×

Tadbirkorar uchun AQShda 3 haftalik amaliyot: borish-kelish, turar joy, oziq-ovqat va sug’urta xarajatlari to’liq qoplanadi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2630 marta

CHOP ETILGAN

18.01.2019

Qayerda: AQSh

Kim uchun: Kamida 3 yilllik rahbarlik tajribasiga ega tadbirkorlar va xususiy sektor vakillari uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yilning 30-yanvarigacha

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Maxsus Amerika biznes amaliyot dasturi (SABIT) ning 3 haftalik malaka oshirishga nomzodlarni tanlab olish boshlanganligini eʼlon qildi.  Amaliyot 2019-yilning mart oyida AQShda bo’lib o’tadi.

Amaliyot dasturining yoʻnalishi: “Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash”.

Dasturning iqtisodiy ta’minoti: Ushbu dasturga qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi iqtisodiy imtiyozlar bilan ta’minlanadi:

  • Ishtirokchilarning AQShga borish va kelish xarajatlarini qoplanadi.
  • Mexmonxonada joylashish, mukammal oʻquv dasturi, tarjima xizmatlari, tibbiy sugʻurta va ovqatlanish hamda boshqa xarajatlarni qoplash uchun qoʻshimcha stipendiya beriladi.

Viza harajatlari ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.

Ishtirokchilarni tanlashda qoʻyidagi asosiy mezonlarga eʼtibor qaratiladi:

  • Amaliyot oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qadoqlash sohasidagi mutaxassislar uchun moʻljallangan.
  • Nomzod rahbar lavozimida kamida oxirgi 3 yil ishlagan bo’lishi kerak.
  • Oliy maʼlumotli bo’lishi kerak.
  • Ingliz va rus tillarini mukammal bilishi lozim.
  • Texnik maʼlumotga ega va rahbarlik ish tajribasiga ega boʻlgan hamda hozirda oʻzining tashkilotida/korxonasida rahbarlik lavozimida ishlashi kerak.

Mazkur tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilar ariza-so’rovnomani toʻldirib, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi xodimi I.Aliyevga yoki i.aliev@chamber.uz elektron pochta manziliga yuborish tavsiya etiladi.

Fevral oyida barcha ishtirokchilarga Dasturda ishtirok etish va keyingi tadbirlarda ishtirok etish uchun soʻrovnomalar yuboriladi.

Batafsil maʼlumotlarni quyidagi telefonlar orqali olish mumkin: (+998 78) 150-60-06, I.Aliyev.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!