×

Vazirlik uchun logotip yaratib, Apple iPhone 12 Pro Max yutib oling!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

4061 marta

CHOP ETILGAN

28.01.2021

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vazirlikning logotipini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qildi.

Mazkur tanlovda oʻz ijodingiz va kreativ gʻoyalaringiz bilan Apple iPhone 12 Pro Max smartfonini yutib olishingiz mumkin.

Tanlovda texnikum, akademik litseylar oʻquvchilari va talabalar hamda 30 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilarimiz ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov shartlari:

  • logotipda vazirlikning faoliyati va ahamiyatini falsafiy ifoda etish;
  • betakror badiiy yechim va kreativ yondashuvga ega boʻlishi hamda undan ramz sifatida foydalanish mumkinligi;
  • zamonaviy, oʻziga xos, oson tanib olinadigan va noanʼanaviy shaklga ega boʻlishi lozim.

Tanlovga loyihalar taqdim etish tartibiga koʻra:

  • har bir ishtirokchi tanlovda faqat bitta loyiha taqdim etishi mumkin;
  • logotip loyihasi formati – 10 Mb gacha, ikki koʻrinishda – PNG va JPG formatda logo@edu.uz elektron pochta manziliga yuborilishi talab etiladi.

Logotip Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzurida tashkil etilgan Hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi.

Tanlovda loyihalar bir bosqichda – 2021-yil 1-fevraldan 25-fevral soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Gʻolib 2021-yil 2-martda eʼlon qilinadi. Gʻolib Apple iPhone 12 Pro Max smartfoni bilan taqdirlanadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!