×

Uzbektourism: Eng samarali biznes loyihalari tanlovi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

2821 marta

CHOP ETILGAN

22.10.2018

Qayerda: O’zbekiston

Kim uchun: OTMlarni oxirgi 3 yil davomida bitirganlar uchun

Hujjat topshirish muhlati: 2018-yilning 1-dekabrigacha

Umumiy ma’lumot: O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoshlarning turizm sohasidagi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, samarali biznes-rejalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish maqsadida, yoshlar o‘rtasida, turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovini e’lon qiladi.

Nomzodga qo’yilgan talablar: Tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, oliy ta’lim muassasasini oxirgi uch yil davomida bitirgan, turizm sohasida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda tanlov ishtirokchilari tomonidan biznes loyihalar Tanlov komissiyasiga yuboriladi va komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi bosqich joriy yilning 20-dekabridan boshlanib, birinchi bosqich yakuni bo‘yicha saralab olingan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar o‘zlarining biznes loyihalarini Tanlov komissiyasiga taqdimot qiladilar.

Tanlov mezonlari asosida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tegishli shartlar asosida eng kam ish haqining 250 (ikki yuz ellik) barobarigacha bo‘lgan miqdorda pul mukofotlari ajratiladi.

Shuningdek, loyiha samaradorligini ta’minlash maqsadida Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston-Yaponiya markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan turizm sohasida biznes yuritish va boshqarish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hujjatlar (arizabiznes loyiha haqidagi batafsil ma’lumot va biznes-reja) joriy yilning 1 dekabriga qadar (o‘zbek, rus, ingliz tillaridan birida) Toshkent shahri, Istiqlol ko‘chasi, 47-uy yoki tanlov@uzbektourism.uz; elektron manziliga yuborishlari lozim.

Qo’shimcha ma’lumot uchun murojaat qiling: +99871 233 57 54

Manba: Uzbektourism.uz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!