×

O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi: Uch oylik bepul dasturlash kurslari!


Blog

BO'LIM

Muvaffaqiyatga yo'l

O'QILGAN

5362 marta

CHOP ETILGAN

04.09.2019

Qayerda: Toshkent, O‘zbekiston

Kim uchun: 16 yosh va undan kattalar uchun

Ariza topshirish muddati: 2019 yilning 11-sentabrigacha

Asosiy ma’lumot: Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi 16 va undan katta yoshdai dasturlashga qiziquvchilarni Python for Math and Problem Solvingdasturiga taklif etadi.

Kurslar O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahridagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasida o‘tkaziladi. O‘qish Python dasturini yuklash, foydalanish va dasturlash ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Kurs 3-oktabrda boshlanadi.

Manfaatli jihatlari:

Kursda qatnashuvchi nomzodlar Python dasturi bo‘yicha bepul o‘qish imkoniga ega bo‘ladilar.

Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

  1. Nomzod 16 yosh va undan katta bo‘lishi lozim.
  2. Nomzod ingliz tilini kamida intermediate darajada yoki undan yaxshiroq bilishi kerak.
  3. Nomzod kompyuterda ishlash asoslari haqida bazaviy bilim va tajribaga ega bo‘lishi kerak.
  4. Nomzod dasturlashni o‘rganishga ishtiyoqi baland bo‘lish kerak.
  5. Nomzod uquvli bo‘lish, berilgan yo‘riqnomalarni eshitishi va bajarishi lozim.
  6. Nomzod dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadigan vaqtda o‘qish joyida bo‘lishi zarur.
  7. Nomzod amaldagi va yaroqli pasportga ega bo‘lishi kerak.

Hujjat topshirish jaryoni va kerakli hujjatlar:

Kurslar Toshkent shahridagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasida o‘tkaziladi. Kursda qatnashish uchun ariza berish talab qilinadi. Arizalar onlayn tarzda topshiriladi. Arizani SHU YERDA TOPSHIRING.

Hujjat topshirish tugagandan keyin loyiq topilgan nomzodlar avval kirish sinovlari topshiradilar. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlar esa bir haftadan so‘ng suhbatga chaqiriladilar.

Kerakli hujjatlar (taxminiy):

  1. Pasport nusxasi.
  2. IELTS/TOEFL sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).
  3. SAT/ACT sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).

Natijalar 3-oktabrgacha xabar qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun: introtoprogramming@yahoo.com manzliliga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!