×

“Viki Oʻzbekistonni sevadi” marafoni: Oʻzbekcha vikipedia uchun maqola yaratib, 3 million soʻmgacha yutib oling!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

1723 marta

CHOP ETILGAN

28.10.2021

Qayerda: Oʻzbekiston

Kim uchun: Barcha uchun

Maqola yaratish sanasi: 2021-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha

Umumiy maʼlumot

2021-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha Vikipediada Oʻzbekiston haqida maqolalar yozish boʻyicha marafon oʻtkaziladi. Marafonda roʻyxatdan oʻtgan har qanday ishtirokchi qatnashishi mumkin, lekin sovrinlar uchun faqat maktab va litsey oʻquvchilari hujjat topshirishi mumkin. Gʻoliblar sertifikat va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Sovrinlar

Maktab va litsey oʻquvchilari orasidan gʻoliblar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻringa — 3 000 000 soʻm va sertifikat;
  • 2-oʻringa — 2 000 000 soʻm va sertifikat;
  • 3-oʻringa — 1 000 000 soʻm va sertifikat.

Qoidalar

  • Marafonga Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan har bir foydalanuvchi qatnasha oladi
  • Marafonda faqat maktab va litsey o‘quvchilari sovrinli o‘rinlar uchun ariza topshirishlari mumkin
  • Marafonda sovrinlar uchun kamida 25 ta maqola yozgan ishtirokchilar ariza berishlari mumkin
  • Marafonga quyidagi talablarga javob beradigan maqolalar kiritiladi:
    • Marafonda O’zbekiston haqida yozilgan maqolalar qatnashadi
    • Maqola siz tomondan yaratilishi kerak
    • Maqola kamida 1 250 baytdan va kamida 100 ta soʻzdan iborat boʻlishi shart
    • Maqola mavzusi ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlishi shart
    • Maqolada kamida 2 ta manba boʻlishi shart
    • Maqolada avtomatik tarjima qilingan matn (Google Translate, Yandex.Translate va hokazo) boʻlmasligi shart
    • Maqolada „original tadqiq“, „betaraflik“, „manbasiz maqola“ va boshqa tanqidiy andozalar boʻlmasligi shart
    • Maqola roʻyxat shaklida boʻlmasligi shart
    • Maqola mazmunli boʻlishi shart

Baholash tartibi

  • Hakamlar tomonidan faqatgina Fountainga kiritilgan maqolalar baholanadi.
  • Hakamlar tomonidan yaratilgan va Fountainga kiritilgan maqolalar 0 ballga baholanadi.
  • Marafon talablariga javob beradigan har bir tanlov maqolasi 1 ballga baholanadi.
  • Hakamlar maqola sifatini hisobga olib, ulardan har birini qoʻshimcha ball bilan taqdirlash huquqiga ega:
    • Mustaqil yaratilgan va nufuzli manba va adabiyotlarga tayangan maqolalar (masalan, boshqa vikilardan butunligicha yoki qisman tarjima qilingan maqolalar mustaqil yaratilgan hisoblanmaydi);
    • Murakkab uslubda rasmiylashtirilgan maqolalar (toʻgʻri ishlatilgan andoza, nufuzli manbalar va adabiyotlar, toʻgʻri tanlangan turkumlar, vikidata, suratlar va umuman ularning murakkab kombinatsiyasini hisobga olgan holda);
    • Maqola mavzusiga bogʻliq matnning katta hajmi uchun;
    • Maqoladan umumiy ajoyib taassurot, rasmiylashtirishdagi novatorlik yoki maqolaga yaxshi/tanlangan statusiga yarasha (yoki, ularga yaqin holatda, maqola tarkibi iloji boricha toʻliq ochib berilgan holda) rasmiyatlishtirilgani uchun.
  • Agar uslubiy, orfografik xatolar, tarjimaning yomonligi va jiddiy qayta koʻrib chiqish/qayta koʻrib chiqishni talab qiladigan boshqa kamchiliklar boʻlsa, hakamlar hay’ati 1 ballga pasaytirish huquqiga ega.

Shunday qilib, har bir maqola 0 dan 5 ballgacha baholanishi mumkin. Agar maqola bir necha hakamlar tomonidan baholangan boʻlsa, natijada olingan baho barcha ballarning oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida aniqlanadi.

Yaratish uchun maqolalar roʻyxatini bilan BU YERDA tanishing.

Marafonda qatnashish uchun avval BU YERDA roʻyxatdan oʻtish lozim.

Yaratilgan maqolalarni Maqola qoʻshish tugmasi orqali roʻyxatga qoʻshishingiz mumkin.

Agar siz yaqinda roʻyxatdan oʻtgan yangi foydalanuvchi boʻlsangiz, maqola yaratishga bagʻishlangan mana bu videoni tomosha qiling.

Marafon haqidagi rasmiy eʼlon bilan BU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!