×

Endi O’zbekistonda o’qib Buyuk Britaniyaning Oxford Brookes universiteti diplomini qo’lga kiritish mumkin!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

53557 marta

CHOP ETILGAN

16.01.2019

Qayerda: O’zbekiston, Toshkent

Kim uchun: Bakalavriatda o’qishni xohlovchilar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2019-yilning 30-yanvarigacha

Umumiy ma’lumot: GRBS Xalqaro ta’lim va imtihon markazi O’zbekiston yoshlariga O’zbekistonning o’zida ta’lim olib, ACCA bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning Oxford Brookes universiteti bakalavrlik diplomini qo’lga kiritish imkoniyatini taqdim etadi. Oxford Brookes universiteti dunyo universitetlarining TOP-400 ligiga kiradi. Shu sababli, beriladigan bakalavrlik diplomi xalqaro diplom hisoblanadi va O’zbekistonda maxsus imtihonlarsiz nostrifikatsiya qilinadi.

Hozirda amaliy buxgalterlik hisobi bo’yicha bakalavrlik kursiga hujjatlar qabul qilinmoqda va kursni tugatgan talabalar AССA bilan hamkorlikda Oxford Brookes universitetining amaliy buxgalterlik hisobi bo’yicha FAN BAKALAVRI DIPLOMIni qo’lga kiritishadi.

Nomzodga qo’yilgan talablar: O’qish xalqaro 1+3 (1 yillik “International Foundation Diploma for Higher Education Study” dasturi va 3 yillik asosiy – bakalavrlik kursi) standartiga asoslangan.

1-yildagi “International Foundation Diploma for Higher Education Study” dasturiga qabul talablari quyidagicha:

Yoshiga oid talablar: Nomzodlar oʻquv yili boshlanishi paytida 17 yoshdan kichik boʻlmasligi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga qoʻyiladigan umumiy talablar: Nomzodlar litsey/kollej diplomiga yoki maktabning 11-sinfini tugatganligi toʻgʻrisida attestatga (maktab attestati) ega boʻlishi lozim.

Chet el fuqarolariga qoʻyiladigan umumiy talablar: Nomzodlar muvaffaqiyatli tugallangan oʻrta maktab maʼlumotiga ega boʻlishi kerak.

Ingliz tili boʻyicha talablar*. Nomzodlar:

  • ACCA’ning Toshkentdagi GRBS oʻquv markazida ingliz tili boʻyicha kirish testini topshirishi,

yoki

  • TOEFL 34 yoki PTE Academic score 35 yoxud IELTS score 4.5 ga ega boʻlishi lozim.

* Ikkinchi yil oxirida (ACCA TX soliqqa tortish imtihonini topshirishdan keyin) talabalar TOEFL 60 yoki PTE Academic score 50 yoxud IELTS 6.0 (reading va writing kamida 6.0, listening va speaking kamida 5.5) ga ega bo’lishi kerak.

Matematika boʻyicha talablar: Nomzodlar matematika boʻyicha maqbul bilim darajasiga ega boʻlishi lozim. Buni ACCA ning Toshkentdagi GRBS oʻquv markazida matematika boʻyicha kirish testini topshirib, isbotlash mumkin.

Izoh 1: Agar GRBS da topshirilgan matematika va ingliz tili boʻyicha imtihonlar natijalari talab etilganidan pastroq boʻlsa, GRBS matematika va ingliz tili boʻyicha intensiv kurs oʻtishni tavsiya etadi.

Izoh 2: Ilmiy tayorgarlik yilsiz (International Foundation Year) birdan 3 yillik bakalavrlik kursini o’qimoqchi bo’lgan ambitsiali talabalar IELTS kamida 6.0 (reading va writing kamida 6.0, listening va speaking kamida 5.5), shuningdek matematika buyicha GRBS imtihonidan 70% ball yig’ishlari shart.

1 yillik “International Foundation Diploma for Higher Education Study” kursining afzalligi shundaki, ushbu kursni bitirib nafaqat Oxford Brookes universiteti bakalavrlik kursida, balki quyidagi xalqaro universitetlarning bakalavrlik bosqichida ham o’qish mumkin:

Bangor University, Birmingham city University, Carroll University, Coventry University International Study Centre, CQ University Australia, University of Derby, Limerick Institute of Technology, Liverpool Hope University, National College of Ireland, ONCAMPUS GLOBAL – London South Bank University, University of Sunderland, University of Hull, Coventry University, Birkbeck, University of London, University of Central Lancashire (UK) and Wheelock College Boston, University of Rhode Island, California State, Monteray Bay (USA) va boshqa 71 dan ortiq xalqaro universitetlar.

1 yillik “International Foundation Diploma for Higher Education Study” kursini bitirganlar 3 yillik bakalavrlik kursini Buyuk Britaning o’zida joylashgan Oxford Brookes universitetida yoki yuqorida sanab o’tilgan universitetlarning birida davom ettirishi mumkin.

O’qish jarayoni: 1 yillik “International Foundation Diploma for Higher Education Study” dasturi ham, 3 yillik bakalavrlik kursi ham Toshkentda joylashgan GRBS Xalqaro ta’lim va imtihon markazida o’qitiladi. Darslar to’liq xalqaro standartlar asosida olib boriladi. Markaz binosi 6 qavatdan iborat bo’lib, unda dasrxonalardan tashqari quyidagi sharoitlar yaratilgan:

  • Talabalar mustaqil tayyorlanishi uchun xonalar
  • Yuqori tezlikdagi bepul Wi-fi (10mb/s)
  • Bepul avtomobil turar joyi mavjud
  • Talabalar tayyorgarlik ko’rish jarayonida bepul choy, qahva tayyorlab ichishi, bepul meva va shirinliklardan bahraand bo’lishi mumkin.

Shuningdek, 1200 kv. metrdan iborat maydonga ega bu markaz ta’lim olish bo’yicha eng ilg’or va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Markaz “Oybek” metro bekati yaqinida joylashgan bo’lib, metro va boshqa transport vositialari orqali kelish uchun juda qulay.

Ushbu kursda o’qishning afzalliklari:

  • Kursni bitirganlar bir vaqtning o’zida bakalavrlik diplomi, ACCA sertifikati va International Foundation diplomi (agar 1 yillik Foundation kursi ham o’qilgan bo’lsa) ni qo’lga kiritadi.
  • Dars mashg’ulotlari xalqaro standartlar asosida olib boriladi.
  • O’zbekistonda ushbu bakalavrlik kursida tahsil olish Buyuk Britaniyaning o’zida ta’lim olishdan 4 baravar arzon.
  • Original o’quv qo’llanmalari asosida ta’lim beriladi. Ya’ni ACCA’ning o’quv materiallarining akkreditatsiyalangan nashriyotchisi – BPP dan asl o’quv qo’llanmalari Buyuk Britaniyadan yetkazib beriladi.
  • Yirik xalqaro, xususiy va davlat tashkilotlarida amaliyot o’tash imkoniyati va keyinchalik nafaqat O’zbekistonda, balki xorijda ham ishga joylashishda ko’maklashish xizmati mavjud.
  • 1 yillik International Foundation kursini o’qib tugatgandan so’ng, Buyuk Britaniyaning o’zida joylashgan Oxford Brookes universitetida yoki 71 dan ortiq xalqaro universitetlarda bakalavrlik kursini o’qishni davom ettirish imkoni mavjud.

Hujjatlarni qabul qilish 2019-yilning 30-yanvarigacha davom etadi. Ta’lim sifatiga nihoyatga katta e’tibor qaratilgani sababli joylar soni qat’iy cheklangan.

Ulkan imkoniyatlar eshigini ochuvchi sifatli ta’lim orqali o’z kelajagingizni quring!

Dastur bilan to’liq tanishib chiqish uchun veb-saytimizga tashrif buyuring (ma’lumotlar o’zbek, rus va ingliz tillarida berilgan): www.acca-obu.uz

Murojaat uchun telefon: +998 78 129 19 19

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko’chasi, 21, GRBS Xalqaro ta’lim va imtihon markazi.
Manzilni xarita (map) dan ko’rish

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!