×

Qozogʻistonda Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuv: sayohat bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi!


Blog

BO'LIM

Tavsiyalar

O'QILGAN

3390 marta

CHOP ETILGAN

15.10.2022

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qozogʻistonning Ostona shahrida Nobel mukofoti sohiblari bilan oʻtkaziladigan uchrashuv uchun esselar (insholar) tanlovini eʼlon qildi.

2022-yil 26-28-oktabr kunlari V Nobel festivali doirasida o‘tkaziladigan ushbu tadbirda Nobel mukofoti sovrindorlari eng yaxshi talabalar, yosh olimlar va professorlar bilan uchrashadi.

Tanlovda qatnashish uchun “Men nima uchun Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashmoqchiman?” mavzusida esse yozish kerak.

Esselar o‘zbek, ingliz yoki rus tilida yozilishi va 2022-yil 23-oktabrgacha BU YERDAGI ariza shakli orqali yuborilishi lozim.

Eng yaxshi deb topilgan 5 ta muallif Qozog’istonning Ostona shahrida o‘tkaziladigan uchrashuvda qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

Sayohat bilan bog‘liq barcha xarajatlar Yoshlar ishlari agentligi va festivalning bosh homiysi — Coca-Cola kompaniyasi tomonidan moliyalashtiriladi.

Ma’lumot uchun, uchrashuvda Nobel mukofoti sovrindori Rae Kvong Chung va boshqa taniqli olimlar ishtirok etadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!