×

Uzbek-Japan Center of Youth stipendiya dasturi: Yaponiyada magistratura uchun to’liq grant, stipendiya va aviachipta!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2697 marta

CHOP ETILGAN

22.01.2021

Yaponiya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (JICA) tomonidan Uzbek-Japan Center of Youth (UJICY) ilmiy-tadqiqot salohiyatini kuchaytirish loyihasi doirasida amalga oshiriladigan 2021 yil sentyabr oyidan boshlab 2,5 yilga mo’ljallangan stipendiya dasturi va quyidagi o’quv dasturlarini taklif etadi:

Magistratura

Muhandislik ixtisosliklari bo’yicha bakalavr darajasiga ega yoki 2021 yil sentyabr oyigacha bakalavr darajasini oladiganlar uchun.

Dastur talablariga mos nomzodlar ujicyapplication2021@gmail.com elektron manzili orqali Zuxra Chingizovnaga murojaat qilishi mumkin. Ro’yxatdan o’tish va arizani topshirish uchun Toshkent davlat texnika universiteti bosh binosining «B» blokiga tashrif buyurishingiz ham mumkin.

Qatnashish shartlari:

  1. Nomzod O’zbekiston fuqarosi bo’lishi kerak.
  2. Muhandislik ixtisosliklari (bakalavr yoki magistr) darajasiga ega yoki 2021 yil sentyabr oyigacha ega bo’lishi lozim.
  3. Ishtirok etish uchun ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS sertifikatiga ega bo’lishi talab qilinadi. Nomzod IELTS sertifikatni ariza va anketa bilan birgalikda topshiradi. Agar IELTS sertifikati bo’lmasa, 2021 yil mart oyining oxirlarigacha taqdim etishi shart.
  4. Yaxshi o’quv ko’rsatkichiga ega bo’lishi lozim. Qabul uchun kirish testi o’tkaziladi.
  5. Ushbu dasturdan keyin olib boradigan ilmiy / muhandislik tadqiqotlari to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lishi lozim.
  6. Dasturni muvaffaqiyatli tugatgandan so’ng nomzod kamida uch (3) yil UJICY ishlariga o’z hissasini qo’shish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutgan talabaning o’qish kontrakti to’lovi, ikki tomonga aviachiptalar va Yaponiyada yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Arizalar 2021 yil 15 fevralgacha qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  • Anketa
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) nusxasi
  • O’quv ishlari dekani tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma
  • IELTS sertifikati.

Rasmiy havola

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!