Yevropa davlatlari orasida sakkizinchi oʻrinda turadi. Bu shu davlatda tahsil olaman va hozir nega bu mamlakatni sevishimni tushuntirib beraman.

Ukrainani yoqtirishimning birinchi sababi shuki, bu yerda xorijiy talabalarning xavfsizligi va himoyasi yaxshi taʼminlangan. Ukrainaga kelganimdan beri, mamlakat boʻylab erkin sayohat qilaman va harakatlanaman hamda bunda oʻzimni butunlay xavfsiz his qilaman. Politsiya, universitet va “INGEK” kompaniyasi men uchun yordamga doim shay va zarur hollarda darhol koʻmak berishadi. Kechki bazmlar va yigʻinlarga borganimda, doim uyga yarim tunda qaytaman, lekin shu paytgacha hech kim menga hujum qilmagan yoki sababsiz toʻxtatmagan. Politsiya tizimi tartibli, xushmuomala va masʼuliyatli xodimlardan iborat. “INGEK” kompaniyasi universitetga kirishim va oʻqish uchun Ukrainaga kelishimga yordam bergan, agar siz ham Ukrainaga oʻqishga kelmoqchi boʻlsangiz, shu kompaniyaga murojaat qiling, sizga albatta yordam beradi.

Ukraina – mahorat bilan loyihalashtirilgan chiroyli inshootlarga ega jozibador davlat. Bu yerda koʻplab transport vositalari mavjud boʻlib (avtomobil, temir yoʻl va havo yoʻllari), shaharning oʻzingiz yashaydigan nuqtasiga va undan nariga ham osongina yetib olish mumkin. Arzimagan haq evaziga shahar va mamlakat boʻylab jamoat transportida harakatlana olasiz.

Ukraina sogʻliqni saqlash tizimi – yana bir jozibador oʻziga xoslikdir. Ukraina Yevropadagi eng yaxshi sogʻliqni saqlash tizimlaridan biriga ega. Poliklinika va shifoxonalar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan hamda tibbiyot xodimlari tegishli sertifikat va malakaga ega (shifokor, hamshira va h.k.). Hech qachon bu yerdagidek sogʻlom boʻlmaganman. Oʻzimni yomon his qilganimda amaldagi tibbiy sugʻurta tizimi orqali shifokorga murojaat qilaman va talaba sifatida bepul muolaja olaman.

Taʼlim va bank tizimini ham eʼtirof etish joiz. Shunga amin boʻldimki, boʻlajak talabalar uchun Ukrainada oʻqish va taʼlim olish oson hamda qulaydir. Men oʻqiydigan universitetda yaxshi jihozlangan kutubxona bor va u taʼlim jarayonini osonlashtiradi; shuningdek, ajoyib maʼruzachilar va professorlar mutaxassisligim boʻyicha kerakli maʼlumotlarni olishimga yordam beradi. Ukraina bank tizimi haqida aytadigan boʻlsam, menimcha, bu tizim men samarali va ishonchlidir. Men amalga oshiradigan bank operatsiyalari tez bajariladi, pul oʻtkazmalarini osongina amalga oshiraman, bankka naqd pul qoʻyaman, Ukrainadagi va xorijiy banklardan qiyinchiliksiz pul yechib olaman.

Xulosa qilib aytganda, yuqorida sanalganlar Ukrainani yoqtirishim sabablarining bir nechtasi, xolos. Shuningdek, Ukraina xalqi doʻstona va samimiy deb ishonch bilan ayta olaman. Baʼzida odamlar ukrainlarni notoʻgʻri tushunadi, lekin aslida ular doʻstona insonlardir va sizga yordam berishga doim shay. Aspiranturani Ukrainada oʻqishga qaror qilganimdan biror marta ham afsuslanmaganman. Birinchi kundanoq Ukrainada yashash menga yoqqan va xorijda oʻqish istagida boʻlganlarga aynan shu davlatda tahsil olishni maslahat beraman.

Shuningdek, menga oʻqishga kirish, oʻqish jarayoni va hujjatbozlik ishlarida yordam qilgan hamda hozirgacha yordam berib kelayotgan firmani sizga qoʻrqmasdan tavsiya qila olaman. “INGEK” kompaniyasi – butun oʻqishim davomida mening ikkinchi uyim boʻlib kelgan.

Kompaniyaning ingek.com saytiga kirib koʻrishingiz yoki instagram sahifasini koʻzdan kechirishingiz mumkin, u yerdan butun dunyodan boʻlgan abituriyentlar uchun koʻplab foydali maʼlumotlarni topasiz.

Mirzayev Mirzabek, Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti talabasi

Reklama

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!