×

Kontrakti arzon xalqaro universitetlar: University of Burgundy – fakultetlar, dasturlar, stipendiyalar va yashash xarajatlari


Blog

BO'LIM

Universitetlar

O'QILGAN

15487 marta

CHOP ETILGAN

13.11.2018

Qisqacha

Qayerda: Fransiya
Qachon asos solingan:
1722-yilda;
Asoschi: Lyudovik XV;
Toʻliq tashkil etilgan: 1950-yilda;
Ta’lim tili: fransuz, ingliz;
Rasmiy sayt: http://en.u-bourgogne.fr; http://www.u-bourgogne.fr/;
Talabalar soni: 29 400 dan ortiq;
Manzil: Maison de lʻuniversité, Espl. Erasme, 21078 Dijon, Fransiya. Telefon: 03 80 39 50 00

Nima uchun University of Burgundy?

University of Burgundy Lyudovik XV tomonidan 1722-yilda asos solingan Yevropaning qadimgi taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet ijtimoiy, gumanitar, texnika va tibbiyotga oid 400 dan ortiq akademik dasturlarda taʼlim beradi. Xalqaro oliygohlar reytingida (2018-2019-oʻquv yili boʻyicha) 520, Milliy reytingda 28-oʻrinni egallagan. Universitetda Rashida Dati, Jon Kennedi Yang, Rok Mark Kristian Kabore, Antanas Mokkus, Roje Giymen, Lourens Klark Pauell, Arno Montebur, Jan Jozef Jakoto, Jorj-Lui Leklerk de Byuffon, Edvard Benesh kabi turli sohalarning mashhur vakillari oʻqigan.

Toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.

University of Burgundy tarkibidagi fakultetlar va institutlar:

Qaysi tilda va qancha muddat?

University of Burgundy hamda uning tarkibiga kiruvchi oliygohlarda oʻqish fransuz va/yoki ingliz tillarida olib boriladi. Parij universitetlari Bolonya tizimiga aʼzo:

Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar:

Bakalavriat:

Magistratura:

UBFC tomonidan taqdim etilgan magistratura dasturlari:

UFC tomonidan taqdim etilgan magistratura dasturlari:

Doktorantura dasturlari haqida maʼlumot: SHU YERDA.

Fransuz tilida oʻqitiladigan yoʻnalishlar va dasturlar: SHU YERDA.

Fransuz tilini qayerda oʻrganish mumkin?

Universitetda oʻqish davomida fransuz tilini:

Qancha?

Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan talabalar, jumladan O’zbekiston vakillari uchun University of Burgundyda magistrlik bosqichida deyarli barcha yo’nalishlar bo’yicha o’qish uchun bir yillik kontrakt 500 yevro hisoblanadi. Ba’zi magistrlik kurslarining yillik kontrakti esa 1500, 3500 va 4500 yevroni tashkil etadi (2018-yilning 13-noyabr holatiga koʻra). Batafsil SHU YERDA tanishing. Bakalavrlik kurslari uchun o’rtacha yillik kontrakt 500-1000 yevroni tashkil etadi.

Maʼmuriy roʻyxatdan oʻtish

Chet ellik talabalarga:

1. Roʻyxatdan oʻtishdan avval 90 yevro miqdorida badal (Student and Campus Life contribution fee ) toʻlash kerak. Toʻlovni onlayn, naqd pul shaklida pochta orqali yoki etudiant.gouv.fr saytidan karta orqali amalga shirish mumkin.

2. Roʻyxatdan oʻtish uchun hujjat yigʻish:

  • Registratsion fayl, faylni elektron yoki yozma shaklda toʻldirib, ma’muriyatga qabul kuni oʻzingiz bilan olib kelishingiz kerak;
  • Bitta pasport fotosurati;
  • Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi (fransuz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan);
  • Pasport yok ID karta nusxasi (Yevropa Ittifoqi aʼzosi boʻlmaganlarga uzoq muddatli viza yoki talabalik vizasi (agar mavjud boʻlsa));
  • Fuqarolik masʼuliyati sugʻurta shahodatnomasi nusxasi (fransuz bankidan 20 yevroga olinadi);
  • Student and Campus Life contribution fee (90 yevro) toʻlanganligi haqida kvitansiya;
  • Bakalavriat dasturiga hujjat topshirayotgan boʻlsangiz, attestat/oʻrta maʼlumot diplomingiz (erishgan muvaffaqiyatlaringiz haqidagi maʼlumotnoma, masalan, Baccalauréat, A-Level, High School Diploma, Abitur va hokazo) asli va nusxasi, rasmiy fransuz tiliga tarjima qilingan, notarial tasdiqlangan;
  • Magistratura uchun esa bakalavr diplomi asli va nusxasi, rasmiy fransuz yoki ingliz tiliga tarjima qilingan, notarial tasdiqlangan, shuningdek, avval fransuz oliygohida oʻqigan boʻlsangiz, talabali kartasi nusxasi yoki roʻyxatdan oʻtganlik haqida maʼlumotnoma, stipendiya olayotgan boʻlsangiz, stipendiya haqida maʼlumotnoma ilova qilish lozim;
  • Fransiyaga kirish va yashash uchun viza olishi kerak boʻlgan talabgorlar (jumladan, oʻzbekistonliklar) uchun Antituberkulyoz nazorat markazi va Vaksinatsiya markazi departamenti tekshiruvidan oʻtganligi haqida isbot (maʼlumotnoma). Tekshiruvdan oʻtish uchun telefon orqali roʻyxatga yozilish kerak, telefon: 03 80 28 14 62; manzil: Centre de Lutte Antituberculeuse et Centre Départemental de Vaccination – UPMI (Unité de prévention des Maladies Infectieuses apparait sur la signalétique) – CHU (Centre hospitalier universitaire) Dijon Bourgogne, Boulevard Maréchal de Lattre de Tassigny, “Urgences” binosiga kirib, “Urgences adultes”ning orqa tarafiga oʻtish lozim. Markaz Favqulodda vaziyatlar binosning chat tarafida, 1-qavatda joylashgan.

3. Xalqaro idorada administrativ registratsiyadan oʻtayotganda qayd uchun toʻlov (inscription fees)ni amalga oshirish zarur:

  • bakalavriat uchun: taxminan 170 yevro; injenerlik, texnik tadqiqotlar uchun 601 yevro atrofida;
  • magistratura uchun: taxminan 243 yevro; injenerlik, texnik tadqiqotlar uchun 601 yevro atrofida; hukumat stipendiyasi oladigan talabalar uchun tekin;
  • Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlar uchun (asosiy dasturga qoʻshimcha) Master in Advanced Electronic Systems Engineering: yiliga 1000 yevro; International master in Business Studies:bir yilga taxminan 3,000 yevro; Master in Intercultural Management: bir yilga taxminan 4,000 yevro. Aniq toʻlov summasini Xalqaro idoraga kelganingizda aytishadi.

4. Administrativ roʻyxatdan oʻtish Dijon campusda joylashgan Pôle AAFE binosida (2018 yil uchun 7-13 sentabrda boʻlib oʻtgan);

5. Talabalar ijtimoiy himoyasiga etudiant-etranger.ameli.fr orqali onlayn aʼzo boʻlish;

6. Fanlarni tanlash va boshqalar uchun tanlangan soha boʻyicha pedagogik qabul “scolarité” bilan bogʻlanish kerak.

Maʼmuriy registratsiya haqida barcha maʼlumot: SHU YERDA.

Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlat vakillari, jumladan, oʻzbekistonliklar uchun topshiriladigan hujjatlarning umumiy tarkibi quyidagicha:

  • Ariza (onlayn shaklda toʻldirilgan, chop etilgan va imzo qoʻyilgan boʻlishi kerak);
  • Pasport nusxasi;
  • Pasport formatidagi fotosurat;
  • Imtihonlar muddati uch oydan koʻp boʻlgan universitetlar uchun viza haqidagi maʼlumotnoma (pasportga qoʻshimcha);
  • Attestat/kollej/litsey diplomi (fransuz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxasi);
  • Motivatsion xat;
  • Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlari uchun GRE/GMAT sertifikati;
  • Til bilish darajasi sertifikati (ingliz tili uchun IELTS/TOEFL sertifikati);
  • Fransuz tilida oʻqishni tanlaganlar uchun fransuz tili testidan DALF (C1 darajasiga toʻgʻri keladi) yoki DELF (B1 yoki B2). Oʻzbekistonda topshirish uchun: BATAFSIL;
  • Ayrim universitetlar uchun esse, tavsiyanoma va rezyume talab qilinishi mumkin;
  • Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (fransuz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan).
  • Roʻyxatdan oʻtish badali tanlangan yoʻnalishga koʻra minimal 170 yevrodan boshlanadi (masalan, Panteon-Sorbonna universiteti uchun registratsiya badali haqida: SHU YERDA tanishing).

Hujjatlar, dedlayn va til imtihonlari

2019/2020-oʻquv yili uchun:

  • Hujjat topshirishdan oldin barcha ingliz va fransuz tilida oʻqitiladigan dasturlar bilan tanishing;
  • Attestat/diplomlaringizning tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan nusxalari (fransuz tilidagi dasturlar uchun fransuz tilida, ingliz tilidagi dasturlar uchun ingliz tilida);
  • Yoʻllanma xati va rezyume;
  • Ingliz yoki fransuz tili testida oʻtish (yoki sertifikat) kerak bo’ladi.

Til imtihonlari:

Fransuz tilidagi dasturlar uchun TCF, DELF yoki DALF sertifikatlari qabul qilinadi. Ijtimoiy gumanitar fanlar uchun B2, huquq, iqtisodiyot, menejment, biologiya va hokazolar uchun C1 daraja majburiy.

Ingliz tilidagi dasturlar uchun daraja kamida B2 boʻlishi shart.

*Hujjatlar tarkibi va qoʻyiladigan talabalar qisman oʻzgarishi mumkin.

*Fransuz diplomiga ega boʻlmagan barcha chet ellik talabgorlar uchun murojaat yuqorida koʻrsatilgan Xalqaro idoraning maʼmuriy registratsiyasidan oʻtgandan keyin amalga olishiriladi. Ushbu saytda Xalqaro hujjat qabul qilish haqida 2018 yilning 15 noyabri (taxminan)da maʼlumot eʼlon qilinadi. Xalqaro idoraga murojaat qilishi zarur boʻlmagan shaxslarga qoʻyilgan talablar haqida batafsil SHU YERDAN yuklab oling.

Dedlayn: Yevropa Ittifoqi aʼzosi boʻlmagan davlat vakillari uchun:

Bakalavriat: 1-kursga hujjat topshirish 2018-yil noyabrning oʻrtalaridan 2019-yil yanvarning oʻrtasigacha; 2- va 3-kurslarga 2019- yil fevraldan aprelgacha

Magistratura: 2019-yil fevraldan aprelgacha. 

Kirish imtihonlari:

Barcha imtihonlar Siz tanlagan (fransuz yoki ingliz) tilda oʻtkaziladi va tegishli darajadagi fransuz yoki ingliz tilini egallaganlik haqida sertifikat talab etiladi. *Imtihonlarni universitetdan tanlagan yoʻnalish boʻyicha aniqlashtiring.

Stipendiya bormi?

Stipendiya va imtiyozlar haqida universitet rasmiy saytida tanishish mumkin:

Shuningdek, Fransiya hukumati stipendiyalari:

Yashash va viza xarajatlari qancha?

Turar joy: 250-700 yevro. Universitet talabalar uchun oʻz rasmiy saytlarida yotoqxonalar haqida maʼlumot joylashtirgan. CROUS Mahalliy talabalar markazi 4100 nafar talaba uchun turar joylar taklif qiladi. Talaba yotoqxona uchun moliyaviy yordam olishi va turar joy soligʻi toʻlashdin ozod etilishi mumkin. Bu haqida: BATAFSIL. Shuningdek, talaba oʻz xohishiga koʻra turar joy tanlay oladi: BATAFSIL.

Oziq-ovqat, oʻquv anjomlari va boshqa xarajatlar, transport, uyali aloqa va internet, madaniyat, sport va hk. uchun minimal 430-500 yevro sarflaydi. Universiteti talabalarga imtiyozli restoranlarda ovqatlanishni tavsiya etadi. 2018/2019-yil uchun talabalar restoranida ovqatlanish bir martaga 3,25 yevroni tashkil etadi.

*Maʼlumotlar 2018 yil uchun taxminan berilgan hamda valyuta kursi va muddatga qarab oʻzgarishi mumkin.

Viza xarajatlari. Imtihon topshirishga borish uchun sayohatchilar shengen vizasini olish kerak. Oʻqish davrida yashash uchun talabalik vizasini rasmiylashtirish lozim. 3 oylik Shengen vizasi va uzoq muddatli talabalik vizasi uchun Fransiya hukumatiga yoki yurtimizdagi Fransiya elchixonasi (Embassy of France in Tashkent)ga murojaat qilish lozim. Manzil: Istiqbol 25, Toshkent; Rasmiy sayt: http://www.ambafrance-uz.org/; Telefon: (+998 71) 233 53 82, (+99871) 233 53 84.

3 oydan 1 yilgacha beriladigan vizani rasmiylashtirishga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • Toʻldirilgan va imzo chekilgan anketa (arizaning elektron shakli: SHU YERDA);
  • 2 dona 3,5 x 4,5 mm formatdagi fotosurat;
  • Amaldagi pasport (oʻzbekistonlik talaba uchun zagranpasport);
  • Universitetga qabul qilinganlik haqida maʼlumotnoma;
  • 18 yoshdan katta talabaning hisob raqamida oyiga 430, yiliga taxminan 5 160 yevro boʻlishi lozim. Bu talabaning oylik xarajatlarini qoplash uchun zarur summa hisoblanadi;
  • Tibbiy sugʻurta;

3 oydan 1 yilgacha rasmiylashtiriladigan viza xarajatlari taxminan minimal 99 yevroni tashkil etadi. *Maʼlumotlar taxminan berilgan, muddat va valyuta kursiga qarab oʻzgarishi mumkin.

Batafsil SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!